O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
16.01.2017

MUROJAATLAR IJOBIY HAL ETILSA,

elektoratning partiyaga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanadi

Prezidentimiz Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida inson manfaatlarini taminlash uchun avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak, deb alohida takidlab otgan edi.

Haqiqatan ham, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun birinchi navbatda ularning orasiga kirib borish, muammolarini tinglash, ogirini yengil qilish, saylovchilar, elektorat vakillarini tashvishga solayotgan masalalardan xabardor bolish talab etiladi. Bunda partiyamiz tizimida faoliyat yuritayotgan Jamoatchilik qabulxonalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish yaxshi samara beradi.

Bu borada Toshkent shahar partiya kengashida qanday tajriba toplangan? Jamoatchilik qabulxonasining otgan yilgi faoliyati qoniqarli boldimi? Joriy yilda partiya masul xodimlari va deputatlar oldida qanday vazifalar turibdi?

— Hayot muammosiz bolmaydi, oramizda alohida etiborga muhtoj kishilar bor. Ularga yordam qolini chozishimiz, ogir vaziyatlarda yonida turishimiz kerak, deydi Toshkent shahar partiya kengashi Aholi bandligi va ijtimoiy siyosat masalalari bolimi mudiri Gulchehra Xolmatova. Shu bois Jamoatchilik qabulxonalariga tushayotgan har bir murojaat etiborimiz markazida turadi. Ular bilan alohida tartibda ishlaymiz, muammolarni bartaraf etishga astoydil harakat qilamiz.

Otgan yili Toshkent shahar va tuman partiya kengashlari qoshidagi Jamoatchilik qabulxonalariga turli masalalar boyicha 450 ga yaqin murojaat boldi. Ularning asosiy qismi kommunal, ish bilan taminlash, ijtimoiy va sogliqni saqlash, xalq talimi sohalari hamda bankdan kredit olish masalalari bilan bogliqdir. Ushbu muammolarni hal etish boyicha har bir soha mutasaddilari bilan mustahkam hamkorlik ornatdik. Shuningdek, deputatlar hamda ekspertlarning imkoniyatlaridan ham unumli foydalanildi.

Otgan yili 21 marta kochma Jamoatchilik qabulxonalari tashkil etildi. Natijada muammolar organilib, ijobiy hal etildi, aholiga huquqiy maslahatlar berildi.

Partiya faoli 2017 yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb elon qilinishi munosabati bilan qabulxona faoliyatini kuchaytirish masalasi kun tartibida turganini alohida takidlab otdi:

Biz qabulxonaga tushgan har bir murojaatni tahliliy organib, yechimi ustida jiddiy harakat qilyapmiz. Otgan yili murojaatlarni kompleks hal etish maqsadida Toshkent shahar Kengashidagi partiya guruhimiz tomonidan bir qator tashabbuslar ilgari surildi. Joriy yilda ham ana shu tajribadan keng foydalanishni maqsad qildik.

Kochma Jamoatchilik qabulxonalarini aholi uchun qulay bolgan dam olish kunlarida tashkil etish, xalq deputatlari shahar Kengashidagi deputatlarimizning oz saylov okruglaridagi Jamoatchilik qabulxonalari bilan aloqasini muntazam yolga qoyish masalalariga alohida etibor qaratayapmiz. Shuningdek, murojaatlarni qayd etish mexanizmini kuchaytirish, namunali qabulxonalar ish tajribasini ommalashtirish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni mustahkamlashni rejalashtirdik.

Gulruh SAYFIDDINOVA,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: