O'zb  
 
01.01.2017

ILM-FAN YUTUQLARI TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangi yil arafasida – 2016 yil 30 dekabr kuni mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari, tijorat banklari rahbarlari, Fanlar akademiyasi azolari, yetakchi oliy oquv yurtlari rektorlari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari yigilganlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabrikladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida fan va ishlab chiqarish hamkorligini mustahkamlash, talim tizimini rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyot taraqqiyotiga alohida etibor qaratilganini takidladi.

Bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga kotarishni talab qilmoqda. Zotan, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin. Mazkur sohani va olimlarni har tomonlama qollab-quvvatlash davlatimizning ustuvor vazifalaridandir.

Bu boradagi ishlar bugun izchil va tizimli ravishda davom ettirilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning yaqinda qabul qilingan Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini takomillashtirish va ragbatlantirish togrisidagi farmonida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning ornini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini har tomonlama qollab-quvvatlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni ragbatlantirish maqsadida bir qator muhim chora-tadbirlar belgilangan.

Ilm-fan bilan shugullanish, yangi kashfiyot va ixtirolar qilish igna bilan quduq qazishdek gap, dedi Prezidentimiz. Shunday ekan, bu mashaqqatli sohada fidokorona mehnat qilayotgan olimlarimiz mehnati tahsin va ragbatga munosib.

Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm-fansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar ozlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tadqiqotlarning hammasini ham ilm-fanning bugungi yuqori rivojlanish darajasiga tola javob beradi, deb bolmaydi.

Yuqori texnologik ilmiy mahsulotlarni amaliyotga joriy etish uchun yangi zamonaviy tajriba-ishlab chiqarish, konstruktorlik-texnologik tashkilotlar hamda innovatsiya markazlarini tashkil etish zarur. Marketing va litsenziyalash xizmatlari talab darajasida emas. Bu mamlakatimiz ilmiy-innovatsion mahsulotlarini amaliyotga keng tatbiq etishda yaqqol sezilmoqda.

Fan, talim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish muhimligi alohida qayd etildi. Yangi texnologiyalarni joriy qiluvchi korxonalarga imtiyozlar va preferensiyalar berish ilm-fanga investitsiya kiritadigan korxonalar soni sezilarli darajada oshishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Mavjud ilmiy salohiyat va mablaglarni iqtisodiyot tarmoqlarining buyurtmalari va muayyan muammolarni yechishga qaratilgan eng muhim ustuvor tadqiqotlarga yonaltirish zarur.

Jahonning yetakchi institutlari, universitetlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishni zamonning ozi talab qilmoqda, dedi Prezidentimiz. Xorijning yetakchi oquv va ilmiy muassasalarida talim va ilmiy daraja olgan yurtdoshlarimiz uchun mamlakatimizda qulay shart-sharoitlar yaratib berish, ularni ragbatlantirish choralarini korish kerak.

Mamlakatimizda yuqori salohiyatga ega, jahon miqyosida etirof etilgan olimlar kop. Ular oz maktablarini yaratishi, shogirdlar tarbiyalashi lozim. Yosh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashdagi birinchi bosqich maktab talimini tubdan takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining uzluksizligini taminlash zarur. Bu yolda hech narsani ayamaymiz, dedi davlatimiz rahbari.

Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi uchrashuvlarida ilgari surilgan takliflar, jumladan, zamonaviy texnoparklar, Akademiklar shaharchasida erkin iqtisodiy hudud maqomiga ega bolgan Innovatsion markaz tashkil etish boyicha tashabbusi ilmiy-tadqiqot institutlari, talim muassasalari va sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish, sohaga mahalliy va xorijiy investorlarni keng jalb etish imkonini berishi ilm-fan ahli tomonidan alohida takidlandi.

Uchrashuvda Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Sh.Solihov, Fanlar akademiyasi akademiklari A.Qayumov, M.Salohiddinov, R.Ubaydullayeva, S.Rashidova, A.Glushenkova, T.Daminov, J.Bozorboyev, B.Yoldoshev, B.Nazarov va boshqalar Prezidentimizning yaqinda qabul qilingan farmoni soha rivojida muhim rol oynashini takidlab, mavjud dolzarb masalalar, mamlakatimizda ilm-fan hamda innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirish yuzasidan oz fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdi. Prezidentimizga mamlakatimizda ilm-fan va innovatsion faoliyatni qollab-quvvatlayotgani, ilm ahlini ragbatlantirishga qaratayotgan alohida etibori uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotimizning barcha sohalari taraqqiyotida ilm-fanning orni, ahamiyati goyat katta ekani, bu borada davlatimiz birinchi galda Fanlar akademiyasi va olimlarga suyanishini, fan va ishlab chiqarish hamkorligi bugun nihoyatda dolzarb ekanini alohida takidladi. Yigilganlarni yana bir bor Yangi yil bayrami bilan qutladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: