O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
31.01.2017

OZBEKISTON HAVO YOLLARI MILLIY AVIAKOMPANIYASI JAMOASIGA

Qadrli do‘stlar!

Sizlarni qutlug sana — «Ozbekiston havo yollari» Milliy aviakompaniyasi tashkil etilganining 25 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasi bizning mustaqil davlatimiz bilan birgalikda izchil shakllandi va rivojlandi. Otgan chorak asr davomida puxta oylangan, uzoq muddatga moljallangan strategiya asosida mazkur tarmoqni taraqqiy ettirish boyicha ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Bugungi kunda Milliy aviakompaniyamiz Ozbekistonni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, koplab xorijiy davlatlar bilan samarali hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashda muhim omil bolib xizmat qilmoqda.

Kompaniya kop millatli jamoasining yuksak kasb mahorati nufuzli xalqaro aviatsiya tashkilotlari tomonidan bir necha bor e’tirof etildi. Aviatsiya xavfsizligini taminlash, parvozlarni sifatli amalga oshirish, aviatsiya faoliyatining barcha sohalarida, jumladan, aviatsiya texnikasiga xizmat korsatishda eng ilgor texnologiyalarni keng qollash borasida yuksak natijalarga erishildi.

Hozirgi vaqtda zamonaviy havo kemalari, xususan, Boing-787 (Dreamliner) samolyotlari bilan taminlangan Milliy aviakompaniya xalqaro aviatashuvlar tizimida munosib orin egallaydi. Ozbekiston yozuvi tushirilgan avialaynerlar jadal rivojlanib borayotgan mamlakatimizning yorqin ramzi sifatida dunyoning kopgina mintaqalari havo makonini zabt etib, yigirmadan ortiq davlatga parvozlarni amalga oshirmoqda. 2016 yilda aviakompaniyamiz samolyotlari tomonidan 2 million 500 ming yolovchi va 43 ming tonna yuk tegishli manzillarga yetkazildi.

Ozbekiston havo yollari Milliy aviakompaniyasi har yili 90 mingdan ziyod tranzit parvozlarni boshqarib, 300 dan ortiq xorijiy aviakompaniya samolyotlariga aeronavigatsiya xizmati korsatmoqda. Ularning aksariyati Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bolgan, eng zamonaviy talablarga javob beradigan Aviatsiya texnikasiga texnik xizmat korsatish markazi xizmatlaridan foydalanmoqda. Boing-787 samolyotlari uchun Kompozitsiya materiallaridan tayyorlangan mahsulotlarni tamirlash markazi kompaniya faoliyatida keng istiqbollar ochdi.

Mamlakatimizning jahon standartlari darajasida modernizatsiya qilingan barcha on bitta aeroportiga xalqaro aeroport maqomi berildi. Mintaqamizdagi eng yirik va yuklarni manzilga yetkazib berish boyicha yuqori texnologiyalarga asoslangan komplekslardan biri Navoiy shahridagi Xalqaro intermodal logistika markazi Yevroosiyoning asosiy logistika markazlari bilan havo qatnovlari orqali boglangan. Yuklarni havo yollari orqali tashish tarmogi yildan-yilga kengayib bormoqda.

Xalqimiz Ozbekiston havo floti xodimlari uchuvchi va muhandislar, aviatexnik va bort kuzatuvchilari, yerdan turib parvozlar xavfsizligini taminlaydigan barcha xizmatlar dispetcher va mutaxassislarining fidokorona va sidqidildan qilayotgan mehnatini yuksak qadrlaydi.

Ayni vaqtda barchamiz bir haqiqatni yaxshi tushunamiz, bugungi shiddat bilan ozgarib borayotgan zamon bizning oldimizga yangi va yanada qatiy talablar qoymoqda. Oldimizda hali qiladigan ishimiz kop, birinchi navbatda, aviakompaniyamiz raqobatdoshligini yanada oshirish eng muhim vazifamizdir.

Ishonchim komil, sizlar otgan davrda qolga kiritilgan yutuqlarni tanqidiy yondashuv asosida baholab, ozingizning bor bilim va tajribangiz, butun salohiyatingizni ishga solib, yanada yuksak masuliyat va fidoyilik bilan mehnat qilasiz.

Aziz dostlar!

Sizlarni Milliy aviakompaniyamiz tashkil topganining 25 yilligi bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Sizlarga baxtu saodat, mustahkam soglik, olijanob faoliyatingizda yuksak parvozlar va yangi-yangi yutuqlar tilayman.

Shavkat MIRZIYOYEV,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: