O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
26.01.2017

OLGAN MUKOFOTIMNI OPIB, KOZIMGA SURTDIM...

Bu — Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan «Do‘stlik» ordeniga sazovor bolgan Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazining Ozarbayjon qizlari ansambli badiiy rahbari Kaykep ALIYEVAning dil sozlari

Butun umrini, bor kuchi va gayratini ozi sevgan kasbga bagishlagan inson borki, xizmatlari qadrlanishini, e’tirof etilishini xohlaydi, deydi Kaykep Aliyeva. Ammo bu kun qachon kelishini hech kim bilmaydi. Kecha mukofot olgan bolsam, bugungacha uni necha marta opib, kozimga surtganimni tasavvur qila olasizmi? Ilgari Ozarbayjonda xizmat korsatgan artist unvonini olgandim. Lekin bunday hayajon sira bolmagan.

Eronda tugilganman. Taqdir taqozosi ila oilamiz bilan Ozbekistonga kelib qolganmiz. Shu yerda osib-ulgaydim. Ozbekistonni ozimning Vatanim deb bilaman.

Ozbekiston va ozbek xalqini nega sevishimni bilasizmi? Bir gapni baralla aytaman: Ey jahon ahli! Millatlararo haqiqiy dostlik va totuvlikni kormoqchi bolsangiz Ozbekistonga keling! Turli xalqlarning bir tanu bir jon bolib, bir-birini qollab, ezozlab kelayotganini korgingiz kelayaptimi? Marhamat, Ozbekistonga keling!

Dunyoning ayrim mamlakatlarida roy berayotgan voqea-hodisalarni hammamiz korib, bilib turibmiz. Komil ishonch bilan ayta olamanki, Ozbekiston jahonning eng tinch davlati.

Shu orinda Prezident Shavkat Mirziyoyev haqida ham fikrlarimni aytmasam bolmaydi. Bu inson xalq ishonchiga sazovor boldi. Xalqning konglidan joy oldi. Odamlarni ancha vaqtdan beri qiynab kelayotgan muammolarga ham yechim topayaptiki, buni yuksak darajada qadrlash zarur. Qisqa vaqt ichida mamlakat rivojlanishining keyingi strategiyasini ishlab chiqdi hamda uni amalga tatbiq etish uchun bir qator qaror va farmonlarni imzoladi. Eng muhimi, xalqni tushunayapti, xalqni tinglayapti.

Prezidentimizning qolidan mukofotni olar ekanman, osha paytda dunyoda mendan baxtli odam yoq edi! U kishining samimiy fikrlari va takliflarini aytmaysizmi? Shavkat Miromonovich mendan minnatdor ekanini bildirdi. Uyga qaytar ekanman, odam shunchalar ham etiborli boladimi, deb oylab ketdim.

Ozbekistonda kop millatli odamlar yashaydi. Shavkat Mirziyoyev ham Birinchi Prezidentimiz ishlarini davom ettirgan holda, Ozbekiston fuqarosi bolgan har bir odamni teng korayapti. Millati va dinidan qati nazar, birdek munosabatda bolyapti. Oylaymanki, shu sababli ham Ozbekistonda tinchlik hukmron. Shu sababli ham Ozbekiston ozi tanlagan yoldan ogishmay ketayapti. Oylaymanki, shuning uchun ham Ozbekistonga Yaratgan odil va dono rahbarlarni bosh qilmoqda...

Ozarlarda sizga qurbon bolay degan gap bor. Shavkat Mirziyoyevning har bir chiqishini televizor orqali korganimda, shu gapni beixtiyor aytib yuboraman. Bu insonga bolgan hurmatimni namoyish etishdan charchamayman. Tilagim, Prezidentimiz sog-omon bolsin. Qilayotgan xayrli ishlarini davom ettirishida Xudo kuch-quvvat ato etsin.

Ozarbayjon qizlari ansamblimizda ozbek qizlar ham bor. Ozbek va ozar xalqlari qardoshlik aloqalariga ozgacha munosabatda bolishi bilan ajralib turadi.

Men, oz navbatida, xizmatlarimiz yuzaga chiqishida amaliy yordam berayotgan Ozarbayjonning Ozbekistondagi elchixonasi qoshidagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi rahbari Samir Abbosovga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman. Ular bizga zarur bolgan barcha sharoitlarni yaratib bermoqda.

Ozbek va ozar xalqlarini bir-biridan ayro tasavvur qila olmayman. Ishonasizmi, ikkala soz ham menga bir xil eshitiladi. Ozaro mustahkam aloqalarimiz abadiy bolishini istayman.

Qancha umrim qolganini bilmayman. Ammo qatiy qarorga kelganman: eng oxirgi nafasim ham Ozbekiston havosi bolishini va Ozbekiston tuprogida mangu orom topishni istayman. Shu xalq uchun xizmat qilishni ozim uchun oliy sharaf, deb bilaman.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Temur AZAM yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: