O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.01.2017

XALQ XIZMATIDA BOLISH OLIY BAXT

Komila KAROMOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi:

— Katta orzu-umidlar, ezgu maqsadlar bilan Yangi yilga qadam qoydik. 2017 yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb elon qilinishi odamlarning kelajakka umidi va ishonchini yanada mustahkamladi.

Prezidentimiz Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak, deya qatiy takidlagani yoshu-qarini birdek ruhlantirdi, fuqarolarimiz kongli kotarilib, hayotga boshqacha qaray boshladi.

Kuni kecha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida Prezidentimizning Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar togrisidagi Farmoni qabul qilindi.

Ushbu Farmon yurtimizda inson manfaatlarini taminlash, huquq va erkinliklarini himoya qilish oliy qadriyat ekanligini yana bir isbotladi. Farmonda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqarmasining negizida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasini, hududlarda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalarini tashkil etish boyicha aniq vazifalar belgilangan. Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tuzilishi qayd etilgan. Bularning barchasi aholi bilan togridan-togri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini tolaqonli himoya etishga, ularning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimini yaratishga xizmat qiladi.

Darhaqiqat, rahbar qanchalik odamlarga yaqin bolsa, ularning dardi tashvishi bilan yashasa, ogirini yengil qilishga intilsa, u xalqparvar yetakchi degan ulug martabaga sazovor boladi.

Bugun xalqimizning huquqiy madaniyati, dunyoqarashi, fikrlashi tubdan ozgargan. Odamlarimiz oz huquqlari, erkinliklarini yaxshi anglaydi. Buni davlat organlariga bolayotgan murojaatlardan ham korish mumkin. Har bir murojaatning ortida esa inson taqdiri, uning muammosi, dardi yotadi.

Farmonni oqib, deputat sifatida bizning zimmamizda ham katta vazifalar turganini his etdim. Bu saylovchilar ishonchini qozonish, ularning issiq-sovugidan hamisha xabardor bolishdan iborat, desam togri boladi. Hech bir deputat saylovchilar bilan shunchaki muloqot otkazmasligi kerak. Aksincha, uchrashuvdan keyin aniq natija uchun ishlashimiz, saylovchining murojaatini, muammosini hal etish ustida izlanishimiz, intilishimiz, kurashishimiz kerak.

Saylovchilar bizdan, siyosiy partiyalar va parlamentdan nimani kutayotgani, qanday qonunlarga ehtiyoj borligi aynan ular bilan bevosita muloqotlarda namoyon boladi.

Xalqimiz hamisha oz huquq va erkinliklari himoyasini davlatga ishonadi. Eng qiyin vaqtda najotni parlamentdagi vakilidan, rahbardan kutadi, kerak bolsa, talab ham qiladi. Biz ana shu yuksak talablarga javob berishimiz, buning uchun masuliyat va tashabbuskorlik, vijdonan va vatanparvarlik bilan xizmat qilishimiz zarur.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: