O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.01.2017

OZBEKISTONNING IHT DOIRASIDAGI TASHABBUSLARI VASHINGTONDA MUHOKAMA ETILDI

Mamlakatimizning Vashingtondagi elchixonasida Amerika Qo‘shma Shtatlari va Islom hamkorlik tashkiloti ortasidagi birinchi maslahatlashuv muloqoti hamda Ozbekistonning IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi raisligi mavzusiga bagishlangan tadbir bolib otdi.

Uchrashuvda IHT bilan maslahatlashuvga jalb etilgan Amerika ma’muriyati, Islom hamkorlik tashkilotining katta darajadagi vakillari hamda AQShda akkreditatsiyadan otgan IHTga azo davlatlar diplomatiya missiyalarining rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbir chogida uning qatnashchilari 18-19 oktabr kunlari Toshkent shahrida bolib otgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi yakunlari hamda Ozbekistonning bu tizimda raisligidagi ustuvorliklar bilan batafsil tanishdilar. Mamlakatimiz tomonidan taklif etilgan sessiya kun tartibining asosiy goyasi — «Talim va marifat tinchlik va bunyodkorlik sari yol» shiorining mazmun va mohiyati tilga olindi. Shuningdek, respublikamiz rahbariyatining tashkilot doirasida, jumladan, Ozbekistonning boy madaniy-tarixiy va manaviy merosi hisobga olingan holda islom diniga xos bolgan marifat va bagrikenglik qadriyatlarini ilgari surishga bolgan intilishi alohida takidlandi.

Yuqoridagilar bilan birga, tadbir qatnashchilari Ozbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning Islomhamkorliktashkiloti Tashqi ishlarvazirlarikengashining Toshkentda bolib otgan sessiyasining ochilish marosimidagi nutqida oz ifodasini topgan muhim jihatlar, jumladan, tashkilot shafeligida Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazini hamda Toshkent islom universiteti tarkibida Talim, fan va madaniyat masalalari boyicha islom tashkilotining (ISESCO) maxsus kafedrasini tashkil etish tashabbuslari bilan ham tanishdilar.

Uchrashuvda Ozbekistonda shaffoflik sharoitida, barcha demokratiya tamoyillariga rioya etilgan holda otgan Prezident saylovining yakunlari ham muhokama etildi. Takidlanganidek, Ozbekiston Respublikasi tashqisiyosatning asosini tinchlikparvarlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, yuzaga keladigan ziddiyat va qarama-qarshiliklarni faqat tinch, siyosiy yol bilan hal etish, mamlakatimizning boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan ochiq va pragmatik munosabatlarga sodiq ekanligi takidlandi.

Tadbirda sozga chiqqan Amerika Qoshma Shtatlarining IHTdagi maxsus vakili vazifasini bajaruvchisi A.Suleman elchixonada ushbu tadbirni tashkil etgani va samimiy mehmondostlik uchun ozbek tomoniga minnatdorlik bildirdi.

Yaqinda Islomhamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining Toshkentda bolib otgan sessiyasida qatnashish uchun Ozbekistonga uyushtirgan safarim doirasida jahon sivilizatsiyasining ganjinalari hisoblanadigan Samarqand va Buxoroga borishga muyassar boldim. Turli kuchlar xalqlar ortasiga nizo-nifoq solishga urinayotgan hozirgi davrda Ozbekistonning manaviy merosi ulkan ahamiyat kasb etadi. Ana shunday mahobatli shaharlar ozlarining mavjudligi bilan dunyoga birdamlik va bagrikenglikni saqlash zarur ekanligini eslatib turadi. Ularda qaror topgan ilm maskanlari jahonga buyuk olim va mutafakkirlarni yetkazib berdi, ularning ilmiy kashfiyotlari insoniyat sivilizatsiyasi salmoq bilan rivojlanishiga komaklashdi. Bugun biz dunyoda turli intilishlar mavjud bolganiga qaramasdan bu merosni avaylab asrashimiz zarur.

Shuningdek, A.Suleman AQSh va IHT ortasidagi birinchi maslahatlashuv muvaffaqiyatli otganini qayd etdi. Turli nizolarni hal etish va ekstremizm bilan kurashishdan tortib (oqitish va diniy arboblar nufuzini oshirish, internetda radikal goyalar tarqatilishiga qarshi turish, yoshlar uchun marifiy dasturlarni yolga qoyish) to gumanitar inqirozlarni barqarorlashtirish (keng hududlarga tarqaladigan epidemik kasalliklarga qarshi kurash, donorlarni jalb etish, insonparvarlik yordamlarini tarqatish) singari aniq-ravshan sohalarda tomonlarning ozaro hamkorlik qilishi tilga olindi.

Uchrashuv doirasida ozining boy merosidan, jumladan, diniy tadqiqotlar sohasidagi merosidan faol foydalanish yuzasidan Ozbekistonning jahon hamjamiyatiga takliflariga katta qiziqish bildirildi. Toshkentning mazkur tashkilot doirasidagi takliflari oz vaqtida ilgari surilgani va ularning mohiyatan yangi ekanligi, jumladan, Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazining tashkil etilishi hamda marifiy, bagrikeng islom targibotiga katta ahamiyat berilayotgani takidlandi. Kopgina musulmon mamlakatlari aholiga diniy talim berish tizimini modernizatsiyalash va yangilashga ehtiyoj sezib turgan bir davrda bu masalalarning dolzarbligi yanada oshishi alohida qayd etildi. IHT hududida yoshlarning radikallashuvi muammosi, jumladan, islomshunoslar yetarli malakaga ega emasligi tufayli sifatli diniy talimga ehtiyoj ortib bormoqda.

Shuningdek, Ozbekiston Garb mamlakatlari ortasida haqiqiy islom qadriyatlari va tamoyillarini ilgari surishda alohida orin tutishi ham etirof etildi. Qayd qilinganidek, buning sababi dunyoviy davlat hisoblanadigan mamlakatimiz madaniy-tarixiy merosni avaylab asrashga ulkan etibor qaratayotgani, katta qismini musulmonlar tashkil etadigan respublikamiz aholisi esa haqiqiy islom izdoshlarining eng yaxshi namunasi bolib xizmat qilishi bilan izohlanadi.

Jahon AA,

Vashington.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: