O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.12.2016

SAMIMIY QUTLOVLAR

Mamlakatimizda 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib otgan saylovda Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda.

Ozbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Siz, Janobi Oliylarini Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan chin dildan muborakbod etishga ijozat bergaysiz.

Bugungi kungacha Siz Janobi Oliylari Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri sifatida mamlakatning ichki siyosatini boshqarib keldingiz. Janobi Oliylari, Sizning rahbarligingizda Ozbekiston yanada jadal taraqqiyotga erishadi, bu oz navbatida butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqarorligi va farovonligiga ulkan hissa bolib qoshiladi.

Birinchi Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Yaponiya va Ozbekiston ortasida diplomatik munosabatlar ornatilganidan buyon ikki tomonlama aloqalarimiz dostlik va ozaro qulaylik muhitida davom etmoqda. Ozbekistonga otgan yilgi tashrifim davomida Siz Janobi Oliylari meni samimiy kutib olganingiz va butun tashrif davomida hamrohlik qilganingiz men uchun ulkan sharaf boldi. Yapon harbiylari mangu qonim topgan maskanni ziyorat qilish, Navoiy nomidagi teatrga tashrif, xotira konsertida ishtirok etish tashrifimni juda boyitdi va shaxsan menda unutilmas taassurot qoldirdi. Shu munosabat bilan Sizga yana bir bor samimiy minnatdorligimni izhor etishga ruxsat bergaysiz. Siz Janobi Oliylari bilan yaqin hamkorlikda mamlakatlarimiz ortasidagi mavjud dostona munosabatlarni yanada rivojlantirish tarafdoriman. Bundan tashqari, biz “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti doirasida butun Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyormiz.

Siz Janobi Oliylariga mustahkam soglik va ulkan muvaffaqiyatlar, Ozbekiston xalqiga baxt va farovonlik tilab qolaman.

Samimiy ehtirom bilan,

Shindzo ABE,

Yaponiya Bosh vaziri

Ozbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Siz Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan eng ezgu tilaklarimni yollashdan mamnunman.

Sizning ishonchli galabangiz Ozbekiston xalqi rahbarlik qobiliyatingizga qat’iy ishonishidan dalolatdir. Bu Sizning uzoqni kozlagan rahbarligingizda Ozbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda erishgan ulkan yutuqlarning etirofidir.

Pokiston va Ozbekistonni qardoshlik va dostlik munosabatlari boglab turadi. Mamlakatlarimiz kop yillar davomida keng doiradagi masalalar boyicha ozaro aloqalarning yuksak darajasiga erishgan. Ishonamanki, yaqin va samimiy munosabatlarimiz xalqlarimiz va mamlakatlarimiz manfaatlari va farovonligi yolida yanada mustahkamlanib boraveradi.

Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga mustahkam soglik va ulkan zafarlar, Ozbekiston xalqiga tinchlik, rivojlanish va farovonlik tilayman.

Janobi Oliylari, Sizga bolgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.

Mamnun HUSAYN,

Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti

Ozbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janoblari!

Polsha xalqi va shaxsan oz nomimdan Sizni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Polsha Ozbekistonda, shu jumladan, keyingi oylarda Sizning rahbarligingizda iqtisodiyotni va jamiyatni isloh etish borasida amalga oshirilgan ishlarni hurmat bilan qayd etadi. Janob Prezident, Sizga Ozbekistonda barqarorlik va xavfsizlikni yanada mustahkamlash hamda aholi hayot darajasini yuksaltirishdagi ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman.

Polsha ozaro hamkorligimizni yanada mustahkamlashdan manfaatdor. Shu munosabat bilan 2017 yilda Polsha — Ozbekiston Iqtisodiy hamkorlik boyicha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bolib otishi hamda ushbu majlis ozaro iqtisodiy munosabatlarimizning holati va istiqbollarini muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyat bolishiga umid qilaman.

Sizga joriy yil 9 noyabrda yollagan maktubingiz va oliy darajadagi tashriflar almashish togrisidagi taklifingiz uchun minnatdorlik bildiraman. Janob Prezident, Ozbekiston Respublikasi va uning xalqi farovonligi yolidagi masuliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va mustahkam soglik tilagan samimiy istaklarimni qabul qilgaysiz.

Hurmat bilan,

Andjey DUDA,

Polsha Respublikasi Prezidenti

Ozbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Sizni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi galabangiz bilan chin dildan muborakbod etaman. Siz erishgan muvaffaqiyat Ozbekiston xalqining mamlakatdagi tinchlik, farovonlik va taraqqiyot yolini izchil davom ettirishga qatiy qaroridan dalolatdir.

Armaniston Ozbekiston ortasidagi davlatlararo munosabatlarga yanada jadal surat bagishlashdan Armaniston manfaatdor ekanini tasdiqlayman. Ishonamanki, ozaro aloqalarimiz salohiyatini tola royobga chiqarish xalqlarimiz va mamlakatlarimiz manfaatlariga xizmat qiladi.

Siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish maqsadida Sizni, muhtaram Shavkat Miromonovich, Armaniston Respublikasiga rasmiy tashrif buyurishingizni taklif etaman.

Hurmatli Shavkat Miromonovich, Sizga yuksak davlat lavozimidagi faoliyatingizga muvaffaqiyatlar, Ozbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tilayman.

Ehtirom bilan,

Serj SARGSYAN,

Armaniston Respublikasi Prezidenti

Shuningdek, quyidagilar oz tabriklarini yollagan:

Afgoniston Islom Respublikasi hukumati Ijroiya kengashi raisi doktor Abdulla Abdulla

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisining orinbosari Ilyas Umaxanov

Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining Xalqaro ishlar boyicha qomitasi raisi Leonid Slutskiy

«Rossiyskiye jelezne dorogi» OAJ prezidenti, MDHga azo davlatlar Temir yol transporti boyicha kengashi raisi Oleg Belozerov

Yevropa Parlamenti deputati Xerbert Dorfmann

Nagoya universiteti prezidenti Seichi Matsuo

LUKOYL neft-gaz kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov

Boing fuqarolik samolyotlari kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori, Boing korporatsiyasi vitse-prezidenti Reymond Konner

Umumiy kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi bosh kotibi Vladimir Sherbakov

Klaas kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi Katrina Klaas Myulxoyzer

Klaas kompaniyasi boshqaruvi azosi Yan-Xendrik Mor

Mir davlatlararo teleradiokompaniyasi raisi Radik Batirshin

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: