O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.01.2017

QUTLUG VA BARAKALI YIL ORZUSI

Yangi yil oqshomida butun oila a’zolari jamul-jam bo‘lib, Prezidentimiz tabrigini hayajon bilan tingladik. Tabrikdagi samimiy tilaklar konglimizdagi orzu-niyatlarimizga qoshilib, ertangi kunga ishonchimizni yanada oshirdi. Tinchlik, barqarorlik, ozaro hurmat, mehr-oqibat togrisida bildirilgan fikrlarni tola qollab-quvvatlaymiz. Chunki oliy maqsadimiz ham shu aslida, tinch-totuv yashash, bir-birimizga mehr-oqibat korsatish, bunyodkorlik ishlari bilan shugullanishdir.

Ayniqsa, tabrikdagi ?017 yilning qadami jonajon Vatanimizga qutlug va barakali kelsin», degan tilak hammamizning dil izhorimiz boldi, desam xato qilmayman. Ammo togrisini aytish kerak, bu orzu niyatga oz-ozidan erishilmaydi. Buning uchun mehnat qilish kerak boladi. Mehnat kishini uluglaydi, degan maqol haqiqatligini oz hayotim misolida kordim. Kop yillik tajribalarimdan kelib chiqib aytadigan bolsam, qishloq xojaligidagi qator masalalarda tub ozgarishlar qilish vaqti keldi. Avvalo, rizq-rozimiz manbai bolgan yerni asrab-avaylashimiz kerak. Tuproq unumdorligi pasayib ketayotganiga har doim ham etibor bermayapmiz. Qishloq xojaligiga agrokimyoviy hamda texnik xizmat korsatish ishlarini yanada takomillashtirishimiz kerak, deb oylayman.

Bundan tashqari, almashlab ekishni kengroq joriy qilish lozim. Buning foydasini oz tajribamdan bilaman. Biz 86 gektar yerda dehqonchilik qilyapmiz. Otgan yili galla va paxta topshirish shartnoma majburiyatini oshirib bajardik. Galladan boshagan 12 gektar yerga mosh, sabzi va boshqa ekinlar ekdik, yaxshigina hosil oldik. Xojalik azolarining rozgorini taminladik, ortgan mahsulotni bozorga chiqarib sotdik. Kuzda 2 gektar yerga piyoz urugini sochgan edik, hozir nihollari yaxshi kokargan. Jami 110 uya asalarimiz, 18 bosh zotli molimiz bor. Ushbu sohalarni yanada rivojlantiramiz.

Sabzavot ekinlari orasida eng serhosil, xaridorgir va serdaromad mahsulot pomidor hisoblanadi. Ammo keyingi yillarda Shahrisabz, Kitob, Yakkabog tumanlarida umuman pomidor ostirib bolmayapti. Qandaydir kasallik sababli pomidor niholi nobud bolib ketmoqda. Ushbu muammoni seleksiyachi olimlarimiz, tadqiqotchi agronomlarimiz tezroq hal qilib berishsa, pomidorni katta maydonlarga ekish, mol hosil olish, xalqimizni taminlash va eksportga chiqarish imkoniga ega bolardik.

Xullas, har bir sohadagi muammolarni oz vaqtida hal qilib, tashabbus korsatib, yonib ishlasak, bir tan bir jon bolib yashasak, yilimiz qutlug va barakali keladi. Xalqimiz dasturxoni tokin, hayotimiz fayzli boladi, yurtimiz yanada gullab-yashnaydi.

Abdimurod BOZOROV,

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi «Bozor ogli Abdi fermer xojaligi raisi,

Ozbekiston Qahramoni,

Oliy Majlis Senati azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: