O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
19.01.2017

INSON MANFAATI HAMMA NARSADAN USTUN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi butun xalqimizni tolqinlantirib yubordi, hayajonga soldi. Bugun ushbu maruzada bildirilgan tahliliy-tanqidiy fikrlar, ilgari surilgan goyalar jamoatchilik ortasida keng organilmoqda, muhokama etilmoqda.

Togrisi, kopchilik bu majlis tanqidiy ruhda otishini taxmin qilayotgandi. Ammo maruza qamrovi bunchalik keng, tahlil va tanqid bunchalik chuqur bolishi, kamchilik va muammolar, ularning sabablari, aybdorlari ochiq-oshkora aytilishi kutilmagandi. Vazifalar aniq, keskin belgilab berilishi, talab bunchalik qatiy qoyilishi favqulodda hodisa boldi. Buning ustiga barcha viloyat, shahar va tumanlar markazlarida tashkil etilgan studiyalarda mahalliy hokimiyatlar, vazirliklar hududiy bolinmalari, korxona, tashkilotlar rahbar xodimlari, fermer va tadbirkorlar videokonferensiya orqali majlisni kuzatgani hukumat faoliyatining oshkoraligi, shaffofligini taminladi. Mamlakatimizda demokratik jarayonlar dadil chuqurlashib borayotganini korsatdi.

Maruzada aytilgan ochiq tanqidlardan kimdir xijolat tortgan bolsa, kimningdir kongli ranjigan bolishi mumkin. Ammo tanqidlar asosli boldi, xalqimizga maqul keldi. Chunki bu achchiq gaplarning hamma-hammasi odamlarni tashvishga solib kelayotgan muammolar yechimi, xalqimiz manfaati himoyasi bilan bogliq edi.

Hech mubolagasiz aytish kerakki, bu gaplar oddiy odamlar dardiga malham boldi, ularning kayfiyatini kotardi, qanchadan-qancha tashvishli masalalar hal bolishiga ishonchini oshirdi. Bu maruza millat taqdiri uchun chin dildan qaygurishning yorqin ifodasi, odamlar manfaatini himoya qiluvchi dastur boldi.

Prezident majlis boshidanoq mavzu Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili talablariga bagishlanishi, shu bois yigilishni ham muloqot tarzida otkazishni taklif qildi. Qoyilgan savol va javoblar aniq va ravshan, tushunarli bolishi kerakligini takidladi. Bu tartib majlis nihoyatda ishchan va amaliy ruhda otishini taminladi.

Maruza boshdan poyonigacha — inson manfaatini himoya qilish, xalqimiz munosib hayot kechirishini taminlash masalasiga bagishlandi. Buning uchun tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bolishi kerakligi uqtirildi. Boshqacha aytganda, qaysi soha, qaysi lavozim yoki vazifa kimga ishonib topshirilgan bolsa, osha rahbar oz vazifasini masuliyat bilan bajarishi shartligi talab qilinmoqda.

Mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy osishning, demokratik jarayonlarning bugungi bosqichi, jamiyatda toplanib qolgan muammolar, odamlarning xohish-irodasi, talabi barcha sohalardagi ishlarga yangicha yondashuvni taqozo etmoqda.

Shu bois ham 2017 yil uchun moljallangan iqtisodiy va ijtimoiy dasturning on bitta ustuvor vazifasidan dastlabkisi fuqarolar bilan ochiq muloqotni yolga qoyishning yangi samarali usul va mexanizmlarini hayotga tatbiq etish deb belgilandi.

Ayniqsa, barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tartibi joriy etilayotgani chuqur oylangan adolatli tashabbus bolganini odamlar mamnuniyat bilan etirof etmoqda. Bu muhim ishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senat rahbarlari faol ishtirok etishi hisobot berishlar amaliy tus olishi, kamchiliklar prinsipial hal etilishini taminlaydi. Shuningdek, joylardagi ayrim muammolar yechimi qonunlarda oz ifodasini topadi.

Odamlar bilan muloqot masalasi shu darajada jiddiy qoyilmoqdaki, respublika miqyosidagi barcha davlat idoralari rahbarlari, masul xodimlari kabinetlarda otirib, qogozbozlik bilan vaqt otkazmay, hududlarga borishi, uzoq, chekka qishloqlarda bolib, haqiqiy ahvolni organishi talab etilmoqda.

Hozirgi siyosat shundayki, kabinetlarda otirishga organib qolgan rahbarlarni ornidan qozgatish, yuzaki hisobotlarga barham berib, xalq hayotini har tomonlama organib, muammolarini hal etishga, bir soz bilan aytganda, chin manoda odamlarning xizmatini qilishga safarbarlik elon qilindi.

Ochiq aytildi, «raqamlar va silliq hisobotlarning orqasidan quvib, navbatdagi kampaniyabozlikni uyushtirish kerak emas». Darhaqiqat, qogozlardagi raqamlar, korsatkichlar qanchalik yuqori bolmasin, ozgarishlarni odamlar oz hayoti misolida sezmasa, kormasa, ularni rozi qilib bolmaydi.

Maruzada aytilgan ochiq gaplar, amaliy takliflar jamiyatda katta ozgarish, yangilanish boshlanayotganiga odamlarni ishontirdi, hayotimizga yangi ruh kirib kelayotganini korsatdi. Balandparvoz gaplar, kamchiliklarni xasposhlash, sen menga tegmasang, men ham senga tegmayman, kabi qarashlardan yuz ogirib, amaliy natija beradigan ishlar bilan shugullanish kundalik vazifa sifatida belgilab berildi. Togri, bu talab yukini kotarolmaydigan rahbarlar ogrinishi, ozaro dardlashishi mumkin. Ammo vazifalar qatiy qoyilmoqda. Ularni muhokama qilish emas, balki sozsiz bajarilishini taminlash talab etilmoqda.

Maruzada yana bir muammo ayrim idoralar va ularning rahbarlari xalqimizning turmushidan bexabar qolayotgani takidlandi. Bu bor haqiqat. Poytaxtdagi va boshqa katta shaharlardagi kopgina idoralar rahbarlari mamlakatimiz uzoq qishloqlaridagi hayot haqida yetarli tasavvurga ega emas. Odamlar qozonida nima qaynayapti, uy-joyining ahvoli qanday, tibbiy, madaniy-maishiy xizmat korsatish darajasi, sifati talabga javob beradimi? Elektr energiyasi, gaz taminotida nima muammo bor?..

Bazan shunday holatlar kuzatiladiki, poytaxtda otkaziladigan katta tadbir atrofida yuzlab kishilar aylanib yuradi, bir chaqa foydasi tegdimi, yoqmi, ozini ish qilgandek korsatadi. Bayramlarda konsert dasturi tayyorlash bilan umri otayotgan, shu bilan oz vazifasini bajardim, deb hisoblab yurgan amaldoru masul xodimlar ozmi? Ular mamlakatimiz aholisining yarmidan kopi qishloq joylarida yashashi, aholiga xizmat korsatib kelgan kinoteatr, klub yoki madaniyat saroylari, kutubxonalarning qanchasi yoq bolib ketgani bilan qiziqishmaydi. Bugun tadbirkorlar tomonidan qishloq joylarida sport maydonchalari, suniy qoplamali futbol maydonchalari barpo etilmoqda. Lekin mavjud sport maydonchalari yoshlarning qancha foizini qamrab olayotgani bilan kim shugullanayapti?..

Biz masullaru mutasaddilar katta shaharlardagi katta sport atrofida aylanib qolmayapmizmi? Xalqaro musobaqalarda, jahon chempionatlari-yu olimpiya oyinlarida sportchilarimiz qolga kiritgan medallarni sanab, hisobot yozib, bu galabalarga ozimizni sherik qilib korsatishga organib qolmadikmi?..

Aslida sport inshootlarini davlat qurib beradi, musobaqalar uchun mablag ajratadi. Federatsiyalar, homiylar sportchini qollab-quvvatlaydi. Murabbiy shogirdi bilan yillab ter tokib, mehnat qilib, galabaga erishadi. Katta sport atrofida boyinbog taqib, qarsak chalib, aylanib yurgan qanchalab shovvozlarning bu yutuqqa nima daxli bor?.. Bundan kora, ular oz vaqtini, kuchini qishloq joylarda sportni ommalashtirish, rivojlantirishga sarflagani maqul emasmi? Yoki maruzada aytilganidek, nega sportning faqat tort-besh turi boyicha olimpiadada medal olamizu boshqa turlari oqsayotgani bilan qiziqilmaydi? Maxsus sport maktablaridan qaysilari terma jamoalarga sportchi tayyorlab berayapti-yu qay birining faoliyati islohga muhtoj? Yoki oylab koraylik, qishloq joylarida kitob dokonlari soni qancha? Matbuot nashrlarini tarqatish ishi qay ahvolda?..

Bu savollar zamirida eng avvalo soglom, barkamol avlodni tarbiyalashdek muhim masala turibdi. Manaviyat-marifat, madaniyat, yoshlar ongida yot goyalarga qarshi immunitetni kuchaytirish masalalari bilan bogliq bu savollar.

Tajribada kop korganmiz, bazan tanqidiy gap aytilsa, ayrim idoralar rahbarlari nomiga qilingan bir-ikki ishini pesh qilishni boshlaydi. Endi vazifa butunlay boshqacha qoyilayapti, mamlakatning hamma hududlarini, barcha sohalarni qamrab olib, haqiqiy ahvolni organish, muammolarni bartaraf etish uchun takliflar tayyorlash va ular hayotda oz ifodasini topishini taminlash xalqimiz oldidagi burchimiz, vazifamiz, qarzimiz, deb uqtirilmoqda.

Bugun joylarda qanday xato-kamchiliklar borligini bilish uchun esa hayotning ichiga kirib borish, oddiy odamlar bilan yuzma-yuz suhbatlashish, ular turmushini oz kozimiz bilan korib, xulosa chiqarish kerakligi tayinlanmoqda. Hatto har bir xonadonning tadbirkorlik borasidagi imkoniyatini organish va ularga amaliy yordam berish muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi. Bu topshiriq eng dolzarb masalalardan biri hisoblangan bandlikni taminlashda, ijtimoiy himoyani kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega.

Prezidentimiz maruzasida qoyilgan vazifalar kolami keng, yuki ogir, talabi qatiy. Ular ijrosini taminlash uchun katta masuliyat, fidoyilik, chidam va iroda kerak boladi. Bu yuksak talablar zamirida ulug maqsadlar turganini his etish esa kuchimizga kuch qoshadi, mehr bilan, chin yurakdan ishlashga undaydi.

Safar OSTONOV,

Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: