O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
26.01.2017

XALQ BILAN BAMASLAHAT ISH TUTISH

milliy qadriyatlarimizga, demokratik tamoyillarga har tomonlama mos keladi

Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari, sanoat, qurilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalari jadal rivojlanmoqda. Yalpi hududiy mahsulotning qariyb yarmi, hududiy eksportning 75 foizi xususiy sektor hissasiga togri kelmoqda. Ish bilan band bolgan aholining 75 foizi aynan shu sohada mehnat qilmoqda.

Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi tashrifini qoraqalpoq zaminidan boshlagani bu yurtga va uning xalqiga bolgan chuqur hurmati va e’tiborini korsatdi. Prezidentimizning tashrifi Qoraqalpogiston hayotida yangi istiqbollarni ochib bermoqda. Ikki kun davom etgan tashrifda joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol bilan yaqindan tanishish maqsadida xalq vakillari va faollari bilan uchrashuvlar bolib otdi. Qator dolzarb masalalar, yechimini kutayotgan muammolar muhokama qilindi, ochiq-oshkora fikr almashildi.

Bu hududning murakkab sharoiti, Orol dengizi bilan bogliq mintaqada yuzaga kelgan ekologik vaziyat aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash, sifatli tibbiy yordam korsatish, onalik va bolalikni himoya qilish, oila va mahalla institutlariga etibor qaratish, ayollar va yoshlarning jamiyatdagi orni va mavqeini oshirish kabi bir qator muhim masalalar yuzasidan kechiktirib bolmaydigan amaliy ishlarni talab etmoqda.

Davlatimiz rahbarining tashrifi bu boradagi islohotlarga yangi kuch bagishladi. Xalqimizning kayfiyatini yanada kotarib yubordi. Uchrashuvlar davomida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan goyalar, belgilab berilgan dolzarb vazifalar Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining faollari, deputatlar tomonidan chuqur organilmoqda.

Guliston ANNAQILICHEVA, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesidagi OzXDP fraksiyasi azosi, Oliy Majlis Senati azosi:

— Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 10 noyabr kuni Shumanay tumanida bolib otgan saylovoldi uchrashuvda: «Men nafaqat ozbek xalqining, balki qoraqalpoq xalqining ham farzandiman!», degan sozlari butun qoraqalpogistonliklarni ruhini kotarib yubordi. Shu bilan birga, bundan buyon har bir tuman va shaharga, kerak bolsa, chekka-chekka qishloq va ovullargacha kirib boramiz. U yerda istiqomat qilayotgan odamlarning dardini eshitamiz, muammolarini hal qilishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqamiz va ijrosini qatiy nazoratga olamiz, degan fikrlari bugun hayotda oz ijobatini topmoqda.

Kechagi tashrif ana shu fikr va vadalarning amaldagi ifodasi boldi. Bu tashrif Qoraqalpogistonni rivojlantirish, bu yurtda yashovchi har bir insonning hayot darajasini yanada yaxshilash, munosib turmush sharoitlari yaratishga yonaltirilgan bunyodkorlik ishlarini yanada izchil davom ettirishga zamin boladi, deb oylayman.

Hozirda Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining Qoraqalpogiston Respublika kengashi, shahar va tuman kengashlari, boshlangich tashkilotlarida ulugvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan rejalar ishlab chiqilmoqda.

Mamlakatimiz rahbari tashrif chogida aholining turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishib, oddiy odamlar bilan samimiy suhbatlashdi. Imom Eshon Muhammad masjidida nuroniylar huzurida bolib, keksa otaxonlarning duosini oldi, muruvvat uylaridagi ahvolga alohida etibor qaratib, davlat tomonidan yordam korsatilishini malum qildi.

Shuningdek, Orol boyi aholisini toza ichimlik suvi bilan taminlash, uzoq ovullardagi va markaziy magistral yollarni tamirlash, koplab toqimachilik va boshqa sanoat korxonalari barpo qilish singari dolzarb vazifalarga etibor qaratildi. Turmush sharoitini yaxshilash uchun ovullarda istiqomat qiluvchi har bir oilaning 100 ta tovuq olib boqishi uchun kreditlar ajratish yuzasidan aniq korsatmalar berildi. Yetti xazinaning biri bolgan parrandachilik qoshimcha daromad manbai ekanligi uqtirildi.

Bu vazifalar partiyamizning dasturiy maqsadlariga hamohangdir. Shuning uchun Joqorgi Kengesdagi partiyamiz fraksiyasi, tuman, shahar Kengashlaridagi partiya guruhlarimiz oz rejalarini Prezidentimiz korsatmalari asosida qayta korib chiqmoqda.

Xalq qabulxonalari ish boshlashi odamlarning dardi, tashvishi, muammolarini chuqur organishda katta ahamiyat kasb etadi.

Qoraqalpogistonning porloq kelajagini taminlash yolida belgilab berilgan ustuvor vazifalar hammamizni yanada jipslashtirdi, yangicha fikrlab ishlashga undadi. Endilikda Joqorgi Kengesdagi fraksiyamiz bilan mahalliy Kengashlardagi partiyamiz guruhlari hamkorligini kuchaytirishimiz, deputatlik nazoratini tubdan takomillashtirishimiz kerak boladi.

Najimatdin PAXRATDINOV, Xalq deputatlari Xojayli tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Prezidentimizning Qoraqalpogistonga tashrifi chogida xalq bilan muloqotda bolishi, ularning dardini eshitishi biz, deputatlarning ham kozimizni ochdi. Elektoratimiz orasiga chuqur kirib borishimiz zarurligi va kotarilgan muammolarni hal qilishda sustkashlikka yol qoyishimiz mumkin emasligini korsatib berdi.

Davlatimiz rahbarining aholi vakillari bilan uchrashuvidan biz, deputatlar koproq xalq bilan bamaslahat ish tutishimiz kerakligini angladik. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qollab-quvvatlash, ularning sogligini asrash, bandligini taminlash borasida qiladigan ishlarimiz kop ekan. Davlatimiz rahbari takidlaganidek, biron-bir oilaga nisbatan kam taminlangan, degan ibora ishlatilmasligi uchun ularning yashash sharoiti yaxshilanishiga komaklashishimiz kerak.

Bu boradagi kamchiliklarimizni bartaraf qilish uchun partiyamiz elektoratini oylantirayotgan muammolar boyicha muntazam ravishda takliflar ishlab chiqishimiz, masalalarni nomiga organmasdan, ularni sessiya muhokamasiga kiritishimiz talab etiladi. Ijtimoiy sohaga davlat byudjetidan ajratilgan mablaglarning togri ishlatilishi boyicha mansabdor shaxslarning hisobotini eshitishga alohida etibor qaratishimiz lozim, deb hisoblayman.

Tan olish kerak, partiyamiz Harakat dasturi ijrosini taminlash borasida ayrim partiya guruhlari qonunchiligimizda nazarda tutilgan huquq va vakolatlardan samarali foydalana olmayapti. Shuningdek, sessiyalarda qabul qilingan qarorlar qanday bajarilayotganligiga yetarlicha etibor berilmayapti. Bunday sustkashliklar bilan kozlangan maqsadlarga erisha olmaymiz. Shuning uchun har bir deputatdan xalq manfaatlaridan kelib chiqqan holda ish olib borish, fidoyi bolish talab etiladi.

Minajatdin QUTLIMURATOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: