O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.01.2017

KORRUPSIYA TARAQQIYOT KUSHANDASI

Joriy yil 4 yanvardan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘grisida»gi qonun kuchga kirdi

Har bir qonun yaxshilikni kozlab, ezgu maqsadda qabul qilinadi. Ayrim qonunlar oz mazmun-mohiyatiga kora davlat va jamiyat taqdiri, xalq kelajagi, har birimizga daxldor boladi. Milliy parlamentimiz tomonidan qabul qilinib, 3 yanvar kuni Prezidentimiz tomonidan imzolangan Korrupsiyaga qarshi kurashish togrisidagi qonun ana shunday tarixiy ahamiyatga ega hujjatlardan biridir.

6 bob va 34 moddadan iborat ushbu qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha keng qamrovli chora-tadbirlar va me’yorlar belgilangan.

Korrupsiya nima? Bu haqda hammaning oziga xos tasavvuri, tushunchasi bor, albatta. Qonunda unga shunday tarif berilgan: korrupsiya — shaxsning oz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud ozga shaxslarning manfaatlarini kozlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.

Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qoyish, javobgarlikning muqarrarligi kabi masalalar aniq belgilab qoyilgan.

Mazkur qonun bilan yaqindan tanishish, uning har bir moddasini chuqur organib, hayotimizga tatbiq etishga intilish, sodda qilib aytganda, korrupsiya balosining naqadar mudhish illat ekanini tushunish, mustaqil idrok etish, eng muhimi, unga qarshi kurashish har birimizning fuqarolik burchimizdir.

Dunyoda korrupsiyaning turi ham, tavsifi ham juda kop. Uning kelib chiqish sabablarini ochish, unga qarshi kurashishning samarali yollarini topish boyicha olimlar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar otkazilgan. Turli korsatkich va raqamlar aks etgan jadvallar yaratilgan, oziga xos reytinglar tuzilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil formulalari ham ishlab chiqilgan. Bu boradagi ishlar va izlanishlar izchil davom etmoqda.

Ijtimoiy-tarixiy vaziyat, fuqarolarning huquqiy dunyoqarashi, davlat tuzilishi, iqtisodiy rivojlanish omillaridan kelib chiqib, har bir davlat korrupsiyaga qarshi oziga xos usullarda kurashmoqda. Bu borada eng samarali yol hali topilgan emas. Chunki korrupsiya bir qarashda oddiy jinoyat bolib koringani bilan aslida uning kelib chiqishi va yashovchanlik sabablari juda chigal va murakkabdir.

Bir davlatda natija bergan usul boshqa davlatda u qadar samara korsatmasligi mumkin. Shuning uchun har bir davlat va jamiyat korrupsiyaga qarshi kurashish yolini ozi tanlaydi, aniqrogi, qanday yol togri ekanini hayot korsatadi. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashni keng qamrovda olib borish choralari kozda tutilgani, bu borada har bir masalaga alohida etibor qaratilgani bejiz emas.

Korrupsiya sozi sotish, sotilish degan manolarni ham anglatar ekan. Rahbar yoki masul kishi qanday qilib korrupsiyaga qol uradi? Bunga qanday omillar sabab boladi?.. Bu savollarga javob har xil bolishi mumkin. Lekin shunisi aniqki, sotadigan, sotiladigan odam hech bir vazifani kongildan bajarmaydi.

Korrupsiyaga aloqador odam qonunni buzishidan tashqari, ozining kimligini, etiqodi, manaviyati qay darajada ekanini oshkor qiladi. Bunday odam nafaqat moliyaviy ziyon-zahmat yetkazadi, balki davlatni, demokratiyani behurmat qilib, obrosini tokadi, unga non-tuz berib katta qilgan, ilmu hunar, obro va mansab bergan el-yurtning yuziga oyoq qoyadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yonalishlari va prinsiplarini belgilashda bunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taminlash masalasi qatiy hisobga olingan.

Korrupsiyaga aralashgan, bu jirkanch illatga qol urgan odam uchun ulug narsalar, motabar tuygularning qadri yoqoladi. Bunday odamlar hayotda hamma narsani sotib olish va sotish mumkin, deb oylaydi. Ular hech kimga, imon-etiqodga ishonmaydi, ayni paytda bunday kimsalarga hayot uchun aziz sanaladigan hech narsani inonib bolmaydi. Chunki ular ota-onasi, qarindosh-uruglari, yoru birodarlari, mahalla-koyning yuzini yerga qaratishdan, boshini egishdan uyalmaydi.

Qonunga kora, korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha faoliyatni amalga oshiruvchi, bu jarayonda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etilishi belgilangan. Ushbu komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanishi qayd etilgan. Bu meyor korrupsiyaga qarshi kurashning doimiy va izchil tus olishida muhim ahamiyatga ega. Konstitutsiyamizga muvofiq Prezident fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir.

Hammamiz yaxshi bilamiz, qonun huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Vakolatlar, huquq va majburiyatlarni, amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilab beradi. Agar qonun hayotda ishlamasa, uning bir necha varaq oddiy qogozdan farqi qolmaydi. Shunday ekan, korrupsiya haqida qonun qabul qilindi, endi hammasi iziga tushib ketadi, deb oylash, xotirjamlikka berilish katta xato boladi. Korrupsiya balosidan qutulish, islohotlarni uning changalidan ozod etish haqida hammamiz oylashimiz, buning zaruratini har birimiz yuragimizdan otkazishimiz, unga qarshi qatiy kurashishimiz kerak.

Bu kurash kundalik hayotimizdagi oddiy holatlardan boshlanadi. Shifokordan yaxshiroq maslahat olish, navbatni tezlashtirish, reyting daftarchasiga tuzukroq baho qoydirish va hokazo vaziyatlarda ozimizni munosib tutishimiz lozim boladi.

Togri, hayotda turli holatlar va harakatlarga duch kelamiz. Bazida koz ongimizda qonunlar buziladi, inson huquqi, qadr-qimmati poymol etiladi. Bunday vaziyatlarda chorasizlikdan odamning boshi gangib qoladi. Lekin, unutmaylik, yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb belgilanishi, shu munosabat bilan joriy etilayotgan ozgarish va yangilanishlar fuqarolar chorasiz qolganida yordamga keladi. Olis qishloqlardagi murojaatlarning ham ovozi eshitiladi.

Odamlarning tabiatiga oxshab rahbaru masullar ham har xil boladi. Jamoada hamma qulaylik ozim uchun, bu tashkilot menga bir paytlardagi xizmatlarim, farogatda yashamogim uchun berilgan, marhamat, qolganlar aravasini ozi amallab tortaversin qabilida tor va eskicha oylaydigan, oldi-berdini faoliyatining bir qismi deb tushunadigan, demokratik qonun-qoidalarni yetarlicha idrok eta olmaydigan rahbarlar ham yoq emas. Shuning uchun qonunda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xususan, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish choralari kozda tutilgan.

Qonunda belgilanganidek, talim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy talim va tarbiyani kuchaytirish masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Togri ishlab, togri yashash saodatini bolalikdan, yoshlikdan organgan odam mard va halol boladi. Adolatsizlik, qonunga hurmatsizlik, kasbu amalga, ishonchga xiyonat qilib bolmasligini oqib-uqqan, poraxorlik va korrupsiyaga, suiistemolchilikka qarshi ozida immunitet hosil qilgan yoshlar kelajakda juratli, vijdonli inson bolib yetishadi. Qonunga, tartib-qoidalarga hurmat saqlab, el-yurtga sadoqat bilan xizmat qiladi. Halol mehnat bilan topilmagan boylik totli bolmasligini, hech kimga buyurmasligini, yaxshilik emas, yomonlik va kulfat keltirishini tushunadi.

Bir yosh kadr masuliyatli vazifaga kelsa, amalga ega bolsa, bundan ota-ona, qarindosh-urug qanchalik quvonadi?.. Bu tabiiy va ezgu tuygu, albatta. Lekin bazi notogri, zararli illatlar, bilib-bilmay, tushunib-tushunmay yol qoyib beriladigan odatlar ham borki, ularni aslo esdan chiqarmasligimiz kerak. Gohida shunday boladiki, yaqinlar, oga-inilarning oglim yoki ogayni, mana, ishlayapsanku, opangni uzatilayotgan qiziga durustroq sovga bergin, amakingning yetmay turgan mashina puliga yordam qilib yuborgin, qiynalib yuribdi... qabilidagi istak va xohishlar yosh kadrlarni buzadi, boshini aylantirib qoyadi. Yaqinlariga hurmat yuzasidan bechora ozini oqqa-choqqa urishga, noqonuniy ish qilishga, oson pul topishga harakat qiladi. Istab-istamay, boshi berk kochaga kirib qoladi, korrupsiya tuzogiga ilinadi.

Qarindosh-urugchilik, tanish-bilishchilikdan davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon yetmasligi, qonunlarga, insonning qadr-qimmatiga raxna solinmasligi kerak. Qandaydir manfaat ortidan boglangan rishta, dostlik, aka-ukachilik uzoqqa chozilmaydi, hech kimga hurmat olib bermaydi. Bunga hayotdan koplab misollar topish mumkin.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda, davlat hokimiyati organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni taminlashda, fuqarolarga tezkor va xolis axborot yetkazishda ommaviy axborot vositalariga erkinlik berish, demokratik islohotlar jarayonida ularning nufuzi va mavqeini oshirish dolzarb masala hisoblanadi. Shuning uchun korrupsiyaga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishi, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar togrisida axborot berayotgan shaxslarni himoya qilish masalalari qonunda alohida belgilab qoyilgan.

Ommaviy axborot vositalarining erkin va dadil faoliyatisiz jamiyat hayotini demokratlashtirish, odamlarni mustaqil fikrlab yashashga undash, hozirgi kunda suv va havodek zarur bolgan jamoatchilik nazoratini izchil yolga qoyish mumkin emas. Butun dunyoda davlatning demokratiyani hurmat qilishiga, xalqning salohiyati va madaniyatiga matbuot erkinligi, odilligiga qarab ham baho beriladi. Albatta, bugun bu haqiqatni kopchiligimiz yaxshi tushunamiz va tan olamiz.

Shu orinda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasining yana bir tomoniga etibor qaratsak. Nobop, muomala qilish, kelishishga moyil rahbar yoki boshqa bir masul nafaqat tashkilotga, jamiyatga, ishchi-xodimlarga ziyon yetkazadi, balki bunday odam bilan tashkilotning, jamoaning, ayniqsa, yosh kadrlarning vaqti, umri behuda otadi. Rahbar hammaga ornak bolib, halol ishlab, fidoyilik korsatish orniga, yigilishlarda bir gapni gapirib, ozi butunlay teskarisini qilsa, undan yosh kadrlar nimani organadi? Qanday ornak oladi?.. Korrupsiyaga qarshi kurashish yana shunisi bilan muhimki, mazkur jarayonlarda ishchi-xodimlar, yoshlar halol ishlash, ishonch va vakolatga munosib xizmat bilan javob qaytarish zarur, degan tushunchaga tayanib faoliyat yuritishni organadi. Har qanday vaziyatda mard odam, baribir, halol boladi, degan etiqodda sobit turadi.

Shu sababli ham songgi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlar, kichik biznes subyektlariga yagona darcha tamoyili orqali xizmat korsatilyapti, yagona portal orqali davlat xizmatlari elektron shaklda taqdim etilyapti. Qonun hujjatlariga, davlat tashkilotlarining ish faoliyatiga ochiqlik, oshkoralikni taminlash nuqtai nazaridan ozgartirishlar kiritilyapti va boshqa koplab yangiliklar joriy qilinyapti. Bularning barchasi korrupsiya balosini bartaraf etishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Fuqarolar bunday yondashuvni jon-dili bilan qollab-quvvatlamoqda.

Dunyo kun sayin, soat sayin rivojlanyapti. Davlatlar va xalqlar ortasidagi hamkorlikning tezkor, yangidan-yangi ufqlari ochilyapti, milliy iqtisodiyotlar ozaro chambarchas boglangan holda yuksalmoqda, taraqqiy etmoqda. Bugun har qanday davlat boshqa davlatlar bilan izchil hamkorlik qilmasdan, oqilona investitsiya va resurslarga tayanmasdan, jahonga chiqmasdan, ayni paytda dunyoga eshiklarini keng ochmasdan, odamlar bemalol ishlaydigan ishonchli makonga aylanmasdan yuqori natijalarga erisholmaydi.

Erkin faoliyat yuritishga keng yol ochib berilgan, inson huquqlari, qonuniy manfaatlari qatiy himoya qilinadigan mamlakatning ostonasidan odam arimaydi, bunday davlat dunyoning turli nuqtalaridan ishbilarmonlar talpinadigan yurtga aylanadi.

Songgi vaqtlarda jamiyatimiz hayoti, mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalarini yanada jadal rivojlantirish boyicha qabul qilingan qonunlar, Prezident qaror va farmonlari ana shu ezgu maqsadga qaratilganini anglash qiyin emas. Turizmni rivojlantirish, dunyoning koplab davlatlaridan yurtimizga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun viza rejimini bekor qilish yoki sud-huquq tizimini takomillashtirish, sudlarning haqiqiy mustaqilligini taminlash yoxud tadbirkorlikka keng erkinlik berish, turli byurokratik tosiq va govlarni yoq qilish haqidagi hamda boshqa bir qancha qaror va farmonlar odamlarning yolini ochishga, Ozbekistonimizning jozibasini oshirishga xizmat qilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish togrisidagi qonun bu boradagi islohotlar yanada izchil tus olishiga sharoit yaratmoqda, xalqimizda katta umid uygotmoqda.

Tolqin TORAXONOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: