O'zb  
 
01.01.2017

TEATRLASHTIRILGAN YANGI YIL TOMOSHALARI BOLAJONLARGA

Bayram tomoshalari 28 dekabrdan boshlandi, 2017 yilning 8 yanvarigacha davom etadi.

Har yili yangi yilni yangi orzu-umidlar, yaxshi niyatlar bilan kutib olamiz. Ayniqsa, turli rangdagi o‘yinchoqlar bilan bezatilgan ulkan archa atrofida Qorbobo va Qorqiz hamda ertak qahramonlari tomonidan namoyish etilayotgan teatrlashtirilgan tomoshalarga oshiqayotgan bolajonlarning quvonchi cheksiz boladi. Xosh, bu yilgi yangi yil shodiyonalari otgan yillardagidan nimasi bilan farq qiladi? Bu savolga Madaniyat va sport ishlari vazirligi teatrlar va tomosha muassasalari ishlari boshqarmasi boshligi orinbosari Ozod Yoldoshev shunday javob berdi:

— Otgan yillari yangi yil archasi poytaxtimizning 2-3 markaziy maydonlarida ornatilgan bolsa, bu yil 9 joyda tashkil etildi. Ayniqsa, Labzak mavzesida yangidan barpo qilingan «Lokomotiv-Anhor» madaniyat va istirohat bogi yonidagi maydon bolajonlarning sevimli sayilgohiga aylandi.

Maktab oquvchilarining qishki ta’tili davrida mamlakatimizning barcha istirohat boglari, markaziy maydonlar, sport saroylarida, viloyatlar, shahar va tumanlar markazlarida otkazilayotgan yangi yil bayramlarining barchasiga badiiy jamoalar, ijodiy birlashmalar jalb etilgan.

Mehribonlik uylari, bolalar shifoxonalari, SOS bolalar mahallasi va boshqa joylarda ham bolajonlarni xursand qilish maqsadida xayriya tomoshalari tashkil qilindi. Yangi yil archasi, teatrlashtirilgan tomoshalar, Qorbobo va Qorqizning sovgalari bolalar quvonchiga quvonch qoshmoqda. Tomosha oxirida aktyorlar shousi otkazilib, ertak qahramonlari bolalar bilan birga raqsga tushadilar.

Toshkent davlat sirki maydonida tashkil etilgan Yangi yil tadbirlarini katta-kichik zavq bilan tomosha qilishadi. Qorbobo va Qorqiz, ertak qahramonlari bolalarni sahnaga chorlab, ular bilan qiziqarli oyinlar otkazadi.

Respublika qogirchoq teatrida 24 dekabrdan boshlab yangi yilning 9 yanvarigacha kichkintoylar uchun har kuni ikki mahal Qor malikasi spektakli ozbek va rus tillarida namoyish etib boriladi. Bu tomoshalar teatrga kirish joyida boshlanib, bolajonlarni ertak qahramonlari, Qorbobo va Qorqiz kutib oladi. Bolalar ular bilan oyinga tushishadi, sher aytishadi, keyin tomosha zaliga kotariladilar.

Bizda yangi yil tadbirlari 21 dekabrdan boshlanib, 8 yanvargacha davom etadi, deydi Respublika yosh tomoshabinlar teatrining adabiy emakdoshi Timur Mustafin. Zumrad shahri sehrgari ertagini yangidan sahnalashtirdik. Ertak davomida video ekrandan ham foydalanamiz.

Nurulloh DOSTON

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: