O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.01.2017

ILM-FAN TARAQQIYOTI

mamlakat rivojiga, xalq farovonligiga xizmat qiladi

O‘zbekiston — ulkan tabiiy zaxiralar, iqtisodiy va insoniy salohiyatga boy mamlakat. Ammo, Yaratganning ozi ato etgan yana bir bebaho boyligimiz borki, u ham bolsa,xalqimizning beqiyos intellektual va ma’naviy salohiyatidir.

Shavkat MIRZIYOYEV,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti.

Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvida bildirilgan fikr-mulohazalar, Ozbekistonda bu sohani jadal rivojlantirish yuzasidan ortaga tashlangan muhim takliflar olimlar, ilm-fan fidoyilari tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Bu uchrashuvda kotarilgan masalalar shu kunlarda qizgin muhokama etilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-oquv markazi direktori, akademik Nazar TORAYEV bilan suhbatimiz ana shu mavzuda boldi.

Prezidentimiz bilan bolgan uchrashuvning ahamiyati haqida toxtalsangiz.

Olim sifatida shuni aytishni istardimki, ilm-fan sohasiga alohida etibor berilayotgani, ilm ahli qollab-quvvatlanayotgani katta olijanoblikdir. Ragbat va gamxorlik, olimlarimizni yanada ruhlantirib yuboradi, kuchiga-kuch, gayratiga gayrat qoshadi.

Prezidentimiz uchrashuvda alohida etibor qaratganidek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tadqiqotlarning hammasini ham ilm-fanning bugungi yuqori rivojlanish darajasiga tola javob beradi, deb bolmaydi. Yuqori texnologik ilmiy mahsulotlarni amaliyotga joriy etish uchun yangi zamonaviy tajriba-ishlab chiqarish, konstruktorlik-texnologik tashkilotlar hamda innovatsiya markazlarini tashkil etish zarur. Marketing va litsenziyalash xizmatlari talab darajasida emas. Bu mamlakatimiz ilmiy-innovatsion mahsulotlarini amaliyotga keng tatbiq etishda yaqqol sezilmoqda.

Biz Prezidentimizning tanqidiy fikrlaridan togri xulosa chiqargan holda, buning ahamiyatini yoshlarga koproq tushuntirishimiz kerak.

Bugungi kunda ilm-fanning qaysi yonalishlari koproq rivojlanmoqda?

Avvalo, shuni aytish kerakki, fan asosan ikki yonalishda rivojlanadi. Birinchisi, fundamental tadqiqotlar bolib, uning rivojlanishi uchun davlat mablaglar ajratadi va qollab-quvvatlaydi. Ikkinchi yonalish esa yaratilgan har bir kashfiyotni bevosita hayotga tatbiq etishdir. Yani, jamiyatning barcha sohalari, sanoat, qurilish, ishlab chiqarishga joriy qilishdir. Bundan davlat ham, jamiyat ham manfaatdor boladi.

Misol uchun, rivojlangan AQSh, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya singari davlatlarni oladigan bolsak, u yerda fandagi har qanday yangilik tez fursatda hayotga tatbiq etiladi. Shuning uchun ham mazkur mamlakatlar barcha sohalarda ildam taraqqiy etib bormoqda. Ochigini tan olish kerak, bizda bu borada kamchiliklar bor. Chunki olimlarimiz tomonidan koplab kashfiyotlar qilinyapti, yutuqlar qolga kiritilayapti, biroq, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish qiyin kechmoqda.

Fanda «nanotexnologiya» degan tushuncha bor. Bu hozirda tez-tez qulogimizga chalinib turadi. Uning qollanish sohasi juda keng.

Otgan asrning oxirlarida nanotexnologiya ishlab chiqarish sanoatiga kirib keldi. Bugungi kunda dunyoda u bilan shugullanmaydigan birorta yirik kompaniya qolmadi.

Nanotexnologiyalar boshqa sohalar, jumladan, tibbiyotda ham keng qollanilmoqda. Hatto davosi yoq deb hisoblab kelingan ayrim xastaliklarni aynan nanotexnologiyalar orqali davolash yollari kashf etilmoqda.

Ozbekistonda ilm-fanni rivojlantirishda nimalarga etiborni kuchaytirish kerak, deb hisoblaysiz?

Ilm-fan va ishlab chiqarishning barcha yonalishlariga nanotexnologiyalarni keng joriy etishimiz zamon talabi hisoblanadi. Bizda bu yonalishda kamchiliklar kozga tashlanmoqda. Ozbekistonda, ayniqsa, fizika-matematika, biotexnologiyalarni yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, qishloq xojaligida ham zamonaviy ilm-fan yutuqlarini joriy qilish, nanotexnologiyalardan samarali foydalanishimiz zarur.

Yana bir ogriqli masala bu ilmga qiziqishi bor, iqtidorli yoshlarni tanlab olishdir. Oxirgi vaqtlarda bunga etibor susaygandek, nazarimda. Shunday bir oziga xos tizim yaratilishi kerakki, biz ilmga chanqoq yoshlarni oliy oquv yurti emas, litsey, kollej, hattoki, umumtalim maktablaridan tanlab olib, ular bilan doimiy ishlashimiz kerak. Bu ilm-fanimizning ertangi kuni bilan bogliq eng dolzarb masaladir.

Olimlarning ilmiy yutuqlari, yangiliklarni targibot qilish masalalariga ham etiborni yanada kuchaytirishimiz lozim, deb oylayman. Bu borada ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalanishimiz talab etiladi.

Keyingi masala ilm-fan taraqqiy etgan davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirishdir. Biz har yili doimiy ravishda yosh olimlarimizni xorijiy mamlakatlarga yuborib, u yerdagi tajribalarni organishimiz zarur. Ana shunda bizning ilm-fan yanada rivojlanadi.

Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-oquv markazi faoliyati haqida ham toxtalsangiz.

Markazning asosiy faoliyati ilmiy ishlarini yakunlash arafasida turgan yosh olimlarni Oliy attestatsiya komissiyalari sinovi uchun malakaviy imtihonlarga tayyorlashdan iborat. Har bir ilmiy xodim fan doktori darajasini olishdan oldin bir necha fanlardan malakaviy sinovlardan otadi. Bu sinovlarda ulardan ilmiy, ilmiy-pedagogik qobiliyatlarini namoyon qilish, erishgan ilmiy natijalarini konferensiya va simpoziumlarda tushuntirib berish konikmasiga ega bolish talab etiladi.

Ilmiy-oquv markazi mazkur yonalishlarda yosh olimlarni tayyorlaydi. Oquv yili davomida Ozbekistonning eng yangi tarixi, Chet tillari, Demokratik jamiyat qurish va uning ilmiy asoslari fanlaridan mashgulotlar tashkil qilinib, sinovlar otkazib boriladi. Oquv yilining noyabr, fevral va may oylarida malakaviy imtihonlar topshiriladi. Ulardan muvaffaqiyatli otgan olimlar katta ilmiy xodim ilmiy unvonini olish uchun dissertatsiya himoyasiga chiqariladi.

Oxirgi tort yil davomida 300 nafarga yaqin yosh olim katta ilmiy xodim ilmiy darajasini olishga erishgan.

Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan ilm-fan taraqqiyotining ahamiyati haqida bildirgan fikrlar, olimlar mehnatini qadrlab aytilgan iliq gaplar bizning zimmamizga ulkan vazifalarni yuklaydi. Bizga korsatilayotgan etiborni katta ishonch, deb bilamiz. Mamlakatimiz taraqqiyoti ilm-fan rivojiga bogliq ekan, demak, biz har bir sohaga ilm-fan yutuqlari va yangiliklari kirib borishi uchun belni mahkam boglab mehnat qilishimiz kerak boladi. Buning uchun eng avvalo, ilm ahli, olimlar fidoyi, jonkuyar va yanada tashabbuskor bolishi talab etiladi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Nurali ORIPOV

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: