O'zb  
 
16.01.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING MAJLISI TOGRISIDA AXBOROT

2017 yil 14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bagishlangan kengaytirilgan majlisi bolib otdi.

Majlis ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati rahbarlari, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari, hukumat a’zolari, xojalik birlashmalari, jamoatchilik tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, viloyat, shahar va tuman hokimlari qatnashdilar. Birinchi bor viloyat, shahar va tumanlar markazlarida tashkil etilgan studiyalar bilan videokonferensiya aloqasi orqali hukumat majlisida mahalliy hokimiyat, vazirlik, idoralar hududiy bolinmalari, korxonalarning rahbar xodimlari va tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Majlisda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev maruza qildi.

Maruzada Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida ishlab chiqilgan taraqqiyotning «ozbek modeli»ni va mamlakatni orta muddatli istiqbolda yanada isloh qilish, tarkibiy ozgartirish va modernizatsiya qilish Dasturini izchil amalga oshirishni davom ettirish 2016 yilda iqtisodiy osishning barqaror va yuqori suratlarini saqlab qolishni va makroiqtisodiy muvozanatni, aholi hayot darajasi va sifati oshishini taminlaganligi qayd etib otildi.

Vazirlar Mahkamasi majlisi kun tartibiga kiritilgan muhim masalalarni muhokama qilish davomida 2016 yil yakunlari boyicha yalpi ichki mahsulot 7,8 foizga osganligi qayd etib otildi. Sanoat mahsuloti hajmlari — 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari 12,5 foizga, chakana savdo aylanmasi 14,4 foizga, xizmatlar 12,5 foizga osdi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi taminlandi. Inflatsiya darajasi prognoz parametrlaridan oshmadi va 5,7 foizni tashkil etdi.

Iqtisodiyotga 16,6 milliard AQSh dollari miqdorida yoki 2015 yilga nisbatan 9,6 foizga kop investitsiyalar yonaltirildi. Ozlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 11,3 foizga osdi va 3,7 milliard dollardan oshib ketdi. Umumiy qiymati 5,2 milliard dollar bolgan 164 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish yakunlandi. Shu jumladan, JM Ozbekiston aksiyadorlik jamiyatida T-250 modeldagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarish ozlashtirildi, Jizzax viloyatida sement zavodi kengaytirildi, Tolimarjon issiqlik energiya stansiyasida quvvati 900 MVt bolgan bug-gaz qurilmalari hamda Angren issiqlik energiya stansiyasida quvvati 150 MVt bolgan yuqori kulli komirni yoquvchi energiya bloki ishga tushirildi.

Fargona vodiysi viloyatlarini mamlakatning boshqa hududlari bilan boglaydigan, Qamchiq togli dovoni orqali otuvchi 19 kilometrlik noyob tunnelga ega bolgan elektrlashtirilgan yangi Angren Pop temir yol liniyasi qurildi. Toshkent Buxoro marshruti va qarama-qarshi yonalish boyicha yuqori tezlanishli Afrosiyob yolovchi tashuvchi elektropoyezdlar harakati tashkil etildi.

Qishloq xojaligini modernizatsiya va diversifikatsiyalash boyicha amalga oshirilayotgan dasturiy chora-tadbirlar qishloq xojaligi ishlab chiqarish hajmlarini 6,6 foizga, jumladan, meva-sabzavot 11,2 foizga, kartoshka 9,7 foizga, sabzavot mahsulotlari yetishtirish 10,4 foizga osishini taminladi.

Xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama qollab- quvvatlash va himoya qilish boyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi 2016 yilda 32 mingtaga yaqin yoki 2015 yilga nisbatan 18 foizga kop kichik biznes subyektlari tashkil qilinishiga turtki boldi. Kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi hissasi 56,9 foizgacha, sanoatda esa 45 foizgacha oshdi.

Ijobiy tarkibiy ozgartirishlar va iqtisodiyotning yuqori osish suratlari tufayli aholining real daromadlari 11 foizga oshdi. Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 15 foizga, pensiya va ijtimoiy nafaqalar 12,1 foizga, aholi jon boshiga real daromadlar 11 foizga osdi, 726 ming nafarga yaqin aholining, shu jumladan, 438,5 ming kollej bitiruvchisining bandligi taminlandi.

Soglom ona va bola yili Davlat dasturi doirasida ona va bolaning salomatligini muhofaza qilishni kuchaytirish, soglom va har tomonlama rivojlangan avlodni shakllantirish boyicha keng chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilib, ularni moliyalashtirishga barcha manbalar hisobidan 8 trillion som va 212 million dollar mablag yonaltirildi.

Mamlakat Prezidenti oz maruzasida mavjud hal bolmagan muammolar va toliq ishlatilmagan zaxiralarni batafsil va har tomonlama muhokama qilgan holda 2017 yildagi respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim strategik vazifalari va ustuvor yonalishlari boyicha taklif kiritdi. Ustuvor vazifalar qatorida Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili Davlat dasturini amalga oshirish doirasida aholi bilan doimiy va ochiq muloqotni rivojlantirishga, aholi turmush darajasi va sifatini, uning moddiy farovonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosatni faol davom ettirish masalalari markaziy orinni egalladi.

Hukumat, vazirliklar, idoralar, xojalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oldiga tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishdagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda iqtisodiyotning yuqori osish suratlarini saqlab qolish, faol investitsiya siyosatini davom ettirish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, hududlarni kompleks va intensiv ravishda rivojlantirish, tadbirkorlikning huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, iqtisodiyotni boshqarishdagi davlat rolini bosqichma-bosqich kamaytirish va uning organlari ishini tubdan takomillashtirishga yonaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish boyicha aniq vazifalar qoyildi.

Shahar va qishloq joylarida aholi turmush sharoitini yaxshilashni taminlovchi arzon uy-joylarni qurish, yol-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish borasida qabul qilingan yangi maqsadli dasturlarni amalga oshirish boyicha muhim vazifa va choralar belgilandi.

Majlisda kun tartibini muhokama qilish davomida Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning orinbosarlari, qator vazirlik, idora va xojalik birlashmalari rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining hisobotlari eshitildi.

Yol qoyilgan xatolar va kamchiliklar, tashabbussizlik uchun ayrim rahbarlar ularni bartaraf etish hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarni yanada jadal rivojlantirish boyicha oz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali ijrosini taminlashda shaxsan javobgar ekanliklari haqida ogohlantirildilar.

Otkazilgan majlis yakunlari boyicha mamlakat Prezidenti tomonidan hukumat, vazirliklar, idoralar, xojalik birlashmalari va hokimliklar rahbarlari oldiga quyidagi aniq ustuvor vazifalar va talablar qoyildi:

birinchi 2017 yilgi iqtisodiy va ijtimoiy dasturning on bitta eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish boyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

ikkinchi iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va respublika hududlarida ishlarning holatini tizimli tanqidiy tahlil qilish va shu asosda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yonalishlari hamda ustuvor vazifalariga tegishli tuzatishlar kiritish;

uchinchi yakuniy ish natijalari, qattiq intizomga rioya qilish hamda tobora ortib borayotgan zamonaviy talablarga muvofiq boshqaruv tizimi samaradorligini kuchaytirish borasida rahbarlar va mansabdor shaxslarning shaxsiy masuliyatini oshirish.

Muhokama yakunlari boyicha respublika hukumati qarori qabul qilinib, 2017 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim yonalishlari va ustuvor vazifalari boyicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: