O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
21.01.2017

IKKINCHI BOSQICH DAVOM ETMOQDA

Respublika Milliy matbuot markazida «O‘zbekiston XDPning eng faol ayoli» korik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bolib otdi.

Ozini Mavluda Raupova, deb tanishtirgan qiz opasi Sevara Xudoyberdiyevani qollash uchun kelganini aytdi. Bugun opamning tanlovda ishtirok etishi, sahnaga chiqishini oylab, men ham hayajonga tushdim, dedi suhbatdoshimiz. Shu mahal kichkina qizaloq yonimizga kelib, bizni tinglab turganini kordim.

— Men ham gapirsam maylimi? dedi u. Men Nigora Qurbonboyevaman, Mirobod tumanidan oyim Dildora Ortiqova bilan keldim. 147-maktabning 5-sinfida oqiyman. Oyimga oxshashni xohlayman. Tumanimizda birinchi orinni egallaganlarida juda xursand boldim. Bugun ham oyim golib bolishini istayman. Ozim sport togaraklariga qatnashaman, 11 ta medalim bor! Kelajakda oyijonimga oxshab oqituvchi bolmoqchiman.

Qizaloq maktabdosh dugonalari, sportchi dostlari haqida ham tolqinlanib gapirdi. Orzu-istaklari shu qadar kop ekanki, murgak qalbiga shuncha tilakni jo qilgan Nigoraga faqat va faqat yaxshiliklar tiladik.

Bir zumda tanlov otkaziladigan zal tomoshabinlar bilan toldi. Toshkent shahar partiya kengashi raisi Haydar Boboxonov barcha ishtirokchilarga omad tilab, shartlarni boshlash mumkinligini aytdi. Hakamlar hay’ati azolari tanishtirilgach, 12 nafar ishtirokchi birin-ketin dastlabki shart boyicha oz loyihalarini taqdim eta boshladi.

Loyihalarni tayyorlashda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini organish, xotin-qizlarga doimiy ish orni yaratish masalalari kozda tutilgan. Opa-singillarimiz tayyorlagan loyihalar orasida yorqin, aniq takliflarning borligi kopchilikni quvontirdi.

Masalan, Shayxontohur tumanidan Hulkar Jorayeva turizm salohiyatini kengaytirish, bu sohaga xorijiy investitsiyalarni olib kirish boyicha oz loyihasini taqdim etdi. Unda hunarmandchilik, kasanachilikni rivojlantirish, hovli uy-joylarda kichik mehmonxonalar ochish, shu orqali yangi ish orinlari yaratish masalalari kozda tutilgan.

Jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar faoliyat yuritadigan maxsus korxonalar ochish, uy bekalarini ish bilan taminlash uchun oquv markazlari, maishiy xizmat shoxobchalari bunyod etishga qaratilgan loyihalar ham hakamlar hayati tomonidan etirof etildi.

Qonunlarimiz hayotimiz asosidir shartida qatnashchilar partiya elektorati manfaatlariga daxldor qonunlarni sharhlab, ularni yanada takomillashtirish haqida oz takliflarini bildirishdi.

Tanlovni kuzatar ekanman, har bir ishtirokchi shartlarga astoydil tayyorgarlik korgani sezilib turdi. Jumladan, 3 daqiqa davomida 10 savolga javob berish uchun koplab siyosiy adabiyotlarni oqish, malumotlarni yod olish kerak boladi.

Tanlovni ikkinchi yil otkazayotgan bolishimizga qaramay, unda raqobat ancha kuchli, dedi Toshkent shahar partiya kengashi sektor mudiri Gulchehra Azizova. Oylaymanki, mazkur tanlov faol, zukko, tashabbuskor ayollarni saralab, ularning safi kengayishiga xizmat qiladi.

Bolaligimdan jurnalistikaga mehr qoyganman. Hozir Mahalla teleradiokanalida ishlayapman, dedi olmazorlik ishtirokchi Gulchehra Ashurova. Doim izlanish, intilish, oz ustimda ishlashni yoqtiraman. Har qanday sinovni oila azolarim, hamkasblarim komagida yengishga harakat qilaman. Kasbimdan faxrlanaman. Bugun oqila va lobar ayollar bilan bir safda turganimdan boshim osmonga yetdi.

Har bir tanlovda goliblar va sovrindorlar boladi. Bu gal omad Yoshlik talabalar shaharchasidan Nilufar Sobirjonovaga kulib boqdi. U respublika bosqichiga yollanma oldi. Barcha ishtirokchilar diplom va esdalik sovgalari bilan taqdirlandi.

Zilola UBAYDULLAYeVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: