O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
16.01.2017

FAOL, TASHABBUSKOR AYOLLAR KORIK-TANLOVI

«O‘zbekiston XDPning eng faol ayoli» korik-tanlovining Toshkent viloyat bosqichi yakunlandi. Yuqori Chirchiq tumanidagi 24-musiqa va san’at maktabida partiya kengashlari xodimlari, tanlovning tuman, shahar bosqichi goliblari, ularni qollab-quvvatlashga kelganlar hayajon bilan tanlovni kuzatishdi.

OzXDP Toshkent viloyat kengashi raisi Mehrojiddin Darxonov barcha ishtirokchilarga omad tilab, korik-tanlovni ochiq deb elon qildi.

Loyiha taqdimoti sharti boshlandi. Har bir qatnashchi oz loyihasini taqdim etdi.

— Mening loyiham Soglom turmush tarzi klubini tashkil etish togrisida, deydi tanlov ishtirokchisi Gulnoza Normatova (Yuqori Chirchiq tumani). Loyihaning asosiy mazmuni odamlarning tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan.

Bugun yaqin qarindoshlar ortasidagi nikoh, erta turmush qurish kabi illatlar oqibatida nogiron bolalar tugilishi kuzatilmoqda.

Boka tumani ishtirokchisi Muattar Yakubovaning loyihasi ana shu muammolarni organish va ularga yechim topishga qaratilgani bilan ahamiyatli.

Men Muloqot va muruvvat markazi tashkil qilish loyihasini taqdim etdim, deydi ishtirokchi. Unga kora, dastlab tumandagi imkoniyati cheklangan bolalar royxati tuziladi va ular bilan doimiy muloqot ornatiladi. Muammo va istaklar organilib, mutasaddi tashkilotlarga yetkaziladi. Markaz faoliyati imkoniyati cheklangan oquvchilarni ijtimoiy hayotga yonaltirish, kasb-hunarga orgatish, shuningdek, mustaqil ishini boshlashga amaliy yordam berishga qaratiladi.

Aytish kerakki, boshqa ishtirokchilar taqdim etgan loyihalar ham partiyamiz elektorati manfaatlariga qaratilgani, hayotiy masalalar kotarilgani bilan ahamiyatli boldi.

Bu haqda hakamlar hayati azosi, Tadbirkor ayol Ozbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi Toshkent viloyat bolimi raisi Malika Qodirxonova oz fikr-mulohazalarini bildirdi:

Malumki, mamlakatimizda xotin-qizlar har tomonlama qollab-quvvatlanmoqda, ijtimoiy-siyosiy islohotlarda ularning faol ishtiroki taminlanmoqda, ayollarimiz, onalarimiz hayotda munosib yashashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ayniqsa, ularni tadbirkorlikka keng jalb qilish masalasiga alohida etibor qaratilmoqda. Bugun ishtirokchilar oz mustaqil ishini boshlashlari uchun hayotiy loyihalarni taqdim etishdi. Ayniqsa, Bekobod tumanidan ishtirokchi Munavvar Abdukarimovaning fitobar ochish, Quyi Chirchiq tumanidan ishtirokchi Gulsheker Ismanqulovaning pechenye ishlab chiqarish sexi tashkil etish loyihalari menga maqul boldi.

Tanlovning Qonunlarimiz hayotimiz asosidir nomli ikkinchi shartida ishtirokchilar qonunlar, Prezident farmon va qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirib berishdi. Shu bilan birga, qonunlarni partiya dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, yanada takomillashtirish yuzasidan oz takliflarini ham bildirishdi.

Angrenlik ishtirokchi Mohichehra Jorayeva jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari togrisidagi, Chirchiq shahridan Sharofat Allamberganova yoshlarga oid davlat siyosati togrisidagi, Zangiota tumanidan Lobar Sayidxojayeva Oila kodeksini, Bostonliq tumanidan Nilufar Toychiyeva Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va tolash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorini batafsil sharhlab berdi.

Ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir, deydi tanlov ishtirokchisi Matluba Hojimurodova (Bekobod shahri). Shu jihatdan olib qarasak, keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar togrisidagi qonunning qabul qilinishi katta hayotiy ahamiyatga ega boldi. Unda aholining ehtiyojmand toifalariga ijtimoiy xizmatlar korsatishning kompleks tizimi yaratilishi kozda tutilgan. Shuningdek, ushbu Qonun ijtimoiy himoya tizimi jamoatchilik nazorati uchun ochiq bolishini kafolatlaydi. Oz haq-huquqini mustaqil yoki faol himoya qilolmaydigan fuqarolarning manfaatlarini taminlashda bu masala prinsipial ahamiyatga egadir. Qonunga kora, ijtimoiy xizmatlar korsatuvchi organ va tashkilotlar ochiq faoliyat yuritadi. Bu borada muntazam monitoring otkaziladi. Bularning barchasi korsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish, tizim faoliyatining ochiq-oshkoraligini taminlashda muhim orin tutadi.

Tanlovning Siyosiy hozirjavoblik sharti ishtirokchilar uchun juda hayajonli boldi. Qatnashchilar Konstitutsiyamiz, Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar faoliyatiga oid qonun hujjatlari, partiyamiz Saylovoldi dasturi hamda dunyo tarixidagi mashhur siyosatchi ayollar haqidagi rang-barang savollarga javob berishdi.

Davlat va jamiyat boshqaruvini demokratlashtirishda xotin-qizlar faoliyatini oshirish dolzarb masala, deydi pskentlik ishtirokchi Gavhar Polatova. Partiyamiz tizimida otkazilayotgan korik-tanlovning bu boradagi ahamiyati katta. Tayyorgarlik jarayonida koplab qonun hujjatlarini chuqur organdim. Davlat va jamiyat boshqaruvida xotin-qizlarning orni va rolini oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish boyicha amalga oshirilayotgan keng kolamli ishlar bilan yaqindan tanishdim. Shu manoda tanlov bizga katta maktab boldi, desam, adashmayman.

Nihoyat, umumiy ballar elon qilindi. Quyi Chirchiq tumanidan ishtirokchi Gulsheker Ismankulova uchinchi oringa, Yuqori Chirchiq tumanidan ishtirokchi Gulnoza Normatova ikkinchi oringa, Ohangaron tumanidan ishtirokchi Feruza Dadajonova esa birinchi oringa loyiq, deb topildi. Qolgan ishtirokchilar turli nominatsiyalar boyicha taqdirlandi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: