O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
01.01.2017

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda maktabgacha talim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga SHARH

Mustaqillik yillarida respublikada milliy ta’lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi darajasiga kotarildi. Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng etirof etilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz talim tizimi barpo etildi.

Maktabgacha talim sohasi mazkur tizimning ilk bogini hisoblanadi va butun talim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bolgan – barkamol avlodni tarbiyalashga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Keyingi yillarda maktabgacha talim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yonaltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2015-2016 yillar davomida 459 ta maktabgacha talim muassasasi mukammal tamirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi.

Shu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha talim muassasalarining talim dasturlari va oquv-tarbiyaviy rejalariga qoyilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha talim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha talimga qamrab olish korsatkichi hamon pastligicha qolmoqda.

Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda maktabgacha talim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida”gi qarori qabul qilindi. Dastur asosida quyidagi keng kolamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish kozda tutilgan:

bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilgor xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish;

maktabgacha talim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish oquv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish;

2200 ta maktabgacha talim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha talim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, oquv-metodik qollanmalar, multimedia resurslari bilan taminlash. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 2.2 trillion som mablag ajratilishi kozda tutilmoqda.

Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida quyidagilarga erishiladi:

yuqori sifatli maktabgacha talimni taminlash, bolalarni sifatli maktabga tayyorlashni tubdan yaxshilash, talim-tarbiya jarayoniga muqobil dasturlarni joriy etishga;

bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bolgan 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etishga;

3-6 yoshdagi maktabgacha talim muassasalariga qamrab olinmagan bolalarni ularning ota-onalarini metodik qollanmalar bilan taminlash orqali maktab talimiga tayyorlashni tashkil etishga;

maktabgacha talim muassasalari tarmogini 50 ta yangi qurilish hamda mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal tamirlash orqali kengaytirishga;

qishloq joylardagi maktabgacha talim muassasalarida ota-onalar badal tolovini 30 foizgacha kamaytirishga;

bolalarning maktabgacha talimga qamrovini 1,5 barobar oshirishga.

Dasturning samarali amalga oshirilishi unda kozda tutilgan korsatkichlar ijrosining borishini tizimli monitoring qilib borish orqali davlat organlarining doimiy nazoratida boladi.

Qarorning amalga oshirilishi davlat siyosatining asosiy ustuvor yonalishlaridan biri sifatida respublikamizning uzluksiz talim tizimini yanada isloh qilish borasidagi rivojlanish yolining uzviy va bosqichma-bosqichligini taminlaydi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: