O'zb  
 
27.12.2016

IKKI USTOZ XOTIRASI

Bugun sog‘inchlarim togu soydadir,

Eng yaqin, qol yetmas olis joydadir,

Demangiz yo Hirot, yo Xitoydadir,

Ortamizda endi ikki dunyo bor —

Ikki ustozim ham Chigatoydadir.

Tiriklik choglari javrab ortadik,

Goh aldab, gohida avrab ortadik.

Bir-birovga chohlar kovlab ortadik,

Zor karvon yolida yetim botadek

Endi dillarimiz ohu voydadir.

Endi asqotmagay bizning salomlar,

Shirin kalomlaru taskin kalomlar.

Oybek yotar bunda, Gafur Gulomlar

Sohibqalamlaru sohibkalomlar,

Barcha buyuklarim bir saroydadir.

Uluglar millatga iftixor doim,

Qalbi uluglarga dunyo tor doim.

Bundayin qalblarga millat zor doim,

Kechir, barchamizni kechir, Xudoyim,

Bir qismat gar shohu gar gadoydadir.

Yoshlik zamonimda holim tang edi,

Biri dostonimni chiqargan edi,

Biri malomatdan qutqargan edi,

Na yerdan, na kokdan topgayman endi,

Bildim bor hayotim ne avzoydadir.

Bizning vujudimiz, umrimiz nima

Bir qalqib, chayqalib ketguvchi kema.

Xohla gamlarin ye, xohlasang yema,

Dostim, zorlar ketib men zorman dema

Bor-yoging bir kamon yo bir yoydadir.

Kechikdim yoqlovu shitoblarimda,

Dastxatlari qolmish kitoblarimda.

Orom yoq na hushim, na xoblarimda,

Bozlab chorlasam-da xitoblarimda,

Kelmaslar na yilu va na oydadir.

Qani deyman, qani ikki yangroq soz,

Ikki xayrixoh zot, bagrikeng ustoz?

Ovozlari kelmas, yetmagay ovoz,

Borsam ikki donglik olgaydir peshvoz

Xoklari kozyoshdan somon-loydadir.

Ustoz Erkin Vohid, Abdulla Orif,

Eng oliy dargohda turibsiz borib

Oznimas, unda ham bizni qutqorib,

Aybu gunohimiz Haqdan yolborib.

Endi bori hukm bir Xudoydadir...

25.12.2016 y.

Sirojiddin SAYYID,

Ozbekiston xalq shoiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: