O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
28.01.2017

DEPUTATLARNING TAKLIF VA TASHABBUSLARIGA

mahalliy ijro hokimiyati nega befarq munosabatda bo‘lmoqda?

Prezidentimiz Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yolga qoyishning yangi samarali usul va mexanizmlarini tatbiq qilish, barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimini joriy etish kerakligini alohida ta’kidladi.

Shunga muvofiq shahar va tumanlardagi haqiqiy ahvol tanqidiy-tahliliy organiladi, xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida tegishli rahbarlarning hisobotlari muhokamaga qoyiladi. Parlament azolari ishtirokida xolis xulosa chiqariladi. Demak, bundan buyon siyosiy partiyalar, deputatlar zimmasidagi masuliyat yanada ortadi. Chunki hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy masalalarni samarali hal etish boyicha aniq takliflar berish oz-ozidan bolmaydi. Buning uchun saylovchilar bilan muntazam muloqotda bolish, ularning istaklarini chuqur organish talab etiladi.

— Mahalliy Kengash deputatlari oldiga katta vazifalar qoyilmoqda, deydi Yangibozor tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Sanat Abduraimov. Prezidentimiz Vazirlar Mahkamasining majlisida bandlik, aholi salomatligi bilan bogliq vazifalarni kechiktirmasdan hal qilish zarurligini alohida qayd etdi. Bu bevosita biz, deputatlar zimmasiga ham katta masuliyat yuklaydi. Qay bir soha bolmasin, uning rivojlanishi, kamchiliklarning bartaraf etilishida deputatlik va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish lozim.

Demak, oz ishimizni tanqidiy jihatdan qayta korib, aniq maqsadga yonaltirilgan reja ishlab chiqilishi kerak. Endilikda saylovchilar bilan yilda bir-ikki marta emas, muntazam uchrashib, ularning dardini tinglash, fikrlariga quloq tutish, aholini oylantirayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tahliliy organish talab etiladi.

Har bir deputat teran fikr, keng dunyoqarash, chuqur siyosiy-huquqiy bilimga ega bolishi kerakligi haqida kop gapiramiz. Lekin oz vakolatlaridan samarali foydalanishda ularga masuliyat va qatiyat ham zarurligini unutmasligimiz lozim. Ana shunda mutasaddi rahbarlarning deputatlar murojaatlari va sorovlariga munosabati ozgaradi...

Elektorat huquq va manfaatlarini himoya qilishda mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlarining roli nihoyatda katta, deydi Fargona viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Dilorom Nazirova. Ammo negadir partiya guruhlari sorovlariga, yigilishlariga ijro hokimiyati tizimidagi tashkilotlarning masul shaxslari etiborsizlik bilan qaramoqda. Deputatlik sorovlariga qonunda belgilangan tartibda javob berilmayapti, guruh yigilishlarida mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining ishtiroki kuzatilmayapti. Bazan tashkilotlardan kichik mutaxassislar yuboriladi, ular ham yetarlicha axborot taqdim eta olmaydi. Natijada partiya guruhlari ozlari kotarayotgan masala yuzasidan yetarli malumot va kerakli javobni olish borasida muammoga duch kelmoqda.

Shuningdek, hududiy dasturlar ijrosini sessiyalarda muhokama qilish boyicha partiya guruhlarining tashabbuslari ayrim joylarda beetibor qoldirilyapti. Bu esa partiya guruhlarining ijtimoiy masalalarni hal qilishdagi ishtiroki va deputatlik nazorati kuchayishiga salbiy tasir korsatmoqda.

Demak, avvalo, mahalliy ijro hokimiyati tuzilmalari va mutasaddi rahbarlarning deputatlar oldidagi masuliyatini oshirish lozim. Deputatlarning qonuniy sorovlariga loqayd munosabatda bolgan mansabdorlarga nisbatan tegishli choralar korish kerak, deb oylayman.

Yana bir jihatga etibor qaratishimiz maqsadga muvofiq boladi. Biz, deputatlar ommaviy axborot vositalarida erishilayotgan yutuqlar haqida balandparvoz gaplarni gapirishdan qochib, hududlardagi muammolar, aholini oylantirayotgan masalalar yechimiga qaratilgan chiqishlar qilishimiz kerak. Bu orqali tajriba almashish, fikrlashish, mulohaza yuritish imkoni paydo boladi.

Deputat xalq xizmatchisi hisoblanadi, deydi Toshkent viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Muzaffar Saidkarimov. U saylovchilar nomidan ularni oylantirayotgan masalalarni, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga tosiq bolayotgan muammolarni muhokamaga qoyadi, takliflarni ilgari suradi.

Ammo tan olish kerakki, bu ishlarni amalga oshirishda qator sustkashliklarga yol qoyilmoqda. Songgi vaqtlarda odatga aylanib qolgan bir holatni aytib otmoqchiman. Kop hollarda deputatlikka nomzod korsatishda uning obrosi, mashhurligi yoki rahbarlik lavozimida ishlashiga qaraladi. Saylovdan keyin nomzodning xalq bilan muloqot qilishga vaqti, imkoniyati yoxud xohishi bormi, degan savol oxirgi oringa tushib qoladi.

Bugun shiddat bilan ozgarayotgan zamon har birimizdan oz ishimizga, jamoatchilik vazifalariga, bir soz bilan aytganda, hayotga bolgan munosabatimizni tanqidiy korib chiqishni talab etmoqda. Oshanda deputat va ijro hokimiyati ortasida boshliq emas, balki mustahkam koprik ornatiladi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: