O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.01.2017

PROKURATURA VA INSON HUQUQI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning prokuratura organlari xodimlari bilan bolgan uchrashuvda aytgan achchiq, ammo ochiq gaplari, dolzarb masalalar yechimi borasidagi asosli fikrlari xalqimizni behad quvontirdi, adolatga bolgan ishonchini oshirdi.

Inson zoti, millati, diniy e’tiqodidan qati nazar qachon hayotdan rozi boladi? Avvalo, erkin bolsa, huquqlari himoyasi taminlangan, qadri, shani uluglangan bolsa. «Qornimga emas, qadrimga yiglayman», degan maqol ming yillardan beri yashab kelayotganining sababi ham ehtimol shundandir. Xalqimizni ozodlikka olib chiqqan, millat sifatidagi huquqini taminlab bergan, qadrini yuksaltirgan, dunyo hamjamiyatida izzat-hurmatini joyiga qoygan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qayta-qayta takidlagan ediki, Inson hamma qiyinchilikka chidashi mumkin, ammo adolatsizlikka chiday olmaydi. Bu siyosat, yani inson va uning qadr-qimmati mustaqillik yillarida chinakamiga oliy qadriyatga aylandi. Inson erkinligi, haq-huquqi himoyasi taminlandi, qadrini uluglash borasida keng kolamli ishlar amalga oshirildi. Huquqiy demokratik davlat, insonparvar, odil fuqarolik jamiyatini tuzishga xizmat qiladigan milliy qonunchilik tizimi yaratildi. Jamiyatda qonun ustuvorligini taminlash orqali xalqimiz huquqlarini ishonchli himoya qilish, inson manfaatlarini taminlash, mamlakatimiz taraqqiyotini yuksaltirishni bosh maqsad qilib oldik.

Bu boradagi izchil harakatlar tufayli erishilgan muvaffaqiyatlarni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oz maruza va nutqlarida alohida takidlab kelmoqda. Prokuratura organlari xodimlari bilan bolgan uchrashuvda ham avvalo, mustaqillik yillarida mamlakatimizda qonun ustuvorligini taminlash, fuqarolar huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish boyicha keng kolamli ishlar amalga oshirilib, sud-huquq tizimi tubdan isloh qilingani qayd etildi.

Biroq erishilgan yutuqlarga qaramay, jamiyatimizda qonun ustuvorligini taminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikni oldini olish bilan bogliq masalalarda toplanib qolgan muammolar oz emasligiga jiddiy etibor qaratildi, qator otkir savollar qoyildi: shuncha choralar korilayotganiga qaramay nega huquqbuzarlik kamaymayapti, nega odamlar huquq-tartibot idoralari, xususan, prokuratura idoralari faoliyatidan norozi bolayapti? Otgan yili tashkil etilgan Bosh vazirning virtual qabulxonasiga qisqa vaqtda 311 ming murojaat kelib tushganining sababi nimada?.. Bu nimani bildiradi, muammolar nima uchun bunchalik kopayib ketdi, xalqning dardini kim eshitadi?..

Savollar qanchalik aniq va keskin qoyilgan bolsa, tahlil ham shunchalik chuqur va asosli boldi.

Murojaatlarning aksariyati adolatsizlikdan, fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonun ijrosini nazorat etish zimmasiga yuklangan prokuratura idoralari eshiklari odamlar uchun ochiq bolmaganidan ekani aytildi. Yani, prokuratura fuqarolarni oz vaqtida qabul qilib, dardini tinglab, masalasini qonuniy hal etib berganda, yuqori idoralarga arizalar bunchalik kop tushmasdi. Takidlab otilganidek, Bosh vazirning virtual qabulxonasi, joylarda xalq qabulxonalarini ochishga ham ehtiyoj bolmasdi. Shu orinda oylab koraylik, bir yil davomida turli idora va tashkilotlarga, jumladan, matbuot va ommaviy axborot vositalariga qancha ariza keladi, ular qaysi hududlardan qaysi masalalarda bolayapti? Buning hisobini kim yuritadi? Buni bilish, tahlil etish kop savollarga javob beradi.

Prokuraturaga talab bunchalik yuksak qoyilayotganining asosiy sababi ham shunda, bu idoraga qonunlar ijrosini taminlashni nazorat qilish vakolati berilganida. Vazirliklar, davlat qomitalari, idoralar, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar, qoyingki, barcha sohada qonunlar ijrosini nazorat qilish prokuratura organlari zimmasiga yuklatilgan. Qonun buzilishi holatlari aniqlanganda prokuror qonunda hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilangan choralarni koradi.

Boshqacha aytganda, bugungi prokuratura sovet zamonidagi qoralovchi, jazolovchi prokuratura emas, balki inson haq-huquqini, erkinligini himoya etuvchi idoradir. Bu ota masuliyatli, ayni chogda sharafli vazifa, halollikni, fidoyilikni qatiyatni talab etadigan soha. Masuliyat degan soz zamirida vazifaga javobgarlik tuygusi, faqat va faqat qonun doirasida ish yuritish, ishonchni oqlashdek yuksak tuygu turadi. Fidoyilik deganda, burchga sadoqat tushuniladi. Haqiqat, adolat yolida ozini ayamaslik, butun vujudi, bilimi, tajribasini ishga solib mehnat qilish tushuniladi. Halollik degan soz aslida izoh talab qilmaydi.

Halollik — bu fazilat, or-nomus, gurur... Oz vazifangni bajarayotganda togri bol, burchga, kasbga, qonunga xiyonat qilma, degani. Misqollab topgan obroyingni sotma, qadringni yerga urma, degani.

Prezidentimiz aytdiki, Qabul qilinayotgan har bir qaror zamirida inson taqdiri turadi. Shunday ekan, yetti olchab, bir kesish bu borada asosiy mezon bolmogi shart.

Togrisi, bu davat nafaqat prokurorlarga, balki barcha huquq-tartibot idoralari, barcha rahbarlarga tegishlidir.

Gap prokuratura zimmasidagi vazifa masuliyati haqida borarkan, yana bir bor takidlash kerakki, huquqi poymol bolgan, jabrlangan, odamlarning qonuniy manfaatini himoya etish eng xayrli, oliy amallardan hisoblanadi. Adolatsizlikka qarshi kurashish hamma zamonlarda ham yuqori baholangan, el-yurt tomonidan qadrlangan. Afsuski, halol, fidoyi, adolatparvar prokurorlar orasida fuqarolar murojaatlariga masuliyatsiz, loqayd qarab, odamlarni norozi qilayotgan, oz kasbiga dog tushirayotganlari ham borligidan koz yumib bolmaydi.

Prokuror, degan yuksak nomga nomunosib bunday kimsalar bilan mutlaqo kelishib bolmaydi, albatta. Prokurorning loqaydligi barcha sohalarda qonunbuzilishlar avj olishiga sabab boladi. Buni tahlillar korsatib turibdi. Kop guvohi bolganmiz, tuman yoki viloyatda hal bolishi kerak bolgan masalalar yuzasidan odamlar respublika miqyosidagi idoralarga murojaat qilishadi, uzoq hududlardan poytaxtga kelib, turli amaldorlar qabuliga kiraman, deb ovorayu sarson bolib yurishadi.

Oylasang, boshing qotadi, asabiylashasan, axir joylarda bu muammolar bilan shugullanadigan idorayu tashkilotlar yetarli-ku, qanchalab xodimlar davlat byudjetidan maosh olib otiribdi-ku. Nega ular oz vazifasini bajarmaydi? Bu savollar haq savollar, kopchilikning konglidagi savollar. Endi yondashuv, talab, tartib ozgarayapti, muammoga yechim topilyapti. Prezidentimiz taklifi bilan joriy yildan boshlab, barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisob berish tartibi joriy etiladigan boldi. Buning ustiga viloyat prokurorlarining ishiga qarab, oylik reytingi tuzib boriladi. Reyting natijalariga qarab, ularning faoliyatiga baho beriladi. Oz vazifasini eplay olmaganlarni hech kim ortaga tushib himoya qilolmaydi, bundaylar qogozdagi malumotlarni oziga qalqon qilolmaydi. Hamma bahoni odamlar beradi, xalqning bahosi haqiqat boladi.

Bu noyob ish usuli haqidagi taklifni odamlar juda mamnuniyat bilan kutib oldi. Bu tartib goddayib yurishlarga, bepisand qarashlarga, jonni qiynamay beparvo ishlashlarga, kimningdir, nimaningdir tasiriga tushishlarga chek qoyishi aniq.

Hayotda shunday xato-kamchiliklar boladiki, ularni tushunish, kechirish mumkin. Ammo inson huquqi, hayoti, taqdiri bilan bogliq masalalardagi xatolarni kechirish qiyin. Inson erkinligi, huquqi shunday oliy qadriyatki, unga ziyon-zahmat yetkazishga hech kimning haqqi yoq. Bugun mamlakatimizda inson huquqi, manfaati himoyasi yangi bosqichga kotarilyapti. Inson qadr-qimmati, shani, hurmati hamma narsadan ulugligi har qachongidan ham qatiy takidlanmoqda, bu goya hayotga samarali tatbiq etilishi uchun amaliy chora-tadbirlar korilyapti. Xalqimiz bu say-harakatlarni oz kozi bilan korib, quvonib, ularni qollab-quvvatlamoqda, bu siyosatdan rozi ekanini izhor etmoqda.

Prezidentimizning prokuratura organlari xodimlari bilan bolgan uchrashuvdagi fikrlari mazmun-mohiyati, avvalo, shunday xulosa beradi:

Oz xalqini rozi qilgan, uning huquq va manfaatlari himoyasini munosib taminlagan davlatning kelajagi albatta buyuk boladi.

Safar OSTONOV,

Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: