O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.12.2016

XALQ DEPUTATLARI SAMARQAND VILOYATI KENGASHINING SESSIYASI

2016 yil 23 dekabr kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib otdi.

Sessiyada Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq sozladi.

Davlatimiz rahbari Samarqand azaldan dunyoga mashhur ekani, bugun bu qadimiy zamin xalqimizning ulug farzandi, mustaqilligimiz asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov tugilib osgan va mangu orom topgan joy sifatida har birimiz uchun yanada qadrdon maskanga aylanganini ta’kidladi.

Mustaqillik yillarida Samarqand ozining rivojlangan sanoati va qishloq xojaligi, tabiiy boyliklari, ulkan sayyohlik salohiyati bilan mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida muhim oringa ega boldi.

Viloyat iqtisodiyoti 2010 yildan buyon 1,7 barobar osdi, dedi Prezidentimiz. Yalpi hududiy mahsulotda sanoatning ulushi 2011 yilda 18 foizni tashkil etgan bolsa, joriy yil yakunida bu korsatkich qariyb 24 foizga yetishi kutilmoqda.

Bugungi kunda jahondagi eng yuksak standartlar asosida jihozlangan Samarqand avtomobil zavodida onlab turdagi mashinalar ishlab chiqarilmoqda. Keyingi besh yilda viloyatda 100 dan ortiq yangi qoshma va xorijiy korxonalar tashkil etilib, ayni paytda ularning soni 259 taga yetdi. Ushbu korxonalarda yiliga 2,5 trillion somlik mahsulot tayyorlanmoqda.

Samarqand viloyatining iqtisodiy rivoji uning eksport salohiyatida ham namoyon bolayotir. Joriy yilda hududiy eksport miqdori 393 million dollarga yetdi.

Viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ham salmoqli natijalarga erishilmoqda. Mazkur sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 78 foizdan oshgani va mehnat bilan band aholining 84 foizdan ziyodi shu sohada faoliyat korsatayotgani etiborga loyiq.

Qishloq xojaligi sohasini isloh etish va modernizatsiya qilish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Keyingi besh yilda 16 ming gektardan ziyod paxta maydonlari qisqartirilib, meva-sabzavot va poliz ekinlari ekilmoqda. Yurtimizda mavjud intensiv boglarning 7500 gektardan ortigi yoki 43 foizi Samarqand viloyatida tashkil etilgan, dedi davlatimiz rahbari.

Sessiyada viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uning eksport salohiyatini oshirish, istiqbolli yangi sanoat obyektlari barpo etish, ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Yengil sanoat sohasida tumanlarda paxtani qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish, mavjudlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash boyicha loyihalarni amalga oshirish, shu orqali hududlar eksport salohiyatini yuksaltirish lozimligi takidlandi. Urgut tumanining resurs bazasidan samarali foydalanish, sanoat va eksport salohiyatini yanada rivojlantirish, investitsiya va ilgor texnologiyalarni jalb etish maqsadida «Urgut» erkin industrial zonasi tashkil etilmoqda.

Prezidentimiz viloyatda turizmni yanada rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligiga etibor qaratdi. Davlatimiz rahbarining 2016 yil 2 dekabrdagi Ozbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taminlash chora-tadbirlari togrisidagi farmoni va shu hujjat asosida ishlab chiqilgan dasturda Samarqandning bu boradagi salohiyati va turistik potensialini oshirish yuzasidan keng kolamli chora-tadbirlar belgilangan.

Viloyat qishloq xojaligida islohotlarni izchil davom ettirish boyicha muhim vazifalar belgilab berildi. 2017 yilda 4400 gektar paxta maydonini qisqartirish evaziga meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, mahsulotni saqlash va qayta ishlashga moljallangan korxonalar tashkil etish, lalmi yerlarga jahon bozorida talab yuqori bolgan eksportbop ekinlar ekish, togoldi hududlarda dorivor osimliklar yetishtirish, chorvachilikni rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Davlatimiz rahbari 2017 yilning mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb elon qilingani munosabati bilan bu borada mahalliy hokimlik va boshqaruv organlari oldida turgan vazifalarga alohida etibor qaratdi. Rahbarlarning xalq ichiga kirib, aholi bilan samimiy muloqot qilishi, ularning dardu tashvishlarini tinglab, muammolarga yechim topishi xalqimizning davlatdan rozi bolishi va turmushi farovonligiga xizmat qilishi takidlandi.

Sessiyada tashkiliy masala korildi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan Samarqand viloyati hokimining birinchi orinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Himmat Oqbotayev Samarqand viloyati hokimi etib saylandi.

Zarafshon va Samarkandskiy vestnik gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri F.Toshev, Kattaqorgon tumanidagi Payshanba shaharcha fuqarolar yigini raisi Q.Ahmedov, mehnat faxriysi Z.Ziyoyev va boshqalar Prezidentimiz nutqida bayon etilgan fikrlardan kelib chiqib, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dolzarb vazifalarni muvaffaqiyatli ado etish yolida viloyat ahli astoydil mehnat qiladi va kozlangan marralarga albatta erishadi, deb takidladi.

G.HASANOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: