O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.12.2016

OZBEKISTON PREZIDENTI QOZOGISTON TASHQI ISHLAR VAZIRINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 dekabr kuni Qozogiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, qardosh Qozogistonning rahbariyati va xalqini tarixiy sana — Qozogiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi bilan yana bir bor samimiy tabrikladi.

Ozbekiston bilan Qozogiston ortasida qaror topgan va chuqur tarixiy ildizlarga ega ishonchli va samarali munosabatlar mamlakatlarimiz va xalqlarimizning uzoq muddatli manfaatlariga javob berishi va ozaro hamkorlikning barcha yonalishlarida bugun jadal rivojlanayotgani ta’kidlandi.

Qozogiston tashqi ishlar vaziri samimiy qabul uchun Prezidentga minnatdorlik bildirib, davlatimiz rahbariga va Ozbekiston xalqiga Prezident Nursulton Nazarboyevning chuqur hurmat va ehtiromini yetkazdi.

Yerlan Idrisov davlatimiz rahbarini Prezident saylovida ishonchli galaba qozongani bilan yana bir bor muborakbod etdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz yaqin qoshni va vaqt sinovidan otgan hamkorlar sifatida Ozbekiston va Qozogistonda, butun Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashdan, iqtisodiy, ijtimoiy taraqqiyot va farovonlikdan birday manfaatdor ekani qayd etildi.

Shu nuqtai nazardan, Qozogistonning 2017-2018 yillarda BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga muvaqqat azo etib saylangani va bu Ozbekiston tomonidan keng qollab-quvvatlangani Markaziy Osiyo davlatlari manfaatlarini global miqyosda himoya qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Suhbat chogida tomonlar Ozbekiston Qozogiston munosabatlariga oid, avvalambor, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya sohalarida hamkorlikning barcha yonalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashdi. Xususan, savdo sohasida yirik sheriklar bolgan Ozbekiston va Qozogiston hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish, bu boradagi barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor ekani takidlandi.

Tomonlar ikki va kop tomonlama serqirra hamkorlikning bugungi darajasidan, mamlakatlarimiz hukumatlari, xojalik subyektlari va hududlari ortasidagi aloqalarning faolligidan mamnuniyat bildirib, Abadiy dostlik va Strategik sheriklik togrisidagi davlatlararo shartnomalar ruhida ozaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligini qayd etdilar.

Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: