O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
21.01.2017

XALQ ICHIGA KIRIB BORIB, ODAMLAR BILAN MULOQOT QILISH INSON MANFAATLARINI TAMINLASHNING MUHIM OMILI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadida 20 yanvar kuni Qoraqalpogiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi tashrifini qoraqalpoq zaminidan boshlagani muhim ahamiyatga ega. Bu albatta davlatimiz rahbarining Qoraqalpogistonga, qoraqalpoq xalqiga bolgan yuksak hurmat-etiboridan dalolat beradi.

Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 10 noyabr kuni Qoraqalpogiston Respublikasi Shumanay tumanida bolib otgan saylovoldi uchrashuvida: «Men nafaqat ozbek xalqining, balki qoraqalpoq xalqining ham farzandiman!», deb takidlagan edi. Shu bilan birga, ushbu mintaqada yashayotgan aholini har tomonlama qollab-quvvatlash boyicha belgilangan keng kolamli ishlar haqida toxtalib, jumladan: Bundan buyon har bir tuman va shaharga, kerak bolsa, chekka-chekka qishloq va ovullargacha kirib boramiz. U yerda istiqomat qilayotgan odamlarning dardini eshitamiz, muammolarini hal qilishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqamiz va ijrosini qatiy nazoratga olamiz, degan edi.

Aytish mumkinki, Qoraqalpogiston Respublikasiga bugungi tashrif ana shunday ezgu maqsadlarning, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida belgilangan vazifalarning yana bir amaliy ijrosi sifatida namoyon boldi.

Malumki, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida Qoraqalpogiston Respublikasining iqtisodiyot tarmoqlari, sanoat, qurilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalari ham jadal rivojlanmoqda. Bugungi kunda yalpi hududiy mahsulotning qariyb yarmi, hududiy eksportning 75 foizi xususiy sektor hissasiga togri kelmoqda. Ish bilan band bolgan aholining 75 foizi aynan shu sohada mehnat qilmoqda.

Ayni paytda bu hududning murakkab sharoiti, Orol dengizi bilan bogliq mintaqada yuzaga kelgan ekologik ofat aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash, sifatli tibbiy yordam korsatish, onalik va bolalikni himoya qilish, oila va mahalla institutlariga etibor qaratish, ayollar va yoshlarning jamiyatdagi orni va mavqeini oshirish kabi bir qator muhim masalalar yuzasidan kechiktirib bolmaydigan amaliy ishlarni talab etmoqda.

Ana shu maqsadda davlatimiz rahbari tashrif davomida oddiy odamlar bilan uchrashdi, oilalarga kirib, ularning turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Xalq bilan samimiy muloqotlar bolib otdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Xojayli tumani markaziy shifoxonasiga tashrif buyurdi. Zamonaviy tibbiy texnika bilan jihozlangan ushbu muassasa tumandagi 11 qishloq vrachlik punkti va 4 poliklinika bilan birgalikda 130 mingdan ziyod aholiga sifatli xizmat korsatib kelmoqda.

Salomatlik insonning eng qimmat boyligidir. Odamlarga salomatligini mustahkamlashda yordam korsatadigan mutaxassis eng sharafli kasblardan birining egasidir.

Shavkat Mirziyoyev shifoxonadagi sharoit bilan tanishdi, qabul, rentgen, diagnostika va qator boshqa bolimlarni kozdan kechirdi. Shifokorlar bilan muloqotda malakali tibbiy kadrlar yetishtirish, tibbiy jihozlardan unumli foydalanish, xizmat malakasini oshirish, shifoxonalar qurishda har bir hududning oziga xos iqlim sharoitidan kelib chiqish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shundan song Prezidentimiz Muruvvat ayollar internatiga borib, ushbu muassasa faoliyati bilan tanishdi. Shifokor va hamshiralar bilan suhbatlashib, bu maskanda yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash uchun davlat tomonidan yordam korsatilishini takidladi.

Tumandagi 69-maktab oqituvchilari bilan bolgan muloqot chogida maktablarning infratuzilmasini yaxshilash, bu yerda litsey va kollejlarning bolgusi munosib oquvchilarini tayyorlash va umuman Vatan ravnaqi uchun malakali kadrlar tarbiyalash ishlarini takomillashtirish mavzuida soz bordi.

Shavkat Mirziyoyev Agrosanoat markazi qurilayotgan uchastkaga ham tashrif buyurdi. 2017-2018 yillarda ishga tushirilishi moljallanayotgan ushbu majmua 11 gektar maydonni egallaydi. Bu yerda qishloq xojaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, qadoqlash binolari, shuningdek, terminal, yuk tushirish va ortish maydoni, muzxonalar, issiqxonalar, bojxona, angar, mehmonxona, ovqatlanish muassasasi, sport majmuasi kabi inshootlar barpo etiladi.

Shu yerning ozida Xojaylida turar-joy infratuzilmasini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari odamlar boshlangan ozgarishlarni oz hayotida his qilishi uchun joriy yil yakunigacha 40 kop qavatli turar-joy binosi barpo etish va foydalanishga topshirish togrisida korsatma berdi.

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogiston qishloq vrachlik punktida ham boldi. Shifokorlar bilan suhbat asnosida aholining davlat idoralariga ishonchini mustahkamlashda tibbiyot muassasalari xodimlarining faoliyati alohida orin tutishi takidlandi. Qishloq vrachlik punktlarini zamonaviy tibbiy jihozlar bilan bir qatorda dori-darmon va boshqa zarur ashyolar bilan taminlash masalalari muhokama qilindi.

Prezidentimiz Shumanay tumani Jumaboy Bozorov nomidagi bolalar musiqa va sanat maktabiga tashrif buyurdi. 211 oquvchi talim olayotgan bu dargohda milliy musiqa asboblari, fortepyano, xoreografiya, tasviriy sanat kabi ondan ziyod yonalishda dars otiladi. Muassasa ochilganiga atigi bir necha yil bolganiga qaramay, uning oquvchilari qator tanlovlarda, xususan, 2 marta mamlakatimiz miqyosida otkazilgan korikda birinchi orinni egallashga muvaffaq boldi.

Maktab oqituvchilari va oquvchilari bilan muloqot chogida jamoatchilik vakillari Ozbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov yosh avlodni jismoniy va manaviy jihatdan barkamol etib voyaga yetkazishga alohida etibor bergani, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev u kishining bu boradagi xayrli ishlarini izchil davom ettirayotganini takidladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Agroservis MTP masuliyati cheklangan jamiyatining Qanlikol tumani filialida ham bolib, bahorgi dala ishlariga puxta tayyorgarlik korish haqida fikrlashdi. Tumanda paxta maydonini bosqichma-bosqich qisqartirib, chorvachilikni rivojlantirish boyicha korsatmalar berdi.

Qanlikol pedagogika kollejida bolgan muloqotda Prezidentimiz kollej mutaxassisliklarini zamon talabiga mos ravishda ozgartirish, tuman iqtisodiy-ijtimoiy hayoti uchun zarur kadrlar tayyorlash kerakligini takidladi. Ilmiy, badiiy adabiyotlarni qoraqalpoq tiliga ogirish, chop etish va talim maskanlariga yetkazib berish boyicha tavsiyalar berdi.

Davlatimiz rahbari Qongirot — Moynoq ichimlik suvi tarmogi qurilishi boshlanishi bilan tanishdi. 101 kilometrlik ushbu suv tarmogi ishga tushirilgach, bir kecha-kunduzda 7 ming kub metr suv uzatish va 25 mingdan ziyod aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash imkoniyati yaratiladi.

Nukus shahrida Qoraqalpogiston Respublikasi faollari bilan uchrashuv bolib otdi. Yigilishda Qoraqalpogistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlari yaratish masalalariga alohida etibor qaratildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogiston Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.

Anvar BOBOYeV,

Anvar SAMADOV,

OzA maxsus muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: