O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
14.01.2017

URGUT, GIJDUVON, QOQON VA HAZORASP ERKIN IQTISODIY ZONALARINI TASHKIL ETISH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Tashqi bozorlarda talab katta bolgan, yuqori qoshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan mineral-xomashyo va qishloq xojaligi resurslarini chuqur qayta ishlash boyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Fargona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish orinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligining, Samarqand, Buxoro, Fargona va Xorazm viloyatlari hokimliklarining Samarqand viloyati Urgut tumanida — «Urgut», Buxoro viloyati Gijduvon tumanida Gijduvon, Fargona viloyati Qoqon shahrida Qoqon, Xorazm viloyati Hazorasp tumanida Hazorasp erkin iqtisodiy zonalarini (keyingi orinlarda Urgut EIZ, Gijduvon EIZ, Qoqon EIZ va Hazorasp EIZ deb ataladi) tashkil etish togrisidagi taklifi qabul qilinsin.

2. Samarqand, Buxoro, Fargona va Xorazm viloyatlari hokimliklari Ozbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qomitasi, Davlat arxitektura va qurilish qomitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Urgut EIZ, Gijduvon EIZ, Qoqon EIZ va Hazorasp EIZ tarkibiga kiritish uchun yer uchastkalari chegaralarini ornatsinlar va ularning belgilangan tartibda ajratilishini taminlasinlar.

3. Quyidagilar Urgut EIZ, Gijduvon EIZ, Qoqon EIZ va Hazorasp EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yonalishlari etib belgilansin:

tashqi bozorlarda talab katta bolgan va importning ornini bosuvchi, yuqori qoshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish boyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning togridan-togri investitsiyalarini jalb etish;

Samarqand, Buxoro, Fargona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni taminlash;

meva-sabzavot va qishloq xojaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, toqimachilik, gilam toqish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yonalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish;

mahalliy xomashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini ornatish hamda erkin iqtisodiy zonalar korxonalari ortasida va umuman respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;

ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish boyicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlari tashkil etish va ularning qarorlari xalqaro darajada etirof etilishini taminlash chora-tadbirlarini korish.

4. Belgilab qoyilsinki:

Urgut EIZ, Gijduvon EIZ, Qoqon EIZ va Hazorasp EIZning faoliyat korsatish muddati, keyinchalik uni uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi;

faoliyat korsatish muddati mobaynida Urgut EIZ, Gijduvon EIZ, Qoqon EIZ va Hazorasp EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimi amal qiladi.

5. Erkin iqtisodiy zonalar Mamuriy kengashining yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Erkin iqtisodiy zonalarning yangilangan Mamuriy kengashi zimmasiga Urgut EIZ, Gijduvon EIZ, Qoqon EIZ va Hazorasp EIZga nisbatan mamuriyatchilik qilish funksiyalari yuklansin.

6. Urgut EIZ, Gijduvon EIZ, Qoqon EIZ va Hazorasp EIZ qatnashchilariga Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida 2016 yil 26 oktabrdagi PF-4853-sonli Farmonining 3-, 4- va 5-bandlari qoidalari tatbiq etilsin.

Ozbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qomitasi va Davlat soliq qomitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 oktabrdagi PF-4853-sonli Farmonining 3-, 4- va 5-bandlarida nazarda tutilgan bojxona tolovlari, soliqlar va majburiy tolovlar boyicha imtiyozlarni qollashning soddalashtirilgan tartibini tasdiqlash uchun kiritsinlar.

7. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Urgut EIZ, Gijduvon EIZ, Qoqon EIZ va Hazorasp EIZ direksiyalarini tashkil qilsin hamda Urgut EIZ, Gijduvon EIZ, Qoqon EIZ va Hazorasp EIZ direksiyalarining ustavlarini va Erkin iqtisodiy zonalar togrisidagi yagona Nizomni tasdiqlagan holda, ular faoliyatini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilsin.

Belgilansinki, erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari erkin iqtisodiy zonalarning Mamuriy kengashi qarorlari va erkin iqtisodiy zonalarning ishlab chiqilgan bosh rejalari boyicha maqullangan investitsiya loyihalarini joylashtiradilar va erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarida yagona darcha tamoyili boyicha muhandislik-telekommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanishga barcha zarur ruxsatnomalar berilishini tashkil qiladilar.

8. Urgut EIZ, Gijduvon EIZ, Qoqon EIZ va Hazorasp EIZ direksiyalari erkin iqtisodiy zonalarning butun faoliyat korsatish davrida soliqlar va davlat maqsadli jamgarmalariga majburiy ajratmalar tolashdan ozod qilinsin.

9. Shunday tartib ornatilsinki, unga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ozkommunxizmat agentligi, Ozbekenergo AJ, Oztransgaz AK, Ozavtoyol DAK hamda respublika va hududiy darajadagi muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari korsatuvchilar erkin iqtisodiy zonalarning qatnashchilari xojalik yurituvchi subyektlarning kommunikatsiyalarga, ularni ishlab chiqarish maydonchalariga oz vaqtida tutashtirgan holda, kafolatli ulanishini taminlaydilar.

10. Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qomitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ozkommunxizmat agentligi, Ozbekenergo AJ, Oztransgaz AK, Ozavtoyol DAK, Ozbekiston temir yollari AJ, Samarqand, Buxoro, Fargona va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Urgut EIZ, Gijduvon EIZ, Qoqon EIZ va Hazorasp EIZ hududlarida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini tasdiqlash uchun uch oy muddatda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.

Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yili Ozbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlarini shakllantirishda ularning parametrlarida erkin iqtisodiy zonalarning transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun, ularning ishlab chiqilgan bosh rejalari asosida kapital qoyilmalar limitlarini hamda zarur markazlashtirilgan investitsiyalar ajratilishini nazarda tutsinlar.

11. Ozbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qomitasining OzshaharsozlikLITI davlat unitar korxonasini Urgut EIZ, Gijduvon EIZ, Qoqon EIZ va Hazorasp EIZning bosh rejalarini ishlab chiqish boyicha bosh loyihalash tashkiloti etib belgilash togrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

OzshaharsozlikLITI davlat unitar korxonasi uch oy muddatda Urgut EIZ, Gijduvon EIZ, Qoqon EIZ va Hazorasp EIZning bosh rejalarini ishlab chiqsin hamda erkin iqtisodiy zonalarning Mamuriy kengashi bilan kelishgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.

12. Ozbekiston temir yollari AJ, Ozbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Davlat bojxona qomitasi Urgut EIZ, Gijduvon EIZ, Qoqon EIZ Hazorasp EIZ va Jizzax EIZ hududlarida logistika markazlari hamda bojxona postlari tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.

13. Ozbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga va boshqa tijorat banklariga tashkil etilayotgan erkin iqtisodiy zonalar hududlarida amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun oz mablaglari hamda Ozbekiston Respublikasining davlat kafolati berilmagan holda jalb etilgan xorijiy kredit liniyalari hisobiga kreditlar ajratish tavsiya etilsin.

14. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida 2016 yil 26 oktabrdagi PF-4853-sonli Farmoni 6-bandining birinchi xatboshi va Farmon ilovasi oz kuchini yoqotgan deb hisoblansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida 2016 yil 26 oktabrdagi PF-4853-sonli Farmoniga 2-ilovaga muvofiq ozgartishlar kiritilsin.

15. Ozbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiquvchi ozgartish va qoshimchalar togrisida ikki oy muddatda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

16. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2017 yil 12 yanvar


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: