O'zb  
 
24.12.2016

XALQ DEPUTATLARI JIZZAX VILOYATI KENGASHINING SESSIYASI

2016 yil 23 dekabr kuni xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib otdi.

Sessiyada Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq sozladi.

Davlatimiz rahbari Jizzax viloyati ozining geografik joylashuvi, tabiiy iqlim sharoiti, iqtisodiy, kadrlar salohiyati bilan mamlakatimizning tarixi va bugungi hayotida ozining munosib orniga ega ekanini alohida ta’kidladi. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Jizzax tumanini Sharof Rashidov tumani deb ozgartirish togrisida qaror qabul qilganini aytdi.

Mustaqillik yillarida viloyat har tomonlama rivojlandi, uning shahar va qishloqlari yanada obod bolib, aholining turmush farovonligi oshdi. Hududda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida qurilish, qishloq xojaligi tarmoqlarida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda salmoqli natijalarga erishilmoqda.

Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 2013 yilda tashkil etilgan «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida otgan davr mobaynida qiymati 76 million dollarlik 14 loyiha hayotga tatbiq etildi. Hozirgi kunda ushbu hududdagi korxonalarda avtomobillar uchun tormoz kolodkasi, plazmali televizorlar, muzlatgich, elektr pechi, kir yuvish va tikuv mashinalari, gilam, polipropilen ip kabi yuqori texnologiyalarga asoslangan, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Sessiyada asosiy etibor Jizzax viloyatida amalga oshirilishi zarur bolgan masalalarga qaratildi.

Viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida oz yechimini kutayotgan muammo va masalalar anchagina. Bunday holat, ayniqsa, qishloq xojaligi sohasida yaqqol kozga tashlanmoqda, dedi Prezidentimiz. Joriy yilda viloyatda davlatga galla va paxta sotish shartnoma majburiyatlari bajarilmadi. Oqibatda 37 ming tonna galla, 26 ming tonna paxta davlat ehtiyoji uchun yetkazib berilmadi.

Viloyatning aksariyat tumanlarida chet el investitsiyasini keng jalb qilish, tashqi bozorga chiqish, eksport salohiyatini oshirish borasida kamchiliklarga yol qoyilayotir. Sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish va texnologik yangilash, oziq-ovqat, tayyor toqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan yangi korxonalar tashkil qilish, qurilish sohasini rivojlantirish borasidagi muammolar hamon bartaraf etilmagan.

Prezidentimiz qishloqlarda sanoatni rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlaydigan kichik korxonalar barpo etish bilan aholi bandligini taminlash masalalari qoniqarsiz ekanini alohida qayd etdi. Xususan, Arnasoy, Zafarobod, Zarbdor, Yangiobod, Gallaorol tumanlarida yangi sanoat korxonalari deyarli qurilmayotir.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishdagi sustkashlik, yangi korxonalarni ishga tushirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi loyihalar ijrosi talab darajasida emas.

Viloyatning barcha tumanlarida aholini ish bilan, yani daromad bilan taminlash imkoniyatlari mavjud. Masalan, Zomin tumanida dorivor osimliklardan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishning katta manbai mavjud bolaturib, bu imkoniyatdan yetarli foydalanilmayapti. Bunga oxshash misollarni boshqa tumanlardan ham keltirish mumkin.

Kelgusi besh yilda viloyatda eksport hajmini kamida 2 barobar, eksportchi korxonalarni 2,7 marta kopaytirish, eksportda ulushi past bolgan tumanlarning bu boradagi natijalarini yaxshilash yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boyicha topshiriqlar berildi. Qishloq xojaligini rivojlantirish va modernizatsiya qilish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilishi lozimligi takidlandi.

Sessiyada tashkiliy masala korildi. Boshqa ishga otgani munosabati bilan Sayfiddin Ismoilov Jizzax viloyati hokimi lavozimidan ozod qilindi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi departamenti mudiri vazifasida ishlab kelayotgan Ulugbek Uzoqov Jizzax viloyati hokimi etib saylandi.

Arnasoy tumani hokimi E.Soliyev, Zarbdor tumani hokimi I.Bobojonov, Jizzax shahar hokimi A.Toxtayev, Paxtakor tumanidagi Anvar-A fermer xojaligi rahbari, Ozbekiston Qahramoni A.Eshmatov va boshqalar Prezidentimiz nutqida Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yonalishlari har tomonlama tahlil etilib, istiqboldagi dolzarb vazifalar aniq belgilab berilganini, viloyat ahli bildirilgan tanqidiy fikrlardan togri xulosa chiqarib, barcha soha va tarmoqlar boyicha qabul qilingan dasturlarni izchil amalga oshirish va viloyatni yanada obod etish uchun astoydil mehnat qilishini takidladi.

M.ELMURODOV,

OzA maxsus muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: