O'zb  
 
31.01.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEV JANOBI OLIYLARIGA

Janobi Oliylari!

Siz bilan 2017 yil 5 yanvar kuni telefon orqali muloqotimiz chog‘ida Koreya Respublikasi va Ozbekiston Respublikasi ortasidagi ozaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash prinsiplari, shuningdek, shaxsiy dostona munosabatlarimizni rivojlantirish tarafdori ekanimizni tasdiqlaganimiz alohida ahamiyatga ega ekanini mamnuniyat bilan ta’kidlayman.

Joriy yilda mamlakatlarimiz ortasida diplomatik munosabatlar ornatilganiga 25 yil toldi. 2006 yil Koreya Respublikasi va Ozbekiston Respublikasi Strategik sheriklik togrisida qoshma deklaratsiyani imzoladi va shundan buyon mamlakatlarimiz siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa koplab sohalarda ozaro manfaatli va istiqbolli hamkorlikni izchillik bilan kengaytirib kelmoqda.

Otgan yili samarali hamkorligimizning yorqin namunasi bolgan Surgil koni negizida Ustyurt gaz-kimyo majmuasini qurish loyihasi muvaffaqiyatli nihoyasiga yetkazildi. Neft-kimyo sohasida birgalikda amalga oshirilayotgan boshqa loyihalar, shuningdek, kelajakda hayotga tatbiq etiladigan yangi loyihalar ham mamlakatlarimizning samarali hamkorligini yanada kengaytirishga xizmat qilishiga ishonaman.

Diplomatik munosabatlar ornatilganining 25 yilligi, koreyslarning Markaziy Osiyoda yashayotganining 80 yilligi Koreya Respublikasi bilan Ozbekiston Respublikasi ortasida dostlik va hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi. Ozaro hamkorlik doirasida barpo etilayotgan Koreys madaniyati va sanati uyi xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonchim komil.

Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sihat-salomatlik, Ozbekiston Respublikasiga cheksiz farovonlik tilayman.

Ehtirom bilan,

Xvan GYO AN,

Koreya Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: