O'zb  
 
15.12.2016

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagishlangan Oliy Majlis Palatalarining qoshma majlisi togrisida AXBOROT

Toshkentda 2016 yil 14 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagishlangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoshma majlisi bolib otdi.

Tantanali marosimda Ozbekiston Respublikasi hukumati a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Markaziy saylov komissiyasi azolari, mamlakatimizdagi xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qoshma majlisni Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov ochdi. U yurtdoshlarimiz ozining yuksak siyosiy madaniyati, Vatanimiz taqdiriga daxldorlik tuygusini namoyon etib, 2016 yil 4 dekabr kuni bolib otgan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol qatnashganini takidladi. Saylov jarayonini 5 xalqaro tashkilot va 46 davlatdan 600 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib bordi. Bu Ozbekiston Prezidenti saylovi demokratik talablarga tola mos tarzda, milliy saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar doirasida, ochiq va oshkora otganining yorqin dalilidir.

Yuksak saviyada otgan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasi nomzodi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev saylovchilar umumiy sonining 88,61 foiz ovozini olib golib boldi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi zalda hozir bolganlar va saylovchilar nomidan Shavkat Mirziyoyevni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan samimiy tabrikladi va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasini, Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirdi.

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga muvofiq Prezident Shavkat Mirziyoyev qasamyod qildi: “Ozbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qatiy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”.

Ozbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.

Tantanali marosimda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq sozladi.

Shu bilan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimi yakunlandi.

Tanaffusdan song Oliy Majlis palatalarining qoshma majlisida Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodni tasdiqlash masalasi korib chiqildi.

Majlisni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri N.Ismoilov boshqardi.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 98-moddasiga asosan Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng kop deputatlik ornini olgan siyosiy partiya tomonidan korib chiqish uchun Ozbekiston Respublikasi Prezidentiga tavsiya etiladi. Shunga muvofiq Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining yaqinda bolib otgan yigilishida Bosh vazir lavozimiga nomzod korsatildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga mamlakatimiz Bosh vazirining orinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini tavsiya etdi.

Biz bu masala boyicha juda kop oylab, tegishli maslahatlar qildik. Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasi rahbariyati va faollari bilan ham atroflicha maslahatlashdik, dedi Shavkat Mirziyoyev. Otkazilgan muhokamalarda bildirilgan barcha fikr-mulohazalarni etiborga olgan holda, men ushbu lavozimga ham amaliy sohada, ham markaziy idoralarda kop yillik boshqaruv tajribasiga ega bolgan, 11 yil davomida Bosh vazirning orinbosari bolib ishlagan Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini tavsiya etaman.

Davlatimiz rahbari yigilganlarni A.Aripovning tarjimai holi bilan tanishtirdi. Nomzodning kasb malakasi, bilim va tajribasi, insoniy fazilatlari haqida gapirdi.

Barchamiz yaxshi bilamiz, hozirgi paytda butun dunyoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari davri, dedi Shavkat Mirziyoyev. Bu soha soat sayin shiddat bilan rivojlanmoqda. Hozirgi kunimiz va kelajagimizni, bu soha rivojisiz tasavvur qilish mumkin emas.

Bugungi kunda mamlakatimizda Elektron hukumat tizimiga otish borasida juda katta ishlar boshlangan va ularni bosqichma-bosqich mantiqiy davom ettirish muhim vazifa sifatida kun tartibida doimiy tarzda turadi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi qanchalik rivoj topgani sari, uning afzalligi va qulayliklaridan foydalanish bilan bir qatorda, butun mamlakatimizda axborot xavfsizligini taminlash eng dolzarb masalaga aylanib bormoqda.

Shu bilan bir qatorda, keyingi ikki oy davomida Bosh vazirning elektron portaliga tushgan 270 mingdan ortiq murojaat, shuningdek, yangi tashkil etilayotgan Xalq qabulxonalariga boladigan murojaatlarning yechimi boyicha ham aniq va tezkor ish tizimini yaratish talab etiladi. Bu ishlarga hukumat rahbarining shaxsan ozi bosh-qosh bolishi zarur, dedi Prezidentimiz.

Abdulla Aripovning bevosita xizmat vakolatiga kirmaydigan qoshimcha vazifalarni ham topshirib, bu insonni kop marotaba har tomonlama sinovdan otkazganman.

Bu kishining yurtimizda bormagan viloyat, shahar yoki tumani, kirmagan dalasi, qurilish, madaniy-maishiy, savdo obyektlari qolmagan. Shuning uchun mamlakatimiz hududlaridagi shart-sharoitni, muammo va masalalarni juda yaxshi biladi. Eng asosiysi, borgan va korgan joyidagi masalani ozi mustaqil hal qiladi, agar ozi yecholmasa, aniq taklif beradi.

Davlatimiz rahbari A.Aripovning xushmuomalaligi, odamlar bilan til topisha olish qobiliyati, muammo va masalani eshitish va negiziga yetib, uning yechimi boyicha adolatli qaror qabul qilish salohiyatini alohida takidladi.

A.Aripov bugungi kunda oldimizda turgan juda katta masalalarni hal etishda, yani mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni yangi bosqichga kotarish, qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taminlash boyicha dasturiy vazifalarni amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasi faoliyatini samarali asosda tashkil etish, Bosh vazir orinbosarlari, hukumat azolari, vazirlik va idoralar, barcha darajadagi hokimliklar rahbarlari bilan bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihat bolib ishlash salohiyatiga ega. U oziga yuklatilgan har qanday topshiriqqa, katta yoki kichik demasdan, bir xil masuliyat bilan yondashadi, sozsiz bajarish va mantiqiy yakuniga yetkazish choralarini koradi.

Yana bir olijanob xislati halolligi, odamlarga doimo hurmat bilan qarashi, ularning dardiga darmon bolishga intilishi, Vatanimiz va xalqimizga sadoqatidir.

Siz, hurmatli deputat va senatorlardan, Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tavsiya etilayotgan Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini qollab-quvvatlashingizni sorayman, dedi davlatimiz rahbari.

A.Aripov Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin va orta istiqbolga moljallangan Harakat dasturi haqida nutq sozladi.

Majlisda sozga chiqqanlar Prezidentimizning maruzasida bayon etilgan ustuvor yonalishlarni qollab-quvvatladi. Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tavsiya etilgan A.Aripov nomzodini maqulladi. Oliy Majlis palatalari Abdulla Aripovni Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tasdiqlash togrisida qaror qabul qildi.

Shu bilan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoshma majlisi yakunlandi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: