O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
20.12.2016

MAQUL VA MANZUR REJALAR

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sanani umumxalq bayrami sifatida nishonlash mamlakatimizda qutlug an’anaga aylanib qoldi. Butun xalqimiz ushbu bayram arafasida otadigan tantanali yigilishni orziqish bilan kutadi.

Chunki ushbu anjumanda otayotgan yil davomida qilingan ishlar sarhisob etilib, Yangi yilga nom beriladi.

Xususan, 2017 yilning Xalq bilan muloqot va inson manfatlari yili, deb elon qilinishida katta mano bor. Demak, davlat organlarining fuqarolar bilan munosabatlari tubdan yaxshilanadi. Boshqacha qilib aytganda, bu borada amalga oshiriladigan ishlar aholining davlat va jamiyatga ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ayni paytda iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, madaniy-marifiy sohalarda amalga oshiriladigan barcha ishlar mamlakatimiz fuqarolarining manfaatlarini himoyalashga, hayotidan rozi bolib yashashiga xizmat qiladi.

Men oddiy fermerman. Shu bilan birgalikda, yer va mulkning, mehnatim tufayli orttirilgan daromad va foydaning egasiman. Shuning uchun jamiyatimizdagi ozgarishlarga, yangilanishlarga fermer nuqtai nazaridan, qishloqda yashaydigan fuqaro nuqtai nazaridan qarayman va baho beraman.

Bosh qomusimiz qabul qilingan kunning 24 yilligiga bagishlangan tantanali yigilishda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maruzasini diqqat bilan tingladim. Hal qilinishi kerak bolgan vazifalarning kolami keng, miqyosi katta ekaniga yana bir bor iqror boldim.

Maruzada aholimizning yarmidan kopi yashaydigan qishloq joylarda hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan fikrlarni diqqat bilan eshitdim, matbuotda oqidim. Ayniqsa, xomashyoni, eng avvalo, paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash boyicha aniq rejalar belgilanmoqda, degan sozlar menga ham, fermer xojaligimiz azolariga ham, juda maqul tushdi.

34 kishilik jamoamiz 265 gektar maydonda paxta va galla yetishtiradi. Har yili shartnomaviy majburiyatlarni oshirib bajarib kelayapmiz. Lekin hosildorlikning ham chegarasi bor. Faqat yerdan chiqqan hosilni sotish bilan shugullanadigan bolsak, turmushimizda jiddiy ozgarish bolmaydi.

Demak, bundan keyin ilgor texnologiyalarni joriy etishga, yetishtirgan hosilni qayta ishlash va uning tayyor mahsulot sifatida jahon bozorida sotilishiga ham etibor qaratishimiz lozim.

Shundagina daromad ortadi, dehqonning turmushi yanada farovonlashadi. Bir soz bilan aytganda, inson manfaatlarining himoyasi kuchayadi.

Eliboy TANIYEV,

Pastdargom tumanidagi «Umsin momo» fermer xojaligi rahbari,

Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan paxtakor, OzXDP faoli.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: