O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
14.01.2017

NURONIYLARNING KONGLINI KOTARISH

ham farz, ham qarzdir

Prezidentimizning «O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qollab-quvvatlash Nuroniy» jamgarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni yurtimizda yashayotgan har bir inson qalbida mehr-oqibat, insoniylik tuygularini yanada kuchaytirdi.

Qarisi bor uyning parisi bor, deb bejiz aytilmagan. Keksalar yashaydigan uyda quvonch, fayzu baraka, oila a’zolari konglida xotirjamlik boladi. Buvi-bobolarning duolari yurtimizga ezgulik taratadi, pand-nasihatlari bizni hamisha togri yolga boshlab turadi.

Davlatimiz tomonidan keksalarni ezozlash, ularga hurmat korsatish, ijtimoiy muhofaza qilish borasida doimiy ravishda etibor va gamxorlik korsatilib kelinmoqda. Xususan, pensiya va nafaqalar miqdori muttasil oshib bormoqda, keksalarning salomatligini tiklash uchun davlat byudjetidan katta miqdorda mablaglar ajratilmoqda. Ushbu farmonning qabul qilinishi yolgiz keksalar, pensioner va nogironlarning turmush darajasi va sifatini oshirish yolidagi yana bir muhim qadam boldi.

Farmonda yolgiz kishilar va ehtiyojmand keksalarni ijtimoiy va moddiy qollab-quvvatlash, ularga har tomonlama yordam berish boyicha ustuvor vazifalar belgilandi. Shuningdek, yoshi ulug insonlarga hurmat korsatish, ularning salomatligini tiklash ishlarini yanada kuchaytirish boyicha chora-tadbirlar qayd etildi.

Demak, faxriylarimizning hurmatini joyiga qoyish, har qaysi keksa odamning yuragiga yetib borish, konglini kotarish, shu bilan birga, ularning hayotini mazmunli qilish yolida olib borilayotgan ishlar yanada kuchayadi.

Farmonda keksalarning hayot darajasini oshirish, ularning davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ishtirokini qollab-quvvatlash kozda tutilgan. Korinib turibdiki, keksalarimiz pensiyaga chiqqandan keyin ham jamiyat hayotida oz xizmatini ayamaydi, maslahatlari, ogitlari bilan ezgu ishlarga bosh-qosh boladi.

Aslida, keksalarni har qancha ezozlasak kam. Ota-onaga gamxorlik qilib, keksayganida ularga suyanch bolgan kishini hayot ham munosib tarzda mukofotlaydi. Yoshi uluglarni ganimat bilib, doimo konglini kotarishimiz, ulardan organishimiz, duolarini olishimiz kerak.

Shuning uchun nuroniy otaxon-onaxonlarning sogligini tiklash, turmush sharoitini yaxshilash, umuman, keksa kishilarning hurmat-izzatini joyiga qoyish boyicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda barchamiz faol qatnashishimiz kerak, deb oylayman.

Aksavli TUMISHOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

OzXDP fraksiyasi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: