O'zb  
 
26.01.2017

BUYUKLAR MEROSI HAR DOIM QADRLANADI

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning tavallud kuni munosabati bilan uning hayoti, faoliyati va boy merosini o‘rganish va targib qilishga bagishlangan ma’naviy-marifiy tadbirlar bolib otmoqda.

Samarqand davlat universitetida otkazilgan tadbirda universitet rektori Rustam Xolmurodov, Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Muhammadjon Quronov, «Ozbekiston ovozi» va Golos Uzbekistana gazetalari Bosh muharriri Safar Ostonov, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti Eshmuhammad Qodirov va boshqalar sozga chiqib, mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida davlat va jamiyatning barcha sohalarida keng kolamli islohotlar amalga oshirilgani, tarixiy yutuqlarga erishilgani xususida soz yuritishdi. Ushbu tadbir mustaqilligimiz asoschisi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish, Buyuk Yolboshchimiz boshlab bergan bunyodkorlik ishlarini munosib davom ettirishga qaratilgani bilan ahamiyatli ekaniga urgu berishdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 14 yanvarida bolib otgan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida Islom Abduganiyevich Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning ozbek modelini amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga doimo suyanishimizni alohida takidladi.

Darvoqe, bu tamoyillar mamlakatimizda bundan keyin ham siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ozgarishlarga mustahkam asos bolib xizmat qiladi.

Biz yaxshi bilamizki, Birinchi Prezidentimizning davlatimiz, xalqimiz uchun amalga oshirgan buyuk xizmatlari ozligimizni anglash, insoniy qadr-qimmatimiz, urf-odat va qadriyatlarimiz, muqaddas islom dinimiz, milliy-manaviy merosimizni tiklash, allomalarimiz nomlarini abadiylashtirish, yurtimizdagi muqaddas qadamjo va ziyoratgohlarni obod etishda oz ifodasini topdi.

Bunday ezgu ishlarga mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq kirishildi. Mamlakatimizning turli hududlarida, shu jumladan, tarixiy shaharlarimizda keng kolamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Natijada Imom Termiziy, Abduxoliq Gijduvoniy, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Ahmad Fargoniy, Bahovuddin Naqshband singari uluglarimiz nomi bilan bogliq qutlug maskanlar barpo etildi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Xiva, Qoqon, Qarshi, Margilon kabi qadimiy shaharlarimiz yangicha qiyofa kasb etdi.

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Toshkent, Samarqand, Shahrisabz shaharlarida katta hajmdagi qurilish-tamirlash ishlari bajarildi. Bu tarixiy shaharlarda bobomiz Amir Temurning haykallari ornatildi. Samarqanddagi Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi va temuriylar davriga oid boshqa tarixiy-madaniy obyektlar, Shahrisabzdagi Oqsaroy madaniy yodgorligi va ular atrofi obodonlashtirildi.

Tadbir davomida shular haqida soz borib, Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning ozbek modeli bugun oz natijasini berayotgani alohida takidlandi. Xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida talim tizimi tubdan isloh qilinishi samarasi olaroq, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishga, mamlakatimizni har tomonlama ravnaq toptirishga qodir bolgan manan yetuk, yuksak intellektual salohiyatga ega kadrlar tayyorlanmoqda. Bu Buyuk Yolboshchimiz tomonidan boshlab berilgan ezgu say-harakatlar bugun oz mevasini berayotganining yorqin tasdigidir.

Uchrashuvda Birinchi Prezidentimiz hayoti, serqirra siyosiy faoliyati va boy ilmiy merosi barchamiz uchun ibrat va dasturilamal bolishi takidlandi. Bu merosni chuqur organish farzandlarimizni komil inson etib tarbiyalashda muhim orin tutadi.

— Bugungi uchrashuda Birinchi Prezidentimiz hayoti va faoliyati togrisida kop malumotlarga ega boldik, deydi universitet talabasi Sangin Qurbonov. Birinchi Prezidentimiz hayoti kurashlardan iborat bolganini chuqur anglab yetdik. Biz yoshlar puxta bilim olib, barkamol avlod bolib voyaga yetishimiz uchun halovat bilmay, mehnat qilganliklari haqida aytilgan gaplardan juda tasirlandim. Birinchi Prezidentimiz vasiyatlariga sodiq qolib, alo oqishim, yurtimizga malakali kadr bolib yetishishim kerakligini his etdim.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov oqigan Samarqand shahridagi 21-umumtalim maktabidagi uchrashuv ham juda hayajonli otdi. Unda kop savol-javoblar boldi. Sozga chiqqan oquvchilar Islom Karimov haqida sherlar oqishdi. Ulardan biri bu maktabda oqiyotganidan faxrlanishini aytdi. Biz Birinchi Prezidentimizga oxshab faqat alo baholarga oqishga harakat qilamiz, dedi. Bu sozlar bilan u butun maktabdoshlari fikrini ifoda etgan edi.

Mamlakatimizning barcha hududlarida otkazilayotgan ana shunday hayajonli uchrashuvlar Islom Karimov qoldirgan buyuk meros mustaqil, barqaror rivojlanayotgan, erkin va farovon Ozbekistonni asrab-avvaylash, Buyuk Yolboshchimiz boshlab bergan islohotlarni izchil davom ettirish, ularni yangi bosqichga olib chiqish maqsadi har birimizni birlashtirishi kerak, degan xulosa chiqarishga undaydi.

Abdurasul SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: