O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.12.2016

XALQ BILAN FIKRLASHGAN ODAM KAM BOLMAYDI

Hayot hech qachon bir joyda to‘xtab qolmaydi. U har doim, kerak bolsa, har kuni, har soatda ozgaradi, rivojlanadi, zimmamizga yangidan-yangi vazifalar yuklaydi. Bu azaliy qonuniyatni boyniga olmagan odam bir kun kelib qattiq yanglishganini, xatoga yol qoyganini tushunadi, zamon shiddati va taraqqiyotdan orqada qoladi.

EZGU MAQSADGA ISHONCH

Konstitutsiyamizning 24 yilligiga bagishlangan tantanali marosimda Ozbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’ruzasida bildirilgan otkir fikr-mulohazalar, uzoqni kozlab aytilgan takliflar barcha darajadagi rahbarlar, parlament azolari, senatorlar, umuman, har birimizni oz ishimizga xolis baho berishga, kerakli xulosalar chiqarishga undadi. Kelayotgan yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb belgilanishi, ushbu taklifning mamlakatimiz jamoatchiligi tomonidan faol qollab-quvvatlanishi yangicha fikrlab ishlash, vazifalarimizga munosabatni tubdan ozgartirish nihoyatda zarur ekanini korsatdi.

Otgan yili Oliy Majlis Qonunchilik palatasining dastlabki tashkiliy yigilishida Birinchi Prezidentimiz buyuk faoliyati davomida ozi doim amal qilgan bir haqiqatni hammamizga yana bir bor eslatgan edi:

...Kimki hayotning taraqqiyot suratlari bilan hamqadam bolmasa, unga loqayd va bepisand qarasa, erishgan yutuqlariga mahliyo bolib, xotirjamlik va havolanish kayfiyatiga berilsa, hech shubhasiz, tez ozgarib borayotgan tarixning bir chekkasida, qoloqlik va armonda qolib ketadi. Bu – hayotning beshafqat, achchiq haqiqati va biz buni aslo unutmasligimiz kerak...

Bu sozlar Konstitutsiyamizning 24 yilligiga bagishlangan tantanali marosimda oldimizga qoyilgan aniq vazifalar bilan naqadar uygun va hamohang ekani bizni doim oylashga, qatiyatli va irodali bolishga davat etadi.

Vaqtida tuzatilmagan xato, kamchilik odamni doim taqib qiladi. Bugun bolmasa, ertaga, hozir bolmasa, keyinroq, lekin baribir, oyogimizdan chaladi. Kichik, arzimasdek koringan masalalar hal etilmagach, kattalashadi, bora-bora muammoga aylanadi, gazak oladi. Davlat va jamiyat taraqqiyotiga zil-zambil tosiq boladi.

Mahalliy hokimlarning xalq oldida hisobot berishi, deputatlar va senatorlarning joylardagi muammolarni izchil organishi odamlarni oylantirib kelayotgan masalalarga yechim topishda, vakillik hokimiyati va ijro hokimiyatining bir-biriga muvofiq faoliyat yuritishida, inson manfaatlarining ishonchli himoya qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu orinda haqli bir savol tugiladi: agar katta-kichik rahbarlar, xalq vakillari eskicha fikr, allaqachon umrini otab bolgan dunyoqarash bilan faoliyat korsatsa, shunga tayanib qaror chiqarsa, nima boladi?.. Agar deputat va senatorlar ozlariga bildirilgan ishonchni vakolat, deb tushunsa, niyatimga yetdim, endi xotirjam yursam bolaveradi, imkon qadar ozimga qulaylik yaratishim kerak, nima bolsa ham mening jonim qiynalmasin, deb xato oylasa, hokimning fikri bir joyda qotib qolgan bolsa, ish yurishmaydi, islohotlarda samara bolmaydi, albatta.

Ayniqsa, bunday zararli kayfiyat yoshlarga, ularning etiqodi va ishonchiga qattiq zarba beradi. Yangilikka, ozgarish va rivojlanishga intiluvchan qalblardagi olovning tafti pasayadi, umidlar chilparchin boladi. Bunday murakkab sharoitda yoshlarning boshi gangib qoladi.

Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi, degan xalqona naql bejiz aytilmas ekan. Ezgu niyat bilan tashkil etilgan Bosh vazirning virtual qabulxonasiga tushayotgan murojaatlar, savol va takliflar bu gapning haqiqat ekanini yana bir bor tasdiqladi, kozimizni ochdi, desak, togri boladi. Muammolarni ochiq aytib, muhokama qilish, ularning yechimiga birgalikda chora izlash hayotning qatiy talabi, haqiqatning yuziga tik qarab gapirish esa mard odamning ishidir.

Xudoga shukr, mamlakat mustaqil, qolgani sekin-asta boladi-da, degan xulosa bugungi kunda hech bir sohaga mutlaqo togri kelmaydi. Oliy nematimiz Mustaqilligimizni asrab-avaylash va mustahkamlash haqida, ona yurtimizning jahon hamjamiyatidagi orni, mavqei, kelajagi haqida har kun, har daqiqa oylamasa bolmaydi. Dunyoda roy berayotgan bir-biridan chigal voqea-hodisalarni korib, xulosa qilib turibmiz. Bu haqda ortiqcha gapirib otirishga hojat yoq, albatta. Bugun xalqlar va davlatlar oz obrosi, rizqi va kerak bolsa, oz haq-huquqi uchun kechayu kunduz kurashyapti. Investitsiya jalb qilish, yangi texnologiyalar yaratish, dunyo nigohida mamlakatning jozibador qiyofasi, imijini shakllantirish, boshqalarni oziga mahliyo qilib, bozorda koproq, kengroq orin egallash, kattaroq foyda korish, har tomonlama munosib turmush kechirish haqida oylayapti va bu tabiiydir.

Olimu mutaxassislarning takidlashicha, bugun har qanday mamlakat ravnaqi tabiiy boyliklar bilan emas, balki u yerda yashayotgan odamlarning salohiyati, yangilikka intiluvchanligi, zamonaviy fikrlashi, imkoniyatlar izlab topish qobiliyati, bir soz bilan aytganda, inson omili bilan bogliq bolib qolmoqda.

Ozimizga tasavvur qilib koraylik. Odamlar qachon yangilikka, yaxshilikka, taraqqiyotga jon dili bilan intiladi? Qachon haq-huquqini, mamlakat qonunlarini, adolatni qattiq turib himoya qiladi? Qachon mayda ikir-chikirlar bilan oralashib qolmay, aksincha, munosib turmushni orzu qilib, yuksak manaviyatli hayotga talpinadi?

Albatta, bu savollarga javob berish ancha murakkab. Lekin shunisi aniqki, oz salohiyati, irodasi, orzulariga ishongan odam kuchli boladi. Inson bu hayotda astoydil harakat qilib, aniq natijaga erishishiga ishonsa, qolidan kop ish keladi, ozgarishga, ozgartirishga, manfaatlarini himoya qilishga qodir boladi. Inson taklifi hisobga olinishini bilsa, uni aytadi, hal etilishini bilsa, murojaat qiladi.

Bularning hammasi qachon roy beradi? Qachonki jamoat oz hokimi, noziri, deputati, senatorini qarshisida korsa, hamma hamjihat ekanini bilsa, uning kuchiga kuch, ishonchiga ishonch qoshiladi.

ODAMLAR KUTGAN, ORZU QILGAN MULOQOT

Xalqimizning tabiati shunday: har bir ishda rahbardan, oz vakillaridan ornak va ibrat oladi. Bir vaziyat yuzaga kelsa, eng avval ularning fikrini kutadi. Yaxshilik korsa, hech qachon unutmaydi. Hokimini ham, deputatini ham boshida kotaradi. Bunga hayotda kop guvoh bolganmiz.

Hammamizning xabarimiz bor, hukumat tashabbusi bilan hokimliklarning televideniye orqali aholi bilan jonli muloqot qilishi oxirgi yillarda ananaga, yaxshi odatga aylanib borayapti. Bu tajribani jamoatchiligimiz mamlakatimizning barcha hududida faol qollab-quvvatladi. Ochiq muloqotlarda aksariyat hollarda ijtimoiy, kundalik turmush bilan bogliq masalalar muhokama etilgani uchun onaxonlar, xotin-qizlarimiz ham bu tadbirga katta qiziqish bilan qarashdi. Bu korsatuvlar hatto xorij seriallaridan ham koproq muxlis yiqqani bejiz emas. Xabar tarqatuvchi internet saytlar otgan yili bu haqda bir necha marta qiziqib yozishgan edi.

Bundan qanday xulosa kelib chiqadi? Demak, odamlarimizning dunyoqarashi osgan, fikrlash doirasi kengaygan, fuqarolik manaviyati yuksalgan. Xalqimiz hayotdan uzoq, kundalik turmushga togridan-togri aloqasi bolmagan balandparvoz gaplarni yoqtirmaydi. Buning uchun chuqur, asosli, jiddiy sabablar bor. Ochigi, sovet zamonida xalqimiz osmonopar shiorlardan, qizil gaplardan charchab, bezib ketgan. Odamlar hozir aniq vazifa, aniq maqsad, boshqacha aytganda, aniq savolga aniq javob kutyapti.

Yashayotgan kocha-yu mahallasi, farzandlari oqiyotgan maktabu kollej, gaz, elektr taminoti, yol sozlanishi, ish orni yaratilishi, murojaatlar tinglanishi, takliflar hurmat qilinishi va hisobga olinishi haqidagi gaplarni odamlar jon deb, butun vujudi quloqqa aylanib eshitadi. Vaziyat ochiq-oydin tushuntirilsa, rost gapirilsa, muammo hal bolguncha kutadi, imkoni bolsa, yordam beradi.

Televizor orqali hokimini korib tinglagan odamlar uni qarshisida korsa, koproq ishonadi, qollab-quvvatlaydi, mehr qoyadi. Demak, maruzada aytilgan muhim masala hokimlar va boshqa mutasaddi rahbarlarning jamoat oldida hisobot berishi nafaqat aholiga, balki rahbarlarga ham katta foyda boladi. Yana shunisi borki, xalq bilan muloqot qilgan, kop bilan fikrlashgan rahbarning kongli yoziladi, oziga katta kuch va saboq oladi.

Aholimiz masul rahbarlar bilan muloqotga har tomonlama tayyor. Tan olaylik, bu muloqotga fuqarolarimizning ham siyosiy, ham huquqiy, ham manaviy jihatdan toliq haqqi bor.

HOKIMNI KIM TANIYDI?..

Bundan ancha yillar avval qishlogimiz bilan qoshni qishloq ortasida suv masalasida chigallik kelib chiqqan edi. Bitta nasos chiqaradigan suv ikki qishloq dehqonchiligi uchun yetmasdi. Vaziyat shu darajaga yetdiki, u qishloqning odamlari bu qishloqda bemalol yurolmaydigan bolib qoldi. Bundan boshqa qishloqlar, butun tuman xabardor edi-yu, lekin hokim jim edi. Shunda ikki qishloqning nuroniy otaxonlari kochamizdan hokim otishini eshitib, uni yolda toxtatib, muammoni aytgan, ammo hech qanday natija chiqmagan edi. Oshanda hokim ikki-uch yuz qadam joyga kirib, vaziyatni organgan emas. Nuroniylarimizning gapi yerda qolgan, dehqonchilikdan boshqa umidi, ilinji bolmagan odamlar uzoq payt qiynalgan edi. Lekin bugun bunday sovuqqonlikni zamon kotarmaydi, bunday befarqlik bilan aslo murosa qilmaydi.

Tuman yoki shahar rahbari, mutasaddilari, masullarini mahalliy aholi bilishi, tanishi muhimdir. Shu orinda ozimizga haqqoniy savol berib koraylik: xosh, bugun hamma oz hokimini taniydimi?..

Yashirib nima qildik, hokimiyatga yoli tushmaydigan, yigilishga bormaydigan yoki rasmiy tadbirlarda qatnashmaydigan odamlarning aksariyati, birov korsatmasa, hokimni tanimaydi. Ismi, familiyasini eslab qolgan bolishi mumkin, lekin hokimning ozini bilmaydi.

Yuqorida eslaganimizdek, oxirgi yillarda mahalliy hokimiyat mutasaddilari bilan otkazilayotgan ochiq muloqotlar bu borada muhim qadam boldi. Kelgusida bu masalada aniq, doimiy ishlaydigan mexanizm yaratilishi deputatlarni saylovchilar bilan, hokimni aholi bilan yaqinlashtiradi. Erkin muloqot paytida murojaatlar hal etiladi, savollarga javob beriladi, taklif-mulohazalar bildiriladi. Yana bir qimmatli tomoni shundaki, bu jarayonda odamlarimizning dunyoqarashi, tafakkuri yuksaladi, oz hududi, yurtida bolayotgan islohotlar haqida aniq tasavvurga ega bolgach, daxldorlik tuygusi oshadi, fuqarolik pozitsiyasi mustahkamlanadi. Marifati, manaviyati yuksaladi.

XALQ MEHRI QUDRATLI KUCH

Deputat, senator, hokim, prokuror va boshqa masullar bilan fikrlashgan odamlarimiz ozgaradi: nima togri-yu nima notogri ekanini biladi, nima ahamiyatli-yu nima zarur ekanini tushunadi, demokratik tartib-qoidalarni organadi. Bularning barchasi jamiyatimizda hamjihatlikni, alalxusus, demokratiyani qaror toptirishda, odamlarning eng avvalo oziga, kelajagimizga ishonchini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Hokim qanchalik bilimli, tajribali, fidoyi bolmasin, u, baribir, bir kishi. Uning zimmasida bir vaqtning ozida bir nechta masalani korib chiqish, oqilona, odilona qaror qabul qilish majburiyati, bir paytning ozida bir qancha savollarga javob topish masuliyati turadi. Bu juda murakkab va bajarish qiyin bolgan vazifa, albatta. Shu manoda, jamoat takliflari, mulohazalari hokimlarimizga qoshimcha kuch, madad, togri qaror qabul qilishda bebaho komak bolardi.

Xalqning qollab-quvvatlashi, xayrixohligini his qilgan hokim yoki boshqa mutasaddi rahbarlar yanada faollik, masuliyat bilan xizmat qilishiga shubha yoq. Shu tariqa ijro hokimiyati va fuqarolar ortasidagi masofa yaqinlashadi, doimiy muloqot muhiti yuzaga keladi. Boshqacha aytganda, xalq bilan yonma-yon turgan, kopning fikri va duosini olgan rahbarlar, deputat va senatorlar hech qachon kam bolmaydi.

Xalq istagi — ezgu, xalq istagi haqiqat. Insoniyat boshidan otkazgan necha-necha asrlar guvoh, bunga tarix guvoh: xalq istagi, albatta, ijobat boladi. Chunki bu istak xalqning ozi kabi abadiydir. Chunki bu istak hammamizni bir yorug maqsad sari, ota-bobolarimiz orzu qilgan buyuk kelajak sari mustahkam etiqod bilan olga qadam tashlashga undayveradi.

Tolqin TORAXONOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: