O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
29.12.2016

Ozbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi ortasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boyicha hukumatlararo komissiyaning tortinchi majlisi yakunlari togrisida

2016 yil 27-28 dekabr kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi ortasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boyicha hukumatlararo komissiyaning tortinchi majlisi bolib otdi.

Ozbekiston delegatsiyasini Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon qabul qilib, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni ozi uchun qulay vaqtda Tojikiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelish taklif etilgan maktubini topshirdi.

Hukumatlararo komissiya majlisi Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari Rustam Azimov va Tojikiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi orinbosari Davlatali Said raisligida otdi.

Majlis natijalari tomonlar mamlakatlarimiz ortasida teng huquqli va ozaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratayotganini yaqqol tasdiqladi.

Ozbekiston va Tojikiston ortasidagi hamkorlik xalqlarimizning asrlar davomida shakllangan yaqin qoshnichilik, bir-birini qollab-quvvatlash va dostlik munosabatlarini mustahkamlash hamda kengaytirishga intilishini mujassam etadi.

Ikki mamlakat ham ozaro samarali hamkorlikni yanada kengaytirish, iqtisodiy sohada qoshma loyihalarni amalga oshirish va madaniy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor.

Komissiya majlisi amaliy, ozaro hurmat va hamfikrlik ruhida otdi. Majlis doirasida ozaro hamkorlikka oid koplab dolzarb masalalar, jumladan, iqtisodiyot, savdo, transport, sanoat, madaniyat, ta’lim, sport va sogliqni saqlash sohalaridagi aloqalarning asosiy parametrlari korib chiqildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bilan bogliq masalalarni hal etishning asosiy prinsip va yondashuvlari muhokama etildi.

Tomonlar muhokama qilingan va boshqa masalalarni hal etish yollarini belgilab oldi.

Ozbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi ortasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boyicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini 2017 yil Toshkent shahrida otkazishga kelishib olindi.

OzA.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: