O'zb  
 
24.01.2017

TIZIMLI ISLOHOTLAR INSON MANFAATLARIGA XIZMAT QILMOQDA

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadida 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpogiston Respublikasida boldi.

Qoraqalpogistonning boy tabiiy zaxiralari, sanoat korxonalari, fidoyi va mehnatkash xalqi mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoshmoqda. Qongirot soda zavodi, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi, onlab qoshma korxonalar iqtisodiyotimizni rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlashda muhim omil bolmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashrifi Qoraqalpogiston hayotida yangi istiqbollar ochdi. Davlatimiz rahbari 20 yanvar kuni sogliqni saqlash, aholini ijtimoiy himoyalash, talim, qishloq xojaligi sohalari muassasalarida bolib, ularda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Odamlar bilan muloqotda boldi. Qoraqalpogiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlari yaratish boyicha yigilish otkazdi.

Prezidentimiz Qoraqalpogiston Respublikasiga tashrifining ikkinchi kuni Nukus shahrida quriladigan polimer mahsulotlari zavodi uchastkasiga tashrif buyurdi. Ushbu zavodda yiliga 8 ming tonna polietilen truba, qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqariladi. Zamonaviy texnologiya bilan jihozlanadigan korxonada yuzdan ortiq ish orni yaratiladi.

Davlatimiz rahbari mazkur korxona bilan yonma-yon barpo etiladigan energiya tarmogi mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod loyihasi bilan ham tanishdi. Bu yerda Yaponiya, Shveytsariya, Italiya kabi mamlakatlarda tayyorlangan texnologiyalar asosida zamonaviy transformatorlar, fotoelektrostansiya detallari, avtomatik elektr hisoblagichlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Aholi ehtiyoji uchun turli tovarlar ishlab chiqarish, biznes subyektlarining barqaror ishlashi va hayot sifatini taminlashda kimyo sanoati va energetika tarmogi alohida orin tutadi. Shu bois mamlakatimizda ushbu sohalarni izchil rivojlantirish, yangi korxonalar tashkil etish orqali import qilinayotgan mahsulotlarni mahalliylashtirishga katta etibor qaratilmoqda. Mazkur ikki zavod bu boradagi ishlarning amaliy samaralaridandir. Ularda tayyorlanadigan mahsulotlar iqtisodiyotning koplab jabhalarida qollanilishi, import ornini toldirib, eksportga yonaltirilishi bilan ulkan ahamiyat kasb etadi.

Korxonalarni mamlakatimiz mustaqilligining 26 yillik ayyomiga foydalanishga topshirish zarurligi, bu xalqimizga munosib bayram tuhfasi bolishi alohida takidlandi.

Prezidentimiz mazkur zavodlar qurilishi boshlanishi bilan tanishdi. Pudratchi va quruvchilar bilan suhbatlashdi, ushbu masuliyatli ishda ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

Davlatimiz rahbari zamonaviy shaharsozlik talablari asosida rekonstruksiya qilingan Nukus temir yol vokzalini borib kordi. Bino peshtoqlari milliy naqshlar bilan bezatilgan. Kutish zali, ona va bola xonasi, tibbiyot xonasi va boshqa xonalarda yolovchilar uchun keng qulayliklar yaratilgan.

Prezidentimiz bu yerda xizmat turlarini kopaytirish, xizmat korsatish madaniyatini yuksaltirish, yolovchilar uchun qulayliklarni yanada oshirish zarurligini takidladi.

Shavkat Mirziyoyev Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi qurilish uchastkasiga tashrif buyurdi.

Ozbekiston va Qoraqalpogiston xalq shoiri, Ozbekiston Qahramoni I.Yusupov qoraqalpoq va ozbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qoshgan. Uning asarlari Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat, yurtga fidoyilik goyalari bilan yogrilgan. Shu jihatdan atoqli shoir ijodi yoshlar tarbiyasida manaviy manba bolib xizmat qiladi.

Prezidentimiz kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni kitobga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida etibor qaratmoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 12 yanvarda qabul qilingan «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targibot qilish boyicha komissiya tuzish togrisida»gi farmoyishi ham ana shu etiborning amaliy ifodasidir.

Davlatimiz rahbari maktab loyihasini takomillashtirish, xususan, bino oldida maydon barpo etish va bu yerda Ibroyim Yusupov haykalini ornatish boyicha tavsiyalar berdi. Maktab bazasida kichik bosmaxona tashkil etib, turli adabiyotlarni tarjima qilib, chop etish lozimligi takidlandi. Bu badiiy, marifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni nashr qilish, ular bilan talim muassasalarini taminlash ishlariga munosib hissa qoshadi.

Prezidentimiz Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filialida ham boldi. Bu yerda kop tarmoqli bolalar klinikasi, oyin maydonchasi, mehmonxona bunyod etilmoqda. Institutda haqiqiy ilmiy muhit yaratish, xorij tajribasini organish, xalqaro klinikalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, onalar va bolalar salomatligini samarali muhofaza qilish boyicha tavsiyalar berildi.

Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimidagi nutqida davlat organlari xalqqa xizmat qiladigan, barcha darajadagi hokimlar va rahbarlar aholi oldida hisobot beradigan tizim joriy etilishini takidladi. Bugungi kunda joylarda ushbu tizimning muhim bogini bolgan Xalq qabulxonalari tashkil etilmoqda.

Davlatimiz rahbari Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogiston Respublikasidagi Xalq qabulxonasini borib kordi. Bu yerda fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarni korib chiqish va saqlash zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etilgan. Ona va bola xonasi, tibbiyot xonasi va boshqa xonalarda zarur sharoitlar, nogironlar uchun alohida qulayliklar yaratilgan.

Har bir murojaatni adolatli korib chiqish va hal etish, rahbarlarning murojaatlar bilan ishlashini tahlil qilib borish boyicha korsatmalar berildi.

Mamlakatimizning barcha hududlari kabi Qoraqalpogiston Respublikasida ham keng kolamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2009-2016 yillarda hududning 134 qishloq massivida namunaviy loyihalar asosida 3 ming 650 uy-joy qurilib, foydalanishga topshirildi. Nukus shahrida 34 kop qavatli uy, zamonaviy amfiteatr, Yoshlar markazi, I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat sanat muzeyining yangi binolari, turli sport majmualari bunyod etildi. Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Prezidentimiz Nukusning Yernazar Olakoz kochasini rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishdi. Rejaga kora, ushbu markaziy kocha kengaytirilib, transport harakati uchun yanada qulaylik yaratiladi. Yol boyida kop qavatli uylar, savdo va maishiy xizmat korsatish shoxobchalari quriladi.

Davlatimiz rahbari Imom Eshon Muhammad masjidida nuroniylar bilan suhbatlashdi. Unda xalqimiz turmush darajasini yanada oshirish, keksalarni ezozlash, yoshlarni barkamol etib tarbiyalash haqida soz bordi. Nuroniylar Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida ilk tashrifini qoraqalpoq zaminidan boshlagani davlatimiz rahbarining Qoraqalpogistonga, qoraqalpoq xalqiga bolgan yuksak hurmat-etiboridan dalolat ekanini, tashrif natijalari bu hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qilishini takidladi.

Anvar BOBOYEV,

Anvar SAMADOV,

OzA maxsus muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: