O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.01.2017

ISTIQBOLLI IQTISODIY LOYIHALAR AHOLI FAROVONLIGINI YANADA OSHIRISHGA XIZMAT QILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 27 yanvar kuni Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.

Mamlakatimizning izchil taraqqiyoti Xorazm viloyatida ham ulkan ozgarishlarga zamin yaratdi. Shaharu tumanlarda keng kolamli bunyodkorlik ishlari, istiqbolli investitsiyaviy loyihalar amalga oshirildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2012 yil 22 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan 2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi doirasida 308 million dollardan ortiq investitsiya hisobidan 432 sanoat korxonasi tashkil etildi.

Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 11 noyabr kuni Shovot tumanida bolib otgan saylovoldi uchrashuvida mamlakatimizning barcha hududlari qatori Xorazm viloyati iqtisodiyotini ham modernizatsiya qilish, qishloq xojaligi, toqimachilik, tibbiyot, turizm, san’at va boshqa sohalarni yanada rivojlantirishga oid aniq rejalarni bayon etgan edi.

Davlatimiz rahbarining Xorazm viloyatiga tashrifi ana shu rejalar qanday amalga oshirilayotgani bilan tanishish, hudud taraqqiyotini yangi bosqichga kotarish masalalariga bagishlandi.

Prezidentimizning viloyatga tashrifi Xivadagi Ichan-qala majmuasidan boshlandi.

Muzey-qoriqxona — Ichan-qala majmuasi xalqimiz tarixi, madaniyati, ilm-fani, qadimiy memorlik va hunarmandlik ananalarini mujassam etgan. Insoniyatning bebaho boyligi sifatida YuNESKOning jahon merosi durdonalari royxatiga kiritilgan. Muzey fondida 38 ming 561 eksponat bor. 2016 yilda Ichan-qalaga 75 mingga yaqin kishi, jumladan, 84 mamlakatdan 34 ming sayyoh kelgan.

Xorazmda bunday tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar juda kop. Ular zamon talablari asosida tamirlanib, sayyohlar uchun zarur sharoitlar yaratilayotgani natijasida viloyatda turizm izchil rivojlanib borayotir. 2016 yilda xorijlik sayyohlarga korsatilgan xizmatlar eksporti 2013 yilga nisbatan 20 foiz oshgan.

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 2 dekabrdagi «Ozbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taminlash chora-tadbirlari togrisida»gi farmoni bu borada yanada keng imkoniyatlar yaratdi.

Pahlavon Mahmud maqbarasi ziyorat qilindi.

Davlatimiz rahbari Matniyoz Devonbegi madrasasida Xiva shahrining tarixiy qismida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari rejasi, Isfandiyorxon qabul marosimlari uyi va Nurillaboy saroy majmuasini rekonstruksiya qilish loyihalari bilan tanishdi.

Prezidentimiz Xorazmning turizm borasidagi imkoniyatlarini toliq ishga solish, yangi yonalishlar tashkil etish va ularni jahon bozorlarida targib qilish, mehmonxonalar va transport infratuzilmasini rivojlantirish zarurligini takidladi. Zotan, turizm mamlakat iqtisodini rivojlantirish, ayniqsa, yangi ish orinlari yaratishda muhim sohalardan hisoblanadi.

Urganchdan Xivagacha temir yol va Xiva shahrida zamonaviy vokzal barpo etish, bu yolda elektropoyezdlar, kelgusida yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob tezyurar poyezdi qatnovini yolga qoyish lozimligi qayd etildi. Shaharning turizm jozibadorligini oshirish maqsadida saylgoh kochalar tashkil etish va kechki sayr imkoniyatini yaratish, ularda milliy urf-odatlarimiz va kongilochar dasturlarni namoyish qilish boyicha korsatmalar berildi.

Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan suhbatda tarmoqda xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali xorijlik sayyohlarni koproq jalb qilish, xizmat korsatish sifatini yaxshilash, sohaga ixtisoslashgan mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish, suvenir ishlab chiqaradigan korxonalarni kopaytirish xususida soz bordi. Soha mutasaddilariga tegishli topshiriqlar berildi.

Shavkat Mirziyoyev Xorazm Mamun akademiyasiga tashrif buyurdi.

Ushbu akademiya Birinchi Prezidentimizning 1997 yil 11 noyabrdagi farmoniga muvofiq qayta tashkil etilgan. 2006 yili YuNESKO shafeligida Xorazm Mamun akademiyasining 1000 yilligi nishonlangan.

Bugungi kunda ilmiy muassasada 41 ilmiy xodim, jumladan, 7 fan doktori, 19 fan nomzodi faoliyat yuritmoqda. Ular Xorazm davlatchilik tarixi, bu zamindan yetishib chiqqan olimlarning jahon fani va madaniyati rivojiga qoshgan hissasi, Xorazm memoriy yodgorliklarini biologik, fizik va boshqa salbiy tasirlardan himoya qilish, hududdagi ekologik holatni yaxshilash, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, voha sharoitiga mos qishloq xojaligi osimliklarini iqlimlashtirish, shorlanish va chollanishning oldini olish kabi yonalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

Prezidentimiz akademiyada ilmiy yonalishlarni kengaytirish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ularni amaliyotga keng joriy qilish, olimlarning turmush sharoitlarini yanada yaxshilash zarurligini takidladi. Akademiya tomonidan arxeologiya yonalishida erishilgan muvaffaqiyatlardan foydalanib, bu ilmiy muassasani sayyohlik yonalishlariga kiritish, xalqimiz tarixini chet ellik turistlarga targib qilish masalalariga etibor qaratildi.

Prezidentimiz Xiva tumanidagi Boltaboy oqsoqol fermer xojaligida tashkil etiladigan baliqchilik kompleksi loyihasi bilan tanishdi.

Hozir mazkur xojalikda 232 gektar havzada baliq yetishtirilmoqda. Otgan yili 490 tonna baliq yetkazib berilgan.

Fermer xojaligida Vetnam texnologiyasi asosida baliq yetishtirish va uni qayta ishlashni yolga qoyish rejalashtirilgan. Bu texnologiya uvildiriqlarni intensiv usulda yetishtirish va havzalarga yuqori tigizlikda otkazishga ixtisoslashgan. Bunday usul baliqlarning omuxta yem sarfiga nisbatan rivojlanish surati yuqoriligi, salbiy gidrokimyoviy holatlar va kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Odatda bir gektarlik havzadan ortacha 15-20 sentner baliq olinadi. Vetnam texnologiyasi samarasida bu korsatkich 400 sentnergacha yetadi.

Ushbu istiqbolli loyihaga Ipoteka-bank kredit ajratgan. Korxonada yiliga 300 tonnadan ortiq mahsulot tayyorlash, 20 ish orni yaratish moljallangan.

Davlatimiz rahbari Xiva naslli parranda masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilgan parrandachilik markazi loyihasi bilan tanishdi.

Ozsanoatqurilishbank mablaglari yonaltirilayotgan ushbu loyihaning umumiy qiymati 11 milliard somni tashkil etadi. Korxonada Italiya va Xitoy uskunalari asosida yiliga 51 million dona tuxum, 1 million 40 ming dona joja yetishtirish moljallanmoqda. Bu har bir xonadonga 100 tadan joja tarqatish, aholi farovonligini oshirish imkonini beradi. Korxonada 50 ish orni yaratiladi.

Xalqimiz yetti xazinaning biri deb biladigan parrandachilik va baliqchilik boyicha ishga solinmagan imkoniyatlar kopligi, bu tarmoqlar aholini gosht va tuxum bilan taminlash, oilalarga daromad manbai yaratishda muhim orin tutishi takidlandi. Agrofirmalar tashkil etish orqali bu mahsulotlarni eksport qilish ham mumkin.

Prezidentimiz Xiva tumani Chodra qishlogida Xursand Madrimov va Ollabergan Rahimov xonadonlariga kirib, ularning turmush sharoiti, daromadlari bilan qiziqdi. Tomorqadan samarali foydalanish, limon, yongoq, anor, anjir kabi serdaromad ekinlar ekish zarurligi haqida soz bordi.

Shavkat Mirziyoyev Yangiariq tumanida tashkil etiladigan ip-gazlama ishlab chiqarish korxonasi loyihasi bilan tanishdi. Avvalgi Yangiariq tekstil masuliyati cheklangan jamiyati binosida ish boshlaydigan yangi korxonada yiliga qariyb 20 million kvadrat metr mahsulot ishlab chiqarish, 6 million dollarlik mahsulot eksport qilish, 150 ish orni yaratish rejalashtirilgan.

Shu tumanda yana bir istiqbolli loyiha zamonaviy tipdagi chorvachilik kompleksini ishga tushirish moljallanmoqda. Xalq banki krediti asosida Tillo domor xususiy korxonasi tomonidan tashkil etiladigan ushbu majmuada 2 ming bosh qoramol boqish, yiliga 4 ming 100 tonna sut, 200 tonna gosht tayyorlash rejalashtirilgan. Kompleksda 90 ga yaqin ish orni yaratiladi.

Ozbekneftgaz kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan plastmassa zavodi loyihasi ham namoyish etildi. Bu yerda 3,5 ming tonna polietilen va polipropilen granulalarini qayta ishlash asosida turli sigimli suv idishlari, shuningdek, yashik va qutilar ishlab chiqarish moljallanmoqda.

Prezidentimiz ushbu loyihalarning rentabelligi bilan qiziqdi. Bunday korxonalarni boshqa tumanlarda ham tashkil etish, odamlarni ish bilan taminlash boyicha korsatmalar berdi.

Xorazmliklar dehqonchilik sohasida ham ulkan tajribaga ega. Keskin kontinental iqlim, murakkab tuproq sharoitiga qaramay, voha mirishkorlari qishloq xojaligi ekinlaridan mol hosil yetishtirib kelmoqda. Paxta va galladan tashqari guruch, qovun, uzum kabi mahsulotlarni eksportga yonaltirmoqda. Otgan yili poytaxtimizda bolib otgan Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida bu borada koplab kelishuvlarga erishildi.

Shavkat Mirziyoyev Bogot tumanida 200 gektar maydonda tokzor tashkil etish loyihasi bilan tanishdi. Ozvinosanoatxolding xolding kompaniyasi tizimidagi Xorazm uzumi tayyorlov savdo masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etiladigan bogda yiliga 3 ming tonna uzum yetishtirish, 210 kishini ish bilan taminlash kozda tutilgan. Shuningdek, 200 gektar maydonda gurvak, kichkintoy, gulobi, zar gulobi kabi eksportbop qovun navlari ekish rejalashtirilgan.

Bogot tumani Mirishkor qishlogidagi xonadonlarda issiqxona tashkil etib, limon, yongoq, pomidor, bodring kabi xaridorgir mahsulotlar yetishtirish borasida olib borilayotgan ishlarga ham etibor qaratildi.

Prezidentimiz Hazorasp tumaniga tashrifi chogida Xorazm viloyati qishloq xojaligini suv bilan taminlaydigan Toshsoqa magistral kanalida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.

Ushbu kanalda suv sathi pasayib ketgani sababli dalalarni nasos yordamida sugorish talab etilardi. Umumiy qiymati 145 million dollardan ortiq bolgan ushbu loyiha doirasida Toshsoqa, Shovot, Polvon Gazovot va Gazovot kanallarining 305 kilometri rekonstruksiya qilinib, kanal tubi kotariladi. 21 yangi kanal va 607 gidrotexnika inshooti quriladi. Buning natijasida 280 ga yaqin nasos olib tashlanib, yiliga 14 milliard somdan ortiq mablag tejaladi.

Pudratchi va quruvchilar ishini samarali tashkil etish, qurilish va rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish zarurligi takidlandi.

Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida sohalar va hududlarni mutanosib rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar samarasida Xorazm viloyatining sanoat salohiyati ham oshdi. Hazorasp tumanida Damas, Orlando va Labo avtomobillari ishlab chiqarish yolga qoyildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 12 yanvardagi Urgut, Gijduvon, Qoqon va Hazorasp erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish togrisidagi farmoni ushbu hududlardagi resurslardan samarali foydalanish imkonini bermoqda.

Bugungi kunda Hazorasp erkin iqtisodiy zonasi uchun yer uchastkasi ajratilib, uni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taminlash ishlari boshlab yuborilgan. Hozirgacha ushbu hududda yengil sanoat, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, charm-poyabzal, qurilish materiallari ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish boyicha 50 dan ortiq loyiha tayyorlangan.

Davlatimiz rahbari ushbu strategik zona qurilishida sifat va muddatga etibor qaratish, chet ellarda uning imkoniyatlarini targib qilish orqali xorijiy investitsiya va texnologiyalarni jalb etish zarurligini takidladi.

Urganch shahrida Xorazm viloyati faollari bilan uchrashuv bolib otdi. Yigilishda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada oshirish, yosh avlodni tarbiyalash va ish bilan taminlash masalalariga alohida etibor qaratildi.

Prezidentimizning Xorazm viloyatiga tashrifi davomida bolib otayotgan uchrashuv va suhbatlar Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida aholi bilan doimiy muloqot olib borishning amaliy isboti bolmoqda. Bunday muloqotlar nafaqat Xorazm ahli, balki butun xalqimiz konglini kotarib, ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

Anvar SAMADOV,

Ahmadjon SHOKIROV,

OzA maxsus muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: