O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
20.12.2016

YOSHLARNING CHIN DOSTI KIM?..

Tantanali yig‘ilish nihoyasiga yetdi. Men hamon televizor ekranidan koz uza olmasdim. Kutilmaganda qongiroq xayolimni boldi.

— Opajon, rahbarimizning gaplarini eshitdingizmi? Oqituvchilarning oldida turgan katta mas’uliyatni yana bir bor eslatganlariga etibor berdingizmi? Men ozimni, shogirdlarimni oylay boshladim. Ularga munosib muallimmanmi, degan savol yuragimni yondirdi. Men shunday oylayman: bolalarning umrini behuda otkazadigan, darsga tayyorgarliksiz keladigan, oquvchilarni oz farzandiday kormaydigan oqituvchining ishlashga haqqi yoq! Nima dedingiz?!..

Tuman hokimining orinbosari bolganimga endi bir yil tolyapti. Ungacha ottiz yil bolalarga ona tili va adabiyotdan dars berdim, rosa on yil 21-maktab rahbari bolib ishladim. Menga qongiroq qilgan ayol shu maktabdagi shogirdlarimdan biri biologiya fani oqituvchisi Manzura Begimqulova edi. Tashkilotchi, iqtidorli, jonkuyar. Unga javob berdimu telefonni qoydim. Oldimizda turgan vazifalarning keng kolamliligi, aniqligi, hayot singari teran va zaruriyat ekanligidan faxrlanayotgan, shu qatori «eplay olamizmi?», degan savolni qayta-qayta ozimga berayotgan edim. Keyingi kun Prezidentimizning Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 24 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi maruzasini gazetadan oqidim, qaytadan oqidim, keyin fikrimni bir joyga toplab, qolimga qalam oldim.

Qashqadaryo vohasining eng ulkan va eng kop aholi istiqomat qilayotgan tumanimizda keyingi paytda nimaga erishgan bolsak, ozimizniki. Men talim, yoshlar bilan ishlash sohasidagi ayrim qiyinchiliklar, etiborimizda turgan, tuzatishga urinayotgan kamchiliklarimizni qogozga tushira boshladim.

Birinchi mulohaza: tumandagi 177-maktabda minglab bola talim olyapti. Onlab maktabda turli fan oqituvchilari yetishmayapti. Ayniqsa, 70-maktabda 524 nafar oquvchi talim olayotgan bolsa, ularning 256 nafari qizlar. Ammo u yerda talim berayotgan oqituvchilarning bor-yogi 2 nafari ayol oqituvchi. Xuddi shu maktabning ayrim oquvchi qizlarini yosh turmushga uzatish hodisalari aniqlanib, tegishli choralar korilgan. Qush tilini qush biladi, deydilar. Ayol oqituvchilar koproq bolsachi?..

Ikkinchi mulohaza: Tuman hokimligi va prokuratura hamkorligida organib korilganda, Oqtonli qishlogidagi sanoat, agrobiznes va boshqa ayrim kollejlarda davomat pastligi, oquvchilar sababsiz mashgulotlarga kelishmayotgani aniqlangan. Bunday oquvchilar qaysi kasbni yaxshi egallashadi?..

Uchinchi mulohaza: Naymansaroy qishlogida viloyat xalq talim boshqarmasiga qarashli 19-sonli maxsus maktab-internat faoliyat korsatyapti. Unda tugma nogiron va nutqi nuqsonli bolalar ilm olishadi va yashashadi. Davlatimiz tomonidan yetarli mablag ajratilgan. Homiylari ibratli, tuman hokimligi doim xabar olib turadi. Yaqinda hokimimiz bolalarning holidan xabar olgani borgan ekan, ayrim oquvchilar sovuqda yupun kiyinganliklarini korib, qattiq ranjibdi. Nima yetishmaydi? Oqituvchilarning masuliyati, joni achishi! Malum bolishicha, muassasadagi 42 nafar oqituvchi-tarbiyachilarning faqat bittasi tili nuqsonli oquvchilar bilan ishlash boyicha mutaxassis, 12 nafari qayta tayyorgarlikdan otgan ekan. Tarbiyachilar orasida 29 nafari nomutaxassis, pedagogikadan bexabar kishilar ekan. Nega ahvol bu darajaga kelib qolgan?..

Boshqa mulohazalar ham kop. Biz bu kabi kamchiliklarni tuzatishga urinyapmiz. Biroq yuqori natijaga birdan erishib bolmaydi. Avvalo, barcha maktab va kollejlarda mutaxassis, tashabbuskor, izlanuvchan muallimlar ishlashiga erishishimiz lozim. Bu haqda Prezidentimiz shunday dedilar: Biz talim va tarbiya tizimining barcha boginlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni ozimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.

Bu hayotiy talabdan kelib chiqadigan bolsak, tumandagi kamchiliklarni tezlikda aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini korishimiz lozim. Maktab, kollej, ota-ona va mahalla hamkorligi bu borada hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shuning uchun ham tuman hokimi va ichki ishlar bolimi rahbarining yoshlar bilan ishlash boyicha orinbosarlari lavozimini joriy etishni hayotning ozi taqozo qilmoqda.

Kelajagimiz davomchilari bolgan yoshlarni kamolga yetkazish borasida qoyilayotgan vazifalar naqadar masuliyatli ekanligini yurakdan his qilyapman. Ota-ona, oqituvchi, mahalla faoli kim bolishidan qati nazar, agar yoshlarning qalbiga yol topa olmasa, ishida samara bolmaydi. Yoshlarning chin dosti bolishimiz lozim. Chin dostning qalbi ezgulikka limmo-lim boladi.

Durdona AKBAROVA,

Chiroqchi tuman hokimi orinbosari,

xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi deputati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: