O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
17.12.2016

PREZIDENT BUYUK BRITANIYA TASHQI ISHLAR VAZIRI ORINBOSARINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 dekabr kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlar vazirining orinbosari Alan Dunkanni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafot etgan qayguli kunlarda Ozbekiston xalqiga chuqur hamdarlik bildirgani va qollab-quvvatlagani uchun Britaniya hukumatiga samimiy minnatdorlik izhor etdi. Alan Dunkan Samarqandga tashrifi chogida Buyuk Britaniya rahbariyati nomidan Birinchi Prezidentimiz qabrini ziyorat qilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirgani Ozbekistonda yuksak qadrlanadi.

Ozbekiston Buyuk Britaniyani jahon siyosati va iqtisodiyotida muhim orin tutadigan davlat, deb biladi va siyosiy, iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ushbu mamlakat bilan ozaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish, xalqaro maydonda, jumladan, mintaqaviy xavfsizlik masalalari boyicha hamkorlikni mustahkamlashga alohida ahamiyat qaratadi.

Alan Dunkan, oz navbatida, Shavkat Mirziyoyevni Prezident saylovida ishonchli galaba qozongani bilan muborakbod etdi. Buyuk Britaniya davlatimiz rahbari boshlagan islohotlar dasturini qollab-quvvatlashi va Ozbekistonning yangi rahbariyati bilan Ozbekiston — Britaniya ortasidagi serqirra hamkorlikni mustahkamlash va yanada kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Uchrashuvda Ozbekiston Buyuk Britaniya hamkorligining barcha yonalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Suhbat chogida bugungi kunda ulkan imkoniyatlar mavjud bolgan savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni faollashtirish yanada muhim ahamiyat kasb etishi takidlandi.

Ayni paytda Ozbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida Buyuk Britaniya kapitali ishtirokida tuzilgan 544 korxona faoliyat yuritmoqda.

Joriy yil 17 noyabr kuni Britaniyaning 30 dan ortiq kompaniyasi vakillari ishtirokidagi Ozbekiston Buyuk Britaniya savdo va sanoat kengashining 23-majlisi samarali otdi. Uning yakunlari mamlakatimizda barcha jabhalarda hayotga tatbiq etilayotgan keng kolamli islohotlar, xususan, songgi yillarda biznes muhitni yaxshilash va xususiy tadbirkorlik rolini kengaytirishga qaratilgan qarorlar samarasida ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalarining jadal rivojlanib borayotgan Ozbekiston bozoriga qiziqishi ortayotganidan dalolat beradi.

Tomonlar madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi holatini, jumladan, Xalqaro Vestminster universiteti, Kembrij universiteti ishtirokidagi Yuqori texnologiyalar markazi hamda Britaniya kengashi vakolatxonasining mamlakatimizdagi faoliyatini yuqori baholadilar. Ozbekistonda, ayniqsa, yoshlar ortasida ingliz tilini organishga qiziqish ortib borayotgani inobatga olinib, ushbu yonalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.

Suhbatda Ozbekiston Buyuk Britaniya hamkorligiga doir boshqa masalalar ham muhokama etildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: