O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
10.12.2016

DUNYONING HECH QAYSI DAVLATIDA BUNDAY TAJRIBANI KORMAGANMAN

Prezident saylovida hamyurtlarimizning faollik hamda uyushqoqlik bilan ishtirok etishi xorijlik kuzatuvchilar hamda jurnalistlarni lol qoldirdi. Hamkasblarimizning ovoz berish jarayonlari haqidagi taassurotlari, ommaviy axborot vositalari uchun yaratilgan sharoitlarga bildirgan munosabatlari fikrimizning dalilidir.

Yuzlab xorijlik jurnalistlarni bir joyga jamlagan Press klubda pokistonlik hamkasblarimizni ham uchratdik. Pokistondagi «Election Times» gazetasi Bosh muharriri Safeyer Huseyn Shah saylov hamda u bilan bog‘liq jarayonlar haqida iliq fikr bildirdi.

— Saylov jarayonida e’tiboringizni tortgan eng muhim jihatlar haqida toxtalsangiz.

Avvalo, barchangizni muvaffaqiyatli otgan saylov va uning natijalari bilan tabriklayman, dedi suhbatdoshimiz. Dost Ozbekiston xalqiga hurmatim cheksiz. Shuni ishonch bilan ayta olamanki, butun dunyo ozbekistonliklarning birdamligi, jasorati va qudratiga yana bir karra tan bermoqda. Chunki ozining Birinchi Prezidentidan ayrilgan xalq 90 kun ichida saylov otkazishi kerak edi va yurtingiz ahli bu vazifani uyushqoqlik hamda faollik bilan yuqori saviyada amalga oshira oldi.

Bu gal Toshkentga kelib, yurtingiz haqida eski tasavvur bilan yurganimni angladim. Ayniqsa, Press klub faoliyatini alo darajada, deb baholayman. Xalqaro jurnalistlar hamda ozbekistonlik hamkasblarimiz bilan yelkama-elka turib, qizgin jarayonlarni yoritib borganimizdan mamnunman. Press klubda barchamizga juda ham qulay sharoit yaratib berildi. Erkin ijod qildik. Dunyo ahli Ozbekistondagi saylov bilan bogliq jarayonlar haqida toliq va batafsil malumotlarga ega boldi, deb ishonaman.

Saylov uchastkalarida boldingiz, ovoz berish jarayonlarini kuzatdingiz. Qanday xulosaga keldingiz?

Saylovgacha hamda saylov kuni 15 dan ortiq saylov uchastkasiga bordik. Ularning hech birida qonunga zid holatlarga yol qoyilmaganiga shaxsan guvoh boldim.

Yana bir jihatni alohida takidlashni istardim: yurtingizda xotin-qizlar va yoshlar siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etmoqda. Koplab xorijiy davlatlarda bolib otgan saylovlar ishtirokchisi sifatida aniq ayta olaman, boshqa biror davlatda yoshlar va ayollarning bunday faolligi kuzatilmaydi.

Yuqorida aytib otganimdek, men bu yerda guvoh bolgan ananalarni boshqa mamlakatda uchratmaganman. Ana shunday hayratlarimdan yana biriga sabab bolgan jihat har bir saylovchi uchun alohida taklifnomalarning tarqatilishidir. Ularda ovoz berish joyi, yani saylov uchastkasining manzili aniq korsatilgan. Shuningdek, malumot olish uchun 24 soat davomida ishlab turgan telefon raqamlari hamda boshqa zarur axborotlar ham orin olgan.

Eng muhimi, fuqarolarning deyarli barchasi saylovda ishtirok etdi. Muvaffaqiyatli otkazilgan saylov hamda yangi davlat rahbari bilan xalqingizni muborakbod etaman.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: