O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
26.01.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM ABDUGANIYEVICH KARIMOVNING XOTIRASINI ABADIYLASHTIRISH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mustaqil Ozbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, ozbek xalqining ulug va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk Yolboshchimiz goyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda ogir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda Ozbekistonni jadal va barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi.

Islom Abduganiyevich Karimov ozining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning kop asrlik tarixida ochmas iz qoldirdi. U nafaqat Ozbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro-etiborga sazovor bolgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi.

Kop millatli Ozbekiston xalqining qalbidan chuqur joy olgan Birinchi Prezidentimizning sonmas xotirasini abadiylashtirish boyicha vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mamlakatimiz fuqarolaridan koplab takliflar tushmoqda.

Xalqimizning samimiy tilaklari va xohish-irodasidan kelib chiqib, ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yolidagi buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, Ozbekiston Qahramoni Islom Abduganiyevich Karimovning yorqin xotirasini abadiylashtirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

2016-yil oktabr oyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzilgani;

Toshkent shahar, Yashnobod tumanining Fargona yoli kochasida joylashgan jome masjidga “Islom ota jome masjidi” deb nom berilgani;

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrda Buyuk davlat va siyosat arbobi, Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish boyicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish togrisidagi qarori qabul qilingani malumot uchun qabul qilinsin.

2. Vazirlar Mahkamasi (A.Aripov) Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari rejasini ornatilgan tartibda ishlab chiqsin.

Shu munosabat bilan quyidagi vazifalar topshirilsin:

Ozbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qomitasi, Ozbekiston Badiiy akademiyasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etish;

tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov siymosini yaratish boyicha xalqaro ijodiy tanlovda golib deb topilgan haykallarni mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida, Islom Karimov tugilib osgan Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar bolib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida ornatish;

Ozbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Ozbekiston Fanlar akademiyasi, Ozbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent shahri va Samarqand viloyati hokimliklari birgalikda: Birinchi Prezidentimiz kop yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida (Ozbekiston kochasi, 45) Islom Karimov nomidagi ilmiy-marifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil boyicha joylashtirish; Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini tashkil etish;

quyidagi muassasa va obyektlarga:

Toshkent davlat texnika universitetiga;

Asaka shahridagi avtomobil zavodiga;

Fargona shahridagi Sanat saroyiga;

Toshkent xalqaro aeroportiga;

Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy kochalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomini berish;

har yili Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sana – 30-yanvar kunini keng nishonlash, 2-sentabr kunini Xotira kuni sifatida yod etish. Ushbu sanalar munosabati bilan ommaviy axborot vositalarida Islom Karimov hayoti va faoliyatini keng yoritish;

oliy oquv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasini joriy etish;

Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish;

Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalarini chiqarish.

3. Ozbekiston Milliy axborot agentligi, Ozbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari tomonidan Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish bilan bogliq tadbirlar keng yoritilsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston RespublikasiPrezidenti

Sh.MIRZIYOYEV


Toshkent shahri,

2017-yil 25-yanvar


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: