O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.01.2017

2017 YIL MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTIDA

yangi sahifalar ochiladi

Qutlug‘ niyatlar, katta orzu va rejalar bilan Yangi yilga qadam qoydik. 2016 yilda mamlakatimizda muhim ijtimoiy-siyosiy voqealar bolib otdi. Bu jarayonlarda xalqimiz yanada jips va hamfikr bolib, yagona maqsad yolida harakat qildi. Yangi yildan umidlarimiz katta, konglimizga tugib qoygan niyatlarimiz bisyor. Yurtdoshlarimizning kozida-yu, konglida yanada qutlug kunlarga yetishga ishonch bor. Bu ishonch Prezidentimizning xalqimizga yollagan Yangi yil tabrigini tinglab yana bir karra mustahkamlandi.

Maqsuda VORISOVA, Oliy Majlis Senati a’zosi:

— 2017 yilni katta shodu-xurramlik bilan kutib oldik. Ayniqsa, Prezidentimizning televideniye orqali xalqimizni Yangi yil bilan tabriklagani odamlarimizning kayfiyatini juda ham kotarib yubordi. Tabir joiz bolsa, davlatimiz rahbari yangi yilni xalqimiz bilan bevosita muloqotdan boshladi.

Bu yil har birimizning oldimizda juda katta masuliyatli vazifalar turibdi. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida odamlarni oylantirayotgan masalalarni aniqlash va hal etish, ularning murojaatlari bilan ishlash, ijro hokimiyati masuliyatini yanada oshirish borasida qilinadigan ishlar talaygina. Bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat azolari zimmasida ham ota muhim vazifalar turibdi. Yaqinda elon qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar togrisida»gi Prezident Farmoni ijrosini taminlash xalqimizni rozi qilishda dolzarb ahamiyatga ega.

Zero, Farmondan kozlangan asosiy maqsad ham odamlarni rozi qilishdan iborat. Insonlar qachon rozi boladi? Qachonki, hayotidan mamnun bolsa, ozini oylantirayotgan muammolarga yechim topa olsa. Bu yil fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash boyicha Xalq qabulxonalari tashkil etilib, ularning faoliyati tizimli ravishda yolga qoyilishi odamlar hal bolmayotgan muammosi yuzasidan davlat idoralari eshigi oldida sargayib otirmaydi, deganidir.

Bu esa har bir korxona va tashkilotni, ayniqsa, katta-kichik masul rahbarlarni qonuniy faoliyat yuritishga, inson manfaatlarini taminlashga, odamlarni eshitishga majbur qiladi. Bunday tizim oz-ozidan fuqarolarimizning davlatdan, jamiyatdan, hayotidan rozi bolib yashashiga xizmat qiladi.

Nurmuhammad ABDULLAYEV, xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Yangi yil, ayniqsa, biz nuroniylar uchun juda fayzli va barakali boshlandi. Prezidentimizning Ozbekiston faxriylarini ijtimoiy qollab-quvvatlash Nuroniy jamgarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Farmoni mamlakatimizdagi minglab keksalarning konglini togdek kotardi.

Hayot sinovidan otgan bir haqiqat bor. Qaysi jamiyatda faxriylar ezozlansa, keksalar hurmat-etibor korsa, yoshi ulug insonlarga komak berilsa, osha mamlakatda taraqqiyot, rivojlanish, osish boladi.

Bu Farmonda belgilangan vazifalarning qadri yuksak. Chunki mazkur hujjat orqali Nuroniy jamgarmasining faoliyati yanada kengayadi va jonlanadi. Xodimlar moddiy va manaviy jihatdan ragbatlantiriladi.

Sharqona mentalitetga kora, oilaviy hayotda keksalarning orni beqiyos. Har qanday yumush oldidan, eng avvalo, oilaning kattasidan maslahat olinadi, ruxsat soraladi. Yosh avlod tarbiyasida nuroniylarning orni va ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab bolmaydi.

Ammo hozir jamiyat va oilada ularning tasiri biroz susaygandek, nazarimda. Ushbu Farmon nafaqat jamgarma faoliyatini tubdan takomillashtiradi, balki keksalarimizning mahalla hamda oiladagi mavqeini yanada oshirishga, ularning hurmat-izzatini joyiga qoyishga xizmat qiladi, deb oylayman.

Shokir BOLTAYEV, Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi 6-umumtalim maktabi direktori orinbosari:

2017-2021 yillarda maktabgacha talim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Prezident Qarori 2016 yilning songgi kunlarida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri boldi. Albatta, jamiyatda talim-tarbiya tizimini mukammal yolga qoymay turib, boshqa sohalarni rivojlantirib bolmaydi.

Pedagog bolganim uchun bolalarni kop kuzataman. Ularning dunyoqarashi va bilimga qiziqishini oshirishda maktabgacha talim tizimi beqiyos ahamiyat kasb etadi. Chunki maktabgacha talim togri yolga qoyilsa, bolalarning keyingi rivojlanishi yuqori darajadi boladi. Bolalar bogchasida tarbiyalangan oquvchi boshlangich sinflardanoq oz fikrini erkin bildiradi, qiziqishi va intilishi bilan tengdoshlaridan ajralib turadi. Buni oz faoliyatimda kop kuzatganman.

Qarorda alohida qayd etilganidek, maktabgacha talim muassasalarida 5-6 yoshdagi bolalarni maktab talimiga tayyorlash boyicha 6100 qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi. Bu juda muhim ahamiyatga ega.

Fikrimcha, mazkur guruhlar faoliyatini yuritishda maktablardagi boshlangich sinf oqituvchilari bilan hamkorlik ornatish zarur. Shunda bolalarni maktabga toliq tayyorlashda yaxshi natijalarga erishiladi.

Bir soz bilan aytganda, qaror maktabgacha talim muassasalari faoliyatini ham moddiy, ham manaviy jihatdan qollab-quvvatlash, qolaversa, talim tizimidagi eng birinchi va eng muhim bogin ishini yangi bosqichga kotaradi.

Dilshod SHUKUROV, Sanatshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi:

Yangi yilni ilm-fan fidoyilari, olimlar ham katta quvonch va mamnuniyat bilan kutib oldi. Chunki bayram arafasida Prezidentimiz mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi, oz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Albatta, har qaysi sohaning taraqqiyotini ilm-fan yutuqlarisiz tasavvur qilib bolmaydi. Qolaversa, jamiyatda mavjud muammolarni bartaraf etishda ham aynan shu soha muhim orin tutadi. Shu bois mamlakatimizda ilm-fan rivoji, olimlar, tadqiqotchilarni qollab-quvvatlashga alohida etibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning yaqinda qabul qilingan Ozbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini takomillashtirish va ragbatlantirish togrisidagi Farmonida sohani har tomonlama taraqqiy ettirish boyicha muhim vazifalar belgilangan.

Davlatimiz rahbarining uchrashuvda aytgan fikrlari meni juda tolqinlantirib yubordi. Aynan ilm yolidan ketganimdan, ochigi, faxrlandim. Biroq hali oldimizda ulkan vazifalar turibdi. Shaxsan ozim shu yili doktorlik dissertatsiyamni himoya qilishni rejalashtirayapman. Qator ilmiy maqolalarim vaqtli matbuot, internet nashrlari hamda chet el ommaviy axborot vositalarida elon qilindi. Yana ayrimlari chop etilish arafasida.

Aytmoqchi bolgan fikrim shuki, ilm-fanga berilayotgan bunday etibor menga oxshagan yosh olimlarni yanada ruhlantiradi, kuchiga-kuch, gayratiga-gayrat qoshadi. Ertaga safimiz yanada kengayadi. Ozbekistonimiz taraqqiyoti uchun bel boglab, astoydil mehnat qilamiz.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Nurali ORIPOV yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: