17.12.2016

O‘SMIRLARIMIZ YUTUG‘I

Shu kunlarda Limassol (Kipr)da sambo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati qizg‘in davom etmoqda. Unda mamlakatimiz yosh polvonlari to‘liq tarkib bilan qatnashyapti.

Bellashuvlarning dastlabki kunida hamyurtlarimizdan To‘rabek Ismoilov (72 kg) gilamga chiqdi. Umidli polvonimiz uchrashuvlarning barchasida muvaffaqiyat qozondi. To‘rabek hal qiluvchi bahsda rossiyalik Andrey Veselovni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning ikkinchi kunida iste’dodli sportchilarimizdan biri Komila Nurova (48 kg) munosib ishtirok etdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

Bahslar davom etmoqda.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

So‘nggi yangiliklar: