O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
12.01.2017

OZBEKISTON QUROLLI KUCHLARI

tinchligimiz va xavfsizligimizning ishonchli kafolati

Har qanday davlatning mustaqilligi, xalqning erki uning o‘z armiyasi, Qurolli Kuchlari tomonidan himoya qilinadi. Shuning uchun mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimiz suvereniteti, sarhadlarimiz daxlsizligi, mudofaasini mustahkamlashga katta e’tibor qaratilmoqda.

Kopchilik yaxshi eslaydi. Mustaqillikka erishganiga endigina bir necha kun bolgan mamlakatimizda, yani 1991 yil 6 sentabr kuni Ozbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi. Harbiy komissariatlar respublika boysunuviga otkazilib, sobiq ittifoq armiyasiga askar yuborish toxtatildi. 1992 yil 14 yanvar kuni esa davlatimiz hududidagi barcha harbiy qism va bolinmalarni Ozbekiston tasarrufiga otkazish togrisida tarixiy qaror qabul qilindi. Ittifoqda xizmat qilayotgan askarlar Ozbekistonga qaytarildi. Bu tarixiy ishlar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligini tantanali nishonlar ekanmiz, mazkur tizimni isloh qilish uning huquqiy asoslarini yaratish bilan chambarchas bogliq ekanligini koramiz.

Eng avvalo, Bosh Qomusimizda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari Ozbekiston Respublikasining davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini, xalqimizning tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tashkil etilishi belgilab qoyildi. Ozbekiston Respublikasini himoya qilish Ozbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchi ekanligi alohida qayd etildi.

Sohaning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida Ozbekiston Respublikasining «Mudofaa togrisida»gi, Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat togrisidagi, Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat togrisidagi, Ozbekiston Respublikasining Davlat chegarasi togrisidagi, Fuqaro muhofazasi togrisidagi, Terrorizmga qarshi kurash togrisidagi, Ozbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati Konsepsiyasini tasdiqlash togrisidagi va boshqa bir qator qonunlar qabul qilindi. Ushbu qonunlar mamlakatimizda tinchlik va xavfsizlikni taminlashda, hayotimizning barcha sohalarida barqarorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

2008 yil qabul qilingan Fuqarolarning Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni otash shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Prezident farmoni milliy armiyamizning tayyorgarligini har tomonlama yuksaltirishga qaratilgan muhim hujjat sanaladi. Mazkur farmonga muvofiq, muddatli harbiy xizmatga chaqiruv yiliga bir marta — fevral-mart oylarida tanlov asosida amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, harbiy xizmatning yangi turi safarbarlik chaqiruvi rezervi ham salohiyatli askarlarni tayyorlashda yaxshi samara bermoqda. Bugun milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan askarlar harbiy mutaxassislikni puxta ozlashtirish bilan bir qatorda, zamonaviy axborot texnologiyalariga oid bilimlarini ham oshirmoqda.

Otgan kunlarga nazar tashlaydigan bolsak, mustaqillikgacha, yani 90-yillarda mahalliy ofitserlar yurtimizdagi harbiy kadrlarning bor-yogi 0,6 foizini tashkil etgan. Shuning uchun dastlabki davrdan boshlab birinchi navbatda mahalliy harbiy kadrlarni tayyorlash masalasiga katta etibor berildi. Toshkent, Samarqand, Fargona, Urganch shaharlarida harbiy mutaxassislar tayyorlaydigan litseylar tashkil etildi. Toshkent umumqoshin, Chirchiq oliy tank va Samarqand oliy harbiy avtomobil qomondonlik muhandislik bilim yurtlari kop tarmoqli talim maskanlariga aylantirildi. Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti tashkil etildi. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida aloqachi-ofitserlar tayyorlaydigan maxsus fakultet ochildi. 1995 yilda Qurolli Kuchlar akademiyasi tashkil etildi. Serjantlar tayyorlash maktablarida sohaning barcha boginlari uchun yuksak manaviy-axloqiy va yetakchilik fazilatlariga ega, intellektual salohiyati yuqori kichik komandirlar tayyorlanmoqda.

Shu bilan birga, 2012 yilda yana bir tarixiy hujjat Ozbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati Konsepsiyasini tasdiqlash togrisidagi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonunni mamlakatimizning uzoq yillarga moljallangan tashqi siyosat strategiyasini belgilab beruvchi ota muhim hujjat sifatida baholash lozim.

Ozbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyati Konsepsiyasida bir qator prinsipial ahamiyatga molik bolgan ilgor progressiv goyalar oz aksini topgan. Unda Ozbekiston Respublikasi qoshni davlatlardagi harbiy mojarolarga va tang vaziyatlarga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni korishi, shuningdek, oz hududida xorijiy davlat harbiy bazalari va obyektlari joylashtirilishiga yol qoymasligi alohida qayd etildi. Ayni paytda Ozbekistonning tinchliksevar siyosat yuritish, harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaslik, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda ulardan chiqish huquqini ozida saqlab qolish kabi prinsipial pozitsiyasi ham mazkur Konsepsiyada oz aksini topdi.

Shuningdek, unda Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari faqat davlat suvereniteti va mamlakat hududining yaxlitligini himoya qilish, aholining tinch hayoti va xavfsizligini asrash maqsadidagina tuziladi hamda xorijdagi harbiy harakatlarda ishtirok etmaydi, deb qatiy belgilab qoyildi.

Bugun dunyoning turli nuqtalarida kuzatilayotgan nozik, shu bilan birga, ota qaltis vaziyat ushbu masalalarning naqadar prinsipial va hayotiy ahamiyatga ega ekanini korsatmoqda.

Vatan himoyachilarini nafaqat ijtimoiy, balki manaviy ragbatlantirishga ham katta etibor berilyapti. Malumki, mustaqillik yillarida yurtimizda Mustaqillik, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi Mardlik ordenlari, Jasorat, Sodiq xizmatlari uchun kabi medallar tasis etildi. Ular davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirishga, Vatan himoyasiga katta hissa qoshayotgan harbiylarimiz hamda hamyurtlarimiz mehnatini qadrlash, fidoyi va vatanparvar yoshlarni tarbiyalashda oziga xos yuksak manaviy ragbat vazifasini otamoqda.

Armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan farzandlarimizga katta etibor va gamxorlikning yana bir amaliy namunasi sifatida Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni otab bolgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi Prezident qarorini keltirish mumkin. Mazkur qarorga muvofiq, 2012-2013 oquv yilidan boshlab Qurolli Kuchlarimiz safida muddatli harbiy xizmatni otab, harbiy qismlar qomondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bolgan fuqarolar barcha yonalishlar va mutaxassisliklar boyicha respublika oliy talim muassasalariga kirishda qoshimcha ball shaklidagi imtiyozdan foydalanishmoqda. Harbiy qismlar qomondonligining bunday tavsiyanomalari ular berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.

Biz qolga kiritayotgan tarixiy yutuq va marralar, xalqimizning tinchligi mustahkamlanishi, mamlakatimiz dunyo sahnida ozining munosib ornini egallashida milliy armiyamizning orni beqiyos, albatta. Qurolli Kuchlarimiz davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini, aholining tinchligi va xavfsizligini taminlab turgan ekan, odamlar xotirjam mehnat qiladi, xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, birdamligi va hamjihatligi tobora ortib boraveradi.

Komila KAROMOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qomitasi azosi,

Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: