O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.12.2016

OZBEKISTON QIRGIZISTON: HAMKORLIKNING YANGI UFQLARI

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev 24 dekabr kuni amaliy tashrif bilan Samarqandga keldi.

Ozbek va qirgiz xalqlari azaldan yaqin qoshni sifatida tinch-totuv, ahil-inoq yashab kelgan. Xalqlarimiz tarixi, madaniy va diniy qadriyatlari mushtarak, an’ana va urf-odatlari oxshash.

Mustaqillik yillarida Ozbekiston va Qirgiziston ortasidagi ananaviy hamkorlik yangicha mazmun kasb etdi. Keyingi paytlarda ozaro aloqalar sezilarli ravishda faollashdi. Davlat rahbarlarining telefon orqali muloqotlari, hukumatlar va hududlar darajasida delegatsiyalar tashrifi amalga oshirildi. Mamlakatlarimiz jamoatchiligi Andijon va Osh shaharlariga delegatsiyalarning ozaro tashrifini mamnuniyat bilan qabul qildi.

Ikki mamlakat vakillari Ozbekistonda otgan saylovda va Qirgizistondagi referendumda kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev Hazrati Xizr majmuiga tashrif buyurib, Ozbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi va uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Islom Karimov ruhi pokiga Quron tilovat qilindi.

Prezidentlar «JV MAN Auto-Uzbekistan» Ozbekiston — Germaniya qoshma korxonasiga tashrif buyurdilar.

Oliy martabali mehmon qoshma korxonaning ishlab chiqarish salohiyati va bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Mustaqillik yillarida Ozbekiston jahonda avtomobil ishlab chiqaruvchi yetakchi davlatlar qatoriga qoshildi. Bugun Ozbekiston avtosanoati mahsulotlariga kopgina mamlakatlarda, jumladan, Qirgizistonda ham talab yuqori.

JV MAN Auto-Uzbekistan qoshma korxonasining tashkil etilishi mamlakatimizda avtomobilsozlikni rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berdi.

Bu yerda 15 tonnadan 50 tonnagacha yuk kotarish quvvatiga ega zamonaviy yuk mashinalari, jumladan, avtokranlar, izometrik furgonlar, suv tashish mashinalari, kombinatsiyalangan yol mashinalari, kanal tozalash mashinalari, beton qorigich, paxta va chiqindi tashish mashinalari ishlab chiqarilmoqda.

Zavod hududida tashkil qilingan tayyorlov va malaka oshirish markazida yuk avtomobillariga texnik xizmat korsatadigan mexanik va chilangarlar oqitilmoqda. Korxonada xavfsiz va samarali boshqarish boyicha maxsus MAN ProfiDrive dasturi asosida ogir yuk kotaradigan mashinalar haydovchilari tayyorlanmoqda. Haydovchilarni ushbu tizim asosida oqitish yoqilgining 20-30 foizini tejash, harakatlantiruvchi qismlar va transmissiya elementlarining xizmat muddatini uzaytirish, avtomobilni xavfsiz boshqarish imkonini beradi.

Qirgiziston Respublikasi Prezidenti zamonaviy standartlarga muvofiq eng songgi texnologiyalar bilan jihozlangan va mamlakatimiz avtomobil sanoatining muvaffaqiyatini namoyon etadigan ushbu korxona faoliyatini yuqori baholadi.

Oliy martabali mehmon zavod hududida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy yengil avtomobillar, yuk mashinalari, traktor va boshqa qishloq xojaligi texnikalari bilan tanishdi.

Forumlar majmuasi saroyida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev ortasida muzokara bolib otdi.

Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atamboyevga Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti vafoti munosabati bilan chuqur taziya bildirgani uchun minnatdorlik izhor etdi. Islom Karimovning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirgani Ozbekiston xalqiga bolgan yuksak hurmat ifodasidir.

Almazbek Atamboyevning tashrifi Qirgiziston Ozbekiston bilan munosabatlarni kengaytirishga muhim ahamiyat berayotganidan dalolat ekani qayd etildi.

Qirgiziston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishonchli galaba qozongani bilan yana bir bor tabrikladi.

Prezidentlar siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish masalalarini muhokama etib, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik qator muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, tomonlar mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi hamkorlik masalalarini ham muhokama qildilar.

Afgonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish masalasini muhokama etish chogida ushbu jafokash zaminda tinchlik va osoyishtalikka erishish butun mintaqamizda xavfsizlikni taminlash, istiqbolli transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish, iqtisodiyotni yanada taraqqiy ettirish uchun muhim omil hisoblanishi takidlandi.

Davlat rahbarlari yaqin qoshnichilik va ozaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va uni sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyitish zarurligini takidladilar.

Tomonlar Ozbekiston va Qirgiziston tashqi siyosat mahkamalari ortasida 2016-2017 yillarga moljallangan hamkorlik dasturi yangi shakldagi siyosiy muloqotni yolga qoyishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik davlatlararo munosabatlarning muhim sohasi hisoblanadi.

Ushbu masalalar muhokamasida 2016 yilning otgan davrida ozaro tovar ayirboshlash hajmi 23 foiz osganiga qaramasdan, bu korsatkich yetarli darajada emasligi va ikki mamlakatning mavjud imkoniyatlariga mos kelmasligi qayd etildi.

Prezidentlar ikki yil davomida tovarlar turini tubdan kengaytirish va ozaro savdo hajmini 500 million dollargacha kopaytirish choralarini korish zarurligini takidladilar.

Shavkat Mirziyoyev buning uchun Qirgizistonga Ozbekistonda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy qishloq xojaligi texnikalari, yengil va yuk avtomobillari, avtobuslarni tizimli asosda yetkazib berish va ularga texnik xizmat korsatishni yolga qoyish lozimligini takidladi.

Bundan tashqari, qirgizistonlik sheriklarga azot, fosfor, kaliy va murakkab kompleks ogitlar, elektrotexnika mahsulotlari transformatorlar, barcha turdagi kabel-otkazgich mahsulotlar, maishiy texnika, shuningdek, tayyor toqimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari, preparatlar, mebel, oquv-laboratoriya jihozlari va boshqa sanoat mahsulotlari yetkazib berish taklif etildi.

Qirgiziston tomoni, oz navbatida, Ozbekistonga yetkazib berilayotgan tovarlar turini qayta korib chiqishi takidlandi.

Shu maqsadda ikki mamlakatning tegishli tuzilmalari ortasida togridan-togri uzoq muddatli hamkorlik ornatish zarurligi qayd etildi.

Mintaqada samarali transport yollarini rivojlantirish iqtisodiy hamkorlikning strategik yonalishi hisoblanadi. Masalan, Markaziy Osiyoni Qirgiziston hududi orqali Xitoy bilan boglaydigan qisqa temir yol nafaqat mamlakatlarimiz, balki butun mintaqaning tranzit salohiyatini sezilarli ravishda oshirish imkonini beradi.

Ozbekiston mutaxassislari Qirgiziston hududida bunday yonalishni loyihalashtirish va qurishda ishtirok etishga tayyor.

Davlat chegaralarini delimitatsiya qilish boyicha muzokaralar jarayonini tezlashtirish va yaqin vaqtda bu boradagi davlatlararo shartnomani imzolash togrisida kelishuvga erishildi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik ozaro munosabatlarning muhim sohalaridan biridir.

Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyev muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga kotarib, ozaro manfaatli hamkorlikning yangi sahifalarini ochishiga ishonch bildirdilar.

A.SAMADOV,

A.OROZOV,

OzA maxsus muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: