O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
17.12.2016

ODAMLARNI ROZI QILISH

demokratik islohotlarning bosh mezoni

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagishlangan Oliy Majlis palatalarining qoshma majlisidagi nutqida mamlakatimizni kelgusi yillarda izchil rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish, ularni oylantirayotgan muammolarni kechiktirmasdan hal etish bilan bogliq muhim masalalar kotarildi, aniq vazifalar belgilandi. Majlisda ilgari surilgan fikrlar xalqimizning yuragiga yetib bordi, odamlarimizning konglini kotardi, ertangi kunga bolgan ishonchini yanada mustahkamladi.

Prezidentimiz belgilab bergan bugungi kunimiz uchun nihoyatda dolzarb masalalar Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining faollari, deputatlar, ekspertlar tomonidan chuqur organilmoqda.

Komila KAROMOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi a’zosi:

— Qoshma majlisda jamiyatimizning barcha sohalarini jadal rivojlantirish, odamlar uchun yaxshi turmush sharoitlarini yaratish, xususan, ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasida muhim masalalar ortaga tashlandi. Ayniqsa, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati oldiga qoyilgan dolzarb vazifalar jamiyat rivojida katta ahamiyatga ega, deb oylayman.

Xususan, parlament va jamoatchilik nazoratining tasirchan mexanizmlarini shakllantirish maqsadida shahar va tumanlarda haqiqiy ahvolni organib, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyalari muhokamasiga kiritish tartibini joriy etish taklif etilgani biz deputatlar zimmasiga ulkan masuliyat yuklaydi. Bu, birinchi navbatda bizga ishonib ovoz bergan saylovchilarning manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini organish va hal etish, shu bilan birga, ijro hokimiyati masuliyatini kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega.

«Parlament nazorati togrisida»gi qonunning ijrosini barcha sohalarda monitoring qilish parlamentning jamiyatimiz hayotidagi tasir kuchini yanada oshirishga xizmat qiladi. Chunki parlament mamlakatda kechayotgan har bir ozgarish va yangilanishlarning boshida bolib, mavjud muammolarni bartaraf etishda asosiy mexanizm vazifasini otashi kerak.

Bunda aynan mahalliy Kengashlardagi deputatlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish muhim orin tutadi. Fikrimcha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi har bir fraksiya ozining xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlik birlashmalari bilan tez-tez uchrashib, joylardagi muammolarni hal etish boyicha takliflar tayyorlashi, ijro hokimiyatining masuliyatini oshirishga etibor qaratishi lozim.

Barcha masalalarni faqatgina ijro hokimiyatiga yuklab qoymasdan, mahalliy Kengashlardagi deputatlar ham oz pozitsiyasini bildirishi, amaliy natijalar uchun tinimsiz harakat qilishi lozim.

Hasan NORMURODOV, Nuroniy jamgarmasi Samarqand viloyati bolimi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Qoshma majlisda keksalarga etibor korsatish, ularning konglini olish, ijtimoiy taminotini kuchaytirish masalalariga ham alohida etibor qaratildi. Prezidentimiz, jumladan, shunday dedi: ... yoshi ulug insonlar, katta avlod vakillariga etibor va amaliy gamxorlikni kuchaytirish, ularning pensiyalarini oshirish, tibbiy xizmat va ijtimoiy-maishiy taminotini yaxshilash bundan buyon ham Prezident uchun, Hukumatimiz va barcha hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifalardan biri bolib qoladi.

Albatta, keksalari ezozlangan, qadrlangan xalq zavol kormaydi. Yoshi ulug insonlarning konglini olgan rahbar doimo xalqi ardogida boladi.

Takidlanganidek, pensionerlar, yolgiz qariya va nogironlarga davlat komagini kuchaytirish boyicha ayni paytda keng qamrovli chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan va hayotga izchil tatbiq etiladi.

Bu borada Nuroniy jamgarmasi oldida ham juda katta vazifalar turibdi. Nutqda ushbu tuzilmaning qamrovini kengaytirish, xodimlar shtatlarini kopaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, boyicha koplab ishlar qilinishi qayd etildi.

Nuroniy jamgarmasi keksalarimizning haqiqiy gamxori va komakchisiga aylanishi kerak. Shundagina uning odamlar, jamiyat hayotidagi orni yanada oshadi. Chunki bu jamgarma faollari odamlar ichiga kirib borgan: qayerda qanday kamchilik bor, kim yordamga muhtoj, kimning salomatligi yoq, bularning barchasidan yaxshi xabardor.

Farzandlarimizni, nabiralarimizni har tomonlama bilimli, zukko, vataniga sadoqatli, ota-onasini hurmat qiladigan, oldiga yuqori maqsadlar qoya oladigan insonlar qilib kamolga yetkazish bizning burchimiz.

Biz buni yaxshi anglab, bilib turibmiz. Ayrim hollarda farzandlarimizni notogri yolga kirib ketishidan asrab qololmayotgan paytlarimiz ham yoq emas. Demak, biz oiladagi, farzandlar, nabiralar tarbiyasidagi tasir kuchimizni yanada oshirishimiz kerak, deb oylayman.

Muqaddas RAHMATULLAYEVA, Toshkent shahridagi 44-oilaviy poliklinika bosh shifokori, xalq deputatlari shahar Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Prezidentimiz deyarli har bir chiqishlarida sogliqni saqlash tizimi oldida turgan ustuvor vazifalar, yol qoyilayotgan kamchiliklar, mavjud muammolar haqida kuyunib gapirayaptilar. Bu bejiz emas, albatta. Chunki bugun haqiqatan ham, tibbiyot tizimini zamon talablari darajasiga kotarish, aholiga tibbiy xizmat korsatish sifatini tubdan yaxshilash dolzarb vazifa sanaladi.

Aholining salomatligi mustahkam bolsa, soglom avlod kamolga yetadi, odamlar ertangi kun haqida qayguradi, oylaydi.

Qoshma majlisdagi nutqda quyidagi fikrlar aytildi: Biz uchun bebaho boylik bolgan inson salomatligini asrash maqsadida sogliqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning birlamchi boginidagi bolinmalari va qishloq vrachlik punktlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, tez tibbiy yordam va yuqori texnologiyalar asosida xizmat korsatadigan, ixtisoslashgan maxsus markazlarni yanada rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish Hukumatning etibor markazida bolishi darkor.

Xuddi qishloq vrachlik punktlari singari oilaviy poliklinikalar ham aholining salomatligini muhofaza qilishda muhim orin tutadi. Chunki bu tuzilma bevosita oilalarga kirib borishi, har bir oila azosining salomatligini organishi va tezda zarur choralarni korishi lozim.

Biroq tan olish kerak, biz, tibbiyot xodimlari oz zimmamizga yuklatilgan vazifalarni tola-tokis ado etayapmiz, deb ayta olmayman. Malakali mutaxassislarning yetishmasligi, dori-darmon taminoti, xodimlarimizning aholiga xizmat madaniyatini oshirish masalalarida kamchiliklar oz emas. Zamon oldimizga qoyayotgan talablardan kelib chiqib, ishimizni tubdan qayta korib chiqishimiz, aholi salomatligini asrashda fidoyi bolib xizmat qilishimiz zarur.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Nurali ORIPOV yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: