O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.01.2017

ELINI SUYGANNI EL SUYADI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi yakunlari yurtdoshlarimizda kotarinki kayfiyat uygotdi

Odamga kuch bagishlaydigan eng katta vosita — bu e’tibor. Etibor natijasida jamiyat ravnaq topadi, odamlar konglida yangi orzu-umidlar paydo boladi. Etiborli bolgan inson hayotga, yon-atrofida roy berayotgan voqealarga befarq qaramaydi. U odamlarning tashvishi, dardiga sherik boladi, ular uchun kuyunadi.

Shavkat Mirziyoyev ozining saylovoldi uchrashuvlarini Qoraqalpogiston Respublikasidan boshlagan edi. Shumanay tumanida bolib otgan uchrashuvda «Men nafaqat ozbek xalqining, balki qoraqalpoq xalqining ham farzandiman!», deb takidlagan edi. Qoraqalpogiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash boyicha bir qancha taklif va mulohazalar bildirgan edi. Bundan buyon har bir tumanga, kerak bolsa, chekka-chekka ovullarga kirib boramiz, har bir xonadonga kirib vaziyatni organamiz, degandi. Osha uchrashuvda ishtirok etib, Shavkat Mirziyoyevning gaplarini hayajon bilan tinglagan edik. Joylarda oqsoqollar bilan bir piyola choy ustida bu gaplarni muhokama qildik. Gapning ochigi, ayrimlar aytilgan vadalarning bunchalik tez va aniq tizim asosida yolga qoyilishiga ishonmagan ekan.

Saylovoldi uchrashuvida aholining kam taminlangan qatlamini ijtimoiy himoya qilish, ularning turmush sharoitini yanada yaxshilash maqsadida tijorat banklariga imtiyozli kreditlar ajratish, kurkachilik, chorvachilik sohasini rivojlantirish boyicha topshiriqlar bergandilar. Oradan hech qancha vaqt otmay, mutasaddi tashkilot va bank xodimlari uyma-uy yurib, aholiga tadbirkorlikni yolga qoyish boyicha kerakli maslahatlar berdi, imtiyozli kreditlar ajratildi. Endi oylab koring, har bir xonadonda 100 ta tovuq, onta qoy bolsa, qanday qilib ularni kam taminlangan, deyish mumkin. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan bu tashabbus tez orada oz mevasini berishiga ishonamiz.

Ozbekiston shimolida yastanib yotgan Qoraqalpoq hududiga boqib qalbingiz tolqinlanadi. Ufqqa tutash, nigohni toldiradigan kengliklar yurtimiz naqadar bepoyon ekanidan sozlayotgandek goyo. Hudud sharoitiga mos tarmoqlarni rivojlantirishga asosiy etibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz topshiriqlari bilan chorvachilikni takomillashtirish barobarida hududda charm mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar tashkil etish, 2017-2021 yillarda qizilmiya ishlab chiqarish uchun plantatsiyalar yaratish boyicha tizimli ishlar yolga qoyiladi.

Bugun kim bilan suhbatlashmang hammaning ongida ijobiy ozgarishlar, yangi goyalar tugilmoqda. Kredit olib, xojaligini obod qilganlar endi qoshimcha ish orinlarini yaratish, aholini ish bilan taminlash boyicha tashabbus bilan chiqmoqda.

Mamlakatimiz zaminida Mendeleyev jadvalidagi barcha elementlar mavjudligi ilmiy asosda isbotlangan. Shu nuqtai nazardan qaraganda, xorijlik sarmoyadorlar yanada kopayishiga shubha yoq.

Kuni kecha televizorda Prezidentimizning Jahon banki vitse-prezidenti bilan uchrashuvini korib yana bir yangilikni eshitdim. Uchrashuvda Jahon banki tomonidan ajratilayotgan kreditlar evaziga Qoraqalpogistonda suv resurslarni boshqarish tizimini takomillashtirish boyicha samarali kelishuvga erishildi. Uzoq istiqbolga moljallangan loyihalar ham boshlab yuborildi. Chunki hayot daryosining oqimi juda tez, u hech qachon bir joyda toxtab turmaydi. Zamon qanchalik shiddat bilan ozgarib borayotganini barchamiz his etib turibmiz. Bu ozgarishlardan ortda qolish, ular bilan hamohang harakat qilmaslik rivojlanishning ortga ketishiga olib keladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga moljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yonalishlariga bagishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maruzasida barcha sohalarda qilinishi kerak bolgan muhim vazifalar belgilab berildi. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, har bir tuman va shahardagi Xalq qabulxonalari, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi faoliyatini samarali tashkil etish vazifasi qoyildi. Bularning ahamiyatini gapirib otirish ortiqcha, deb oylayman.

Shavkat Mirziyoyev tashrifi davomida Qoraqalpogiston Respublikasida tashkil qilingan Xalq qabulxonasi bilan ham tanishdi. U yerda yaratilgan sharoit, aholining murojaatlari bilan ishlash tizimining samaralari haqida bildirgan fikr-mulohazalari bizni goyat quvontirdi.

Ozbekiston Respublikasining 2016 yil 26 dekabrdagi Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar togrisidagi qonuni keksalar, jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarni qollab-quvvatlash, ularning holidan xabar olish, jamiyatda oz ornini topishiga komaklashishda muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va dunyoda ozbek modeli deya etirof etilgan taraqqiyot strategiyasining muhim tamoyillaridan biri kuchli ijtimoiy siyosat yuritish izchil davom ettirilmoqda.

Qallibek KAMOLOV,

mehnat faxriysi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: