O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.01.2017

YECHIMINI KUTAYOTGAN MUAMMOLAR

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev Guliston shahrida aholi vakillari bilan uchrashdi.

Mahalla fuqarolar yiginlari faollari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan muloqotda aholi murojaatlari bilan ishlash, shu yonalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholini oylantirayotgan masalalarni chuqur organish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi. Mamlakatimizda aholi farovonligini yuksaltirish, qurilish, obodonlashtirish, xalqimiz uchun yanada qulay turmush sharoiti yaratish borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilayotgani takidlandi.

Muloqotda mahallalarda yechimini kutayotgan muammolar, qurilish ishlari, kocha va yollarni tamirlash, elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi taminotini yanada yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish orinlari yaratish, aholi, ayniqsa, yoshlarni ish bilan taminlash yuzasidan taklif-mulohazalar bildirildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 31 oktabrdagi »Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar togrisidagi qarori ijrosi boyicha sustkashlikka yol qoyilayotgani, Ahillik va Yangi hayot mahalla fuqarolar yiginlarida ichimlik suvi taminoti va kanalizatsiya tizimida muammolar borligi qayd etildi. Viloyat hokimi mutasaddi idoralar rahbarlariga kotarilgan masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish va ularni bartaraf etish boyicha tegishli topshiriqlar berdi.

— Viloyat hokimining aholi bilan muloqot otkazayotgani muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, deydi «Mahalla xayriya jamoat fondi Guliston shahar bolimi raisi R.Bektemirov. Bunday muloqotlar oz yechimini kutayotgan muammolarni hal etish, viloyatimizni yanada obod va gozal vohaga aylantirishga xizmat qiladi.

A.QAYUMOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: