O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
31.01.2017

KOREYA RESPUBLIKASI PREZIDENTI VAZIFASINI BAJARUVCHI XVAN GYO AN JANOBI OLIYLARIGA

Janobi Oliylari!

Mamlakatlarimiz hamkorligi tarixidagi muhim sana — O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi ortasida diplomatik munosabatlar ornatilganining 25 yilligi munosabati bilan Ozbekiston xalqi nomidan Sizni va butun Janubiy Koreya xalqini samimiy tabriklash menga katta mamnuniyat bagishlaydi.

Bugungi kunda strategik sheriklik darajasiga kotarilgan mamlakatlarimiz ortasidagi ozaro munosabatlar ming yillik tarixga ega ekani va xalqlarimiz osha davrlardayoq Buyuk ipak yoli orqali diplomatik, savdo va madaniy aloqalarni yolga qoyganini yuksak qadrlaymiz.

Ayni paytda Ozbekiston bilan Janubiy Koreya ortasidagi ozaro dostlik, hurmat va hamjihatlik an’analariga asoslangan aloqalar har ikki tomonning siyosiy xohish-irodasi tufayli mustahkam va ozaro manfaatli xususiyat kasb etdi.

Katta iqtisodiy, intellektual va industrial-texnik salohiyatga ega, jahon iqtisodiyoti va siyosatida muhim orin tutayotgan Koreya Respublikasi Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan song otgan vaqt mobaynida mamlakatimiz uchun ishonchli va uzoq muddatli sheriklardan biriga aylandi.

Songgi yillarda mamlakatlarimiz hamkorlikning muhim asoslarini yanada mustahkamlash, oliy darajadagi ochiq va ishonchli siyosiy muloqotlarni rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar doirasida keng hamkorlik qilish va bir-birini qollab-quvvatlash borasida salmoqli yutuqlarga erishganini mamnuniyat bilan takidlashni istardim.

Ozbekiston Koreya Respublikasining tinchlikparvar va har tomonlama puxta oylangan tashqi siyosatini, Koreya yarim orolida tinchlik, xavfsizlikni taminlash, uni yadro qurolidan xoli hududga aylantirish borasidagi say-harakatlarini izchil qollab-quvvatlaydi.

Sizning 2016 yil may oyida Ozbekistonga rasmiy tashrif bilan kelib, Surgil koni negizida barpo etilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasini foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etganingizni mamnuniyat bilan eslayman. Ushbu majmuani biz samarali hamkorligimizning yorqin ramzi va keyingi bundanda yirik va muhim loyihalar uchun andoza sifatida qabul qilamiz.

Yaqinda telefon orqali muloqotimiz chogida Koreya Respublikasi hukumati va ishbilarmon doiralari Ozbekiston bilan Janubiy Koreya munosabatlarini turli yonalishlar boyicha yanada kengaytirish, ikki tomonlama strategik hamkorlikni mustahkamlash borasida yangi imkoniyatlarni ishga solishga tayyor ekaniga yana bir bor amin bolganimni alohida takidlamoqchiman.

Sizni yana bir bor ishontirib aytamanki, shaxsan men va Ozbekiston hukumati Koreya Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni yanada mustahkamlashning qatiy tarafdoriman. 25 yil davomida aynan mana shu sohalarda hamkorligimiz muttasil rivojlandi. Energetika, kimyo, toqimachilik, avtomobil sanoati, infratuzilma, transport, «elektron hukumat» va telekommunikatsiyalar sohasida hamkorlikda hayotga tatbiq etilgan keng kolamli yuqori texnologik investitsiya loyihalari buning yorqin tasdigidir.

2016 yil Seulda otkazilgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik boyicha hukumatlararo qomita majlisi va ikki davlat moliya vazirlarining uchrashuvi qator istiqbolli sohalarda ozaro hamkorlikning yangi yonalishlarini muvofiqlashtirish imkonini berdi.

Madaniy-gumanitar aloqalar ham jadal rivojlanib, xalqlarimiz ortasida hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida diqqatga sazovordir. Joriy yilda saxovatli Ozbekiston zaminida yashayotganining 80 yilligini nishonlaydigan koreys diasporasi mamlakatlarimiz ortasida dostlik munosabatlarini yanada mustahkamlash va xalqlarimizni bir-biriga yaqinlashtirishda alohida orin tutadi.

Ozbekiston bilan Koreya Respublikasi ortasida yolga qoyilgan ozaro munosabatlarni yanada mustahkamlash, keng kolamli ikki va kop tomonlama hamkorlikning yangi yonalishlarini belgilash maqsadida ishonchli va amaliy muloqot hamda hamkorlik bardavom bolishiga ishonaman.

Fursatdan foydalanib, Siz, Xvan Gyo An Janobi Oliylariga mustahkam soglik, ulkan muvaffaqiyat, Koreya Respublikasi xalqiga baxt-saodat va farovonlik tilayman.

Samimiy ehtirom bilan,

Shavkat MIRZIYOYEV,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: