O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
31.01.2017

ISLOM KARIMOV TAVALLUDI KUNI MAMLAKATIMIZ BOYLAB KENG NISHONLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar — Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan Samarqandga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi.

Samarqand dunyoga mashhur, kopchilik bir korishni orzu qiladigan Registon, Amir Temur maqbarasi, Bibixonim masjidi, Shohi Zinda va Hazrati Xizr majmuasi kabi tarixiy obidalari qatorida bugun Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mustaqilligimiz asoschisi Islom Karimov mangu qonim topgan maskan sifatida ham etirof etilmoqda.

Ziyoratchilar qadami uzilmaydigan bu joy bugun tabarruk maskanga aylangan. Mamlakatimizning turli hududlaridan kelayotgan yurtdoshlarimiz, xorijlik davlat va jamoat arboblari, sayyohlar Islom Karimov xotirasini yod etib, Yurtboshimizning Vatan, xalq oldidagi ezgu ishlarini esga olmoqda.

Birinchi Prezidentimizning tashabbusi bilan mamlakatimizda keng kolamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, Samarqand har tomonlama obod qilinib, butun jahondan keladigan mehmon va sayyohlarning havasini tortmoqda.

Bu xayrli ishlar bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Shu manoda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi «Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish togrisida»gi qarori xalqimiz konglidagi niyatning yorqin ifodasi boldi. Ushbu qarorga muvofiq 30 yanvar Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan mamlakatimizdagi talim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda turli madaniy-marifiy tadbirlar otkazilayotir.

Bu tadbirlarda Islom Karimov serqirra faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz tarixida ochmas iz qoldirgani, nafaqat Ozbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro-etiborga sazovor bolgan ulkan shaxs, davlat va siyosat arbobi sifatida tanilgani takidlanmoqda.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavalludi sanasi 30 yanvar kuni poytaxtimiz Toshkentda, Qoraqalpogiston Respublikasi va barcha viloyatlarda ehson oshi berildi.

Samarqand va Toshkentdagi marosimlarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: