O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
21.01.2017

KOPCHILIK KUTMAGAN GALABA

Denis Istomin dunyoning ikkinchi raqamli raketkasi Novak Jokovichni mag‘lub etdi

Shu kunlarda Melburn (Avstraliya)da tennis boyicha dunyodagi eng yirik musobaqa — «Katta dubulga» turkumiga kiruvchi tortta turnirdan biri Australian Open bahslari qizgin davom etmoqda.

Unda hamyurtimiz Denis Istomin musobaqaning dastlabki bosqichida xorvatiyalik Ivan Dodigni maglubiyatga uchratgandi.

Qur’aga kora, ikkinchi davrada Denis Istomin dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqdi. Aksariyat mutaxassis va muxlislar ushbu juftlik bahsidan oldin serbiyalik sportchi osongina galaba qozonishini taxmin qilishgandi. Chunki Novak Jokovich bungacha Australian Open musobaqasida olti marta (2008, 2011, 2012, 2013, 2015 va 2016 yillar) golib bolgan. U Katta Dubulga turkumiga kiruvchi barcha musobaqalarda bosh sovrinni qolga kiritgan. Jokovich uch marta Uimbldon, ikki bor US Open va bir marta Roland Garros singari nufuzli turnirlarda peshqadam bolgan.

Shunga qaramay, Denis nomdor raqib oldida dovdirab qolmadi, ozini yoqotib qoymadi. Aksincha, u uchrashuvning birinchi setida raqibiga qarshi tezkor oyin namoyish etdi va 7/6 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning ikkinchi va uchinchi setlarini 7/5, 6/2 hisobida oz foydasiga hal qilgan Novak tortinchi setda tay-brekda tennischimizga qarshilik korsata olmadi. Songgi hal qiluvchi beshinchi setda Denis Istomin katta iroda va mahorat korsatib 6/4 hisobida galaba qozondi. Umumiy hisob 3:2 (7/6, 5/7, 2/6, 7/6, 6/4).

Endi Denis uchinchi davrada ispaniyalik Pablo Karreno Busta bilan kuch sinashadi. Turnirning 30-raqamli tennischisi sifatida qayd etilgan bu sportchi ilk bosqichda britaniyalik Kayl Edmondni (6/2, 6/4, 6/2) maglubiyatga uchratgan.

Nimchorak final yollanmasi uchun kechadigan navbatdagi bahsda hamyurtimizga omad tilaymiz.

Erkin XOLBOBO


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: