O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
12.01.2017

TIBBIYOT RIVOJI

eng avvalo, malakali kadrlarga bog‘liq

Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sogliqni saqlash sohasi xodimlari bilan uchrashuvida tibbiyot tizimidagi islohotlar, yol qoyilgan kamchiliklar, hal etilishi zarur bolgan masalalar ochiq-oydin muhokama qilindi, takliflar, mulohazalar bildirildi.

Avvalo shuni alohida ta’kidlash kerakki, Istiqlol yillarida sogliqni saqlash sohasida juda katta ishlar amalga oshirildi. Aholi salomatligini muhofaza qilish boyicha yaxlit tizim yaratildi.

Biroq otgan davr mobaynida ana shu tizim toliq ishlashi uchun nimalardir yetishmadi. Balki, biz shifokorlar ham fidoyilik korsatmagandirmiz. Buni qishloq vrachlik punktlari misolida ham korib turibmiz. 2007-2008 yillarda Salomatlik-2 loyihasi doirasida barcha qishloq vrachlik punktlari tibbiy jihozlar bilan taminlangan edi. Otgan vaqt davomida ular yanada takomillashdi, yangidan-yangi asbob-uskunalar yaratildi. Ammo bizda mavjudlari zamon talabiga toliq javob bermaydi. Shuningdek, songgi yillarda sogliqni saqlash sohasiga mahalliy boshqaruv organlarining etibori ham susayib ketdi.

Uchrashuvda kotarilgan yana bir otkir muammo — bu kadrlar masalasi. Oxirgi vaqtlarda tibbiyot oliy oquv yurtlarini bitirgan yoshlar qishloqqa deyarli bormayapti hisobi. Mana shu omillar yigilib, dolzarb muammolarni keltirib chiqardi.

Ochiq muloqotda Prezidentimiz tomonidan berilgan korsatmalarni hal etish yuzasidan bugun chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Birinchidan, tibbiyot sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida bitiruvchilarga imtiyozlar berish masalasi korib chiqilmoqda. Shuningdek, tibbiyot oliy oquv yurtlarida oqish muddatlarini qayta korib chiqish rejalashtirilayapti. Oqishni tamomlagan mutaxassis ikki yil davomida majburiy ravishda birinchi boginda, qishloq vrachlik punkti yoki oilaviy poliklinikada ishlashi kozda tutilmoqda. Shundan keyingina u magistraturada oqishi mumkin.

Muloqotda kotarilgan yana bir muhim masala poytaxtimizda faoliyat korsatayotgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini quyi bogingacha tashkil etishdir. Mutaxassis sifatida aytishim kerakki, ochigi, bu tibbiyot markazlarining faqatgina Toshkent shahrida bolishi chekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholi uchun koplab qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Aslida mazkur markazlarning viloyat filiallari ham bolishi kerak. Bu masala uchrashuvda juda qatiy qilib qoyildi. Bemor davolanish uchun Toshkentga kelishi kerak emas, mutaxassis bemorni davolash uchun viloyatlarga chiqishi zarur. Hozirda ana shu tizimni ishlab chiqish ustida ham ish ketmoqda.

Prezidentimiz uchrashuvda takidlaganidek, har yili 40 mingga yaqin fuqaromiz chet ellarda davolanishga majbur bolmoqda. Men ularning bazilari bilan suhbatlashganimda, bu holat bemorlarga ham moddiy, ham manaviy jihatdan noqulaylik tugdirayotganiga guvoh boldim. Shu orinda yana bir gap. Bemorlarning birortasi koz bilan bogliq masalada chet elga borib kelganini eshitmadim. Nimaga? Chunki mamlakatimizda oftalmologiya sohasi ancha rivojlangan, malakali mutaxassislar bor. Qolaversa, xorijlik shifokorlar bilan hamkorlik yaxshi yolga qoyilgan.

Uchrashuvda xorijdagi mutaxassislarni Ozbekistonga taklif qilib, ilgor amaliyotlarni ozimizning klinikalarda otkazish masalasi ham ortaga tashlandi.

Xulosa sifatida shuni aytishim kerakki, xalqaro tajribadan malumki, tibbiyot sohasining birinchi navbatdagi vazifasi odamlarning tibbiy madaniyatini oshirishdir. Xalqimiz ongidan «kasal bolsam, keyin davolanaman», degan fikrni chiqarib yuborishimiz kerak. Eng asosiy urguni targibot masalalariga, aholining tibbiy savodxonligini oshirishga qaratishimiz lozim, deb oylayman. Bu borada, ayniqsa, ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanishimiz kerak. Shunda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar oz natijasini beradi.

Maqsuda VORISOVA,

Oliy Majlis Senati azosi,

Zangiota tumanidagi Nazarbek qishloq vrachlik punkti mudiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: