O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
17.12.2016

HAR BIR ISH ORNI UCHUN KURASHISHIMIZ ZARUR

Bugun jahonning turli hududlarida hukm surayotgan notinchlik, qator davlatlar taraqqayotini orqaga tortayotgan ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik, xunrezliklarning asosiy sabablaridan biri aholi bandligini ta’minlash masalasi bilan bog‘liq muammolarga borib taqalishi takidlanmoqda. Xalqaro ekspertlar ishsizlikni kamaytirishda eng muhim omil davlat va jamiyat say-harakatlarini birlashtirish ekanini aytishyapti.

Demak, mehnat bozorida faol siyosat olib borish, ish orinlarini saqlab qolish va yangilarini tashkil etish bugunning dolzarb vazifasiga aylandi.

Xabaringiz bor, Oliy Majlis Senatining sakkizinchi yalpi majlisida 2017 yilda aholi bandligini taminlash dasturi tasdiqlandi.

Unga kora, kelgusi yilda sanoatda (131,1 ming), xizmatlar sohasida (69,5 ming), qishloq xojaligida (55,8 ming), qurilishda va infratuzilma loyihalarida (88,9 ming), shuningdek, bosh turgan korxonalar faoliyatini tiklash hisobiga (44 ming) yangi ish orinlari tashkil etish, shu orqali 389,3 ming kishini doimiy ish bilan taminlash nazarda tutilmoqda.

Bu keng qamrovli Dasturdan xalqimiz, mamlakatimizdagi deyarli har bir oila manfaatdor, albatta. Ayniqsa, bu Dastur talim dargohlarini tamomlab, hayotga umid bilan kirib kelayotgan yoshlarimizning kelajagi, taqdirida muhim orin tutadi.

Oliy Majlis Senati azolari bilan 2017 yilda aholi bandligini taminlash dasturi, uning oziga xos xususiyatlari, ahamiyati haqida suhbatlashdik.

Maqsuda VORISOVA, Oliy Majlis Senati azosi:

— Odamlarning munosib ish orniga ega bolishi jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni taminlashda muhim ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda har yili aholi bandligini taminlash, barqaror ish orinlari tashkil etish, hududlarda mehnat resurslaridan yanada toliq va oqilona foydalanishga qaratilgan tegishli dasturlar qabul qilinadi.

Avvalo, takidlash kerakki, Dasturdademografik omillar va iqtisodiyotdagi tarkibiy ozgarishlar hisobga olingan. Unda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari salohiyatini ishga solish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, shular orqali aholi bandligini taminlash boyicha ozaro boglangan va kompleks chora-tadbirlar kozda tutilgan.

Kelgusi yilda aholining ozini ish bilan taminlashini ragbatlantirish hisobiga 308,6 ming fuqaroda, shu jumladan shaxsiy yordamchi va dehqon xojaliklarida 272,7 ming kishida, hunarmandchilikda va oilaviy tadbirkorlikda 35,9 ming kishida daromad manbalari paydo boladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasida 97,7 ming ish orni yaratiladi. Qishloq xojaligida va qurilishda yiliga ortacha 199,1 ming kishi mavsumiy hamda vaqtinchalik ish orinlari bilan taminlanadi.

Ish orinlarini yaratishda investitsiya dasturi, sanoatni ustuvor rivojlantirish dasturlari, sanoat zonalarini yaratish va ular faoliyatini tashkil etish, qurilish tashkilotlarini rivojlantirish, toqimachilik va boshqa tarmoqlarni modernizatsiyalash, qishloq xojaligida ishlab chiqarish, xizmat korsatish va servis sohasini kengaytirish asosiy omil boladi.

Aytish kerakki, Navoiy, Toshkent va Jizzax viloyatlarida maxsus industrial zonalarning faoliyat yuritishi barqaror yangi ish orinlari tashkil etishda muhim orin tutadi. Natijada iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida (transport, qurilish, ijtimoiy infratuzilmada) ish orinlari ochilishi kafolati ham mustahkamlanadi.

Yana bir masalani alohida takidlash kerakki, kichik biznes, oilaviy va yakka tartibdagi tadbirkorlik, dehqon va fermer xojaliklarida aholini ishga joylashtirishning real, maqbul shakllari tanlab olindi.

Uy mehnati bilan bandlikning sezilarli qismi ananaviy milliy hunarmandchilik markazlari hisoblanuvchi mintaqalarda – Buxoro, Fargona, Qashqadaryo, Xorazm, Namangan, Samarqand viloyatlarida tashkil etiladi.

Aholi bandligini taminlash bilan bogliq jarayonlar yildan-yilga takomillashib bormoqda, dasturning korsatkichlarini iqtisodiy jihatdan asoslash, yaratilayotgan ish orinlarining haqqoniyligini oshirish boyicha har yili jiddiy choralar korilyapti. Dasturning ijrosini taminlashga har birimiz masulmiz.

Razzoq OSTONOV, Oliy Majlis Senati azosi:

Tan olish kerak,dastur ijrosini sifatli tashkil qilish eng dolzarb vazifa bolib qolyapti. Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida har yili tegishli chora-tadbirlar belgilanyapti.

Kelgusi yilda band bolmagan aholi va ishsizlarga, birinchi navbatda yoshlarga, xotin-qizlarga, imkoniyati cheklangan shaxslarga kasb-hunarga qayta tayyorlash va ishga joylashtirish xizmatlari korsatiladi. Buning uchun Toshkent va Samarqand shaharlarida Kasb-hunarga oqitish markazlari (KOIKA)ning imkoniyatlaridan toliq foydalaniladi. Ushbu markazlarda hamda bazaviy kasb-hunar kollejlarida ishsiz fuqarolar mashinasozlik, elektrotexnika, avtomobillarga texnik xizmat korsatish yonalishlarida qayta oqitiladi va malakasi oshiriladi.

Bundan tashqari, 2017 yilda 508,8 ming nafardan ziyod kasb-hunar kollejlari va oliy oquv yurtlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish moljallangan. Kelgusi yil kollej bitiruvchilarining bandligini taminlash boyicha yangi uslublar ham qollaniladi.

Masalan, maxsus internet portalida «Oz biznesingni yarat» ruknini joylashtirish belgilangan. Shuningdek, Biznes goya tizimini joriy etish moljallangan. Bunda tadbirkorlarning yoshlarni qollab-quvvatlashi nazarda tutilgan.

Umuman olganda, 2017 yilda korxonalar (ish beruvchilar), kollejlar, bitiruvchilar va ularning ota-onalari tomonidan imzolanadigan tort tomonlama shartnomalarning haqqoniyligini taminlashga jiddiy etibor beriladi. Kollej bitiruvchilarini ishga qabul qilganlik uchun kichik korxonalarga taqdim etilgan imtiyozlardan tolaroq foydalaniladi, barcha viloyatlar markazlarida, yirik shahar va tumanlarda salohiyatli ish beruvchilar ishtirokida ixtisoslashtirilgan bosh ish orinlari yarmarkalari otkaziladi. Tijorat banklari tomonidan yoshlarning oz ishini boshlashi va yuritishi uchun imtiyozli kreditlar ajratish amaliyoti izchil davom ettiriladi.

Zaynab BERDIYEVA, Oliy Majlis Senati azosi:

Bandlik dasturi mamlakatimiz taraqqiyoti, oilalar farovonligi bilan bogliq eng muhim hujjatlardan biri. Shuning uchun uning ijrosini taminlashda hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib intilishimiz kerak.

Dasturning ijro mexanizmini takomillashtirish masalasiga ham alohida urgu berilyapti. Jumladan, kelasi yil Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qomitasi, Davlat soliq qomitasining elektron axborot tizimidan foydalanilib, dasturning tuman va shaharlar, tarmoqlar va aniq korxonalar boyicha bajarilishi doimiy monitoring qilinadi.

Dastur ijrosi real vaqt rejimida tahlil etib boriladi. Ushbu mexanizm ortda qolish kuzatilgan korxonalar va tarmoqlarni, tuman va shaharlarni aniqlash imkonini beradi. Shu orqali qoshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish mumkin boladi.

Shuningdek, mahalliy hokimliklar huzuridagi tegishli komissiyalar faoliyati yanada kuchaytiriladi. Masalan, ular tomonidan otkaziladigan yigilishlar (tuman darajasida ikki haftada kamida bir marta, viloyat hokimligi darajasida bir oyda kamida bir marta) jadvallari tasdiqlanadi. Viloyat darajasidagi bitta yigilishda kamida 2-3 tumandagi tegishli muammoli loyihalarni, tuman darajasida esa kamida 10-15 muammoli holatlarni korib chiqish belgilangan.

Komissiyalarning tasdiqlangan bayonlari va ularni bajarish boyicha nazorat-rejalari Mehnat vazirligi saytiga joylashtiriladi. Ana shu chora-tadbirlarning barchasi Dastur ijrosini taminlashda, xalqimizning turmush farovonligini oshirishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: